Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   290
Bog'liq
falsafa

Seneka,  Epiktet  va  Mark  Avreliy  edilar.  Ularning  barchalari  dunyoviy  aql  va  dunyoviy  ruh 
bilan  bog‘langan  tabiat  va  jamiyatning  yagonaligi  haqidagi  ravoqiylik  qoidalaridan  kelib 
chiqdilar.  Har  bir  odamdagi  aqllar-logoslar  va  ruhlar  dunyoviy  aql  va  dunyoviy  ruhning 
emanatsiyasi  (o‘zidan  nur  chiqarishi)  ekanligini  ta'kidladilar.  Ular  fikricha,  kishilar  dono  va 
fazilatli  odamlar  biladigan  yagona  hukmronlik  qiluvchi  koinot  qonunlari  zarurligini  idrok 
etgan  holda,  ularga  ko‘ngilli  ravishda  bo‘ysunishlari  lozim.  Ular  yana  shu  to‘g‘rida 
mushohada yuritdilarki, har kim butun narsa qarshisida o‘z burchini bajarib, taqdir tomonidan 
unga  belgilab  berilgan  joyda  biror-bir  narsani  o‘zgartirishga  intilmasdan,  nolishsiz  qolish 
majburiyatini olishi kerak. 
Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday bo‘lishi kerak degan savol katta ahamiyatga ega 
edi, negaki, imperatorning bo‘lishligi zaruriyat hisoblanar edi. Imperator me'yorsiz maqtovni 
talab  qilmasligi,  fuqarolardan  ularning  mulkini  tortib  olmasligi,  senat  va  «yaxshi»  odamlar 
bilan hisoblashishi, o‘z bilganicha ish tutmasli, fuqarolarning umumiy foydasi uchun mehnat 
qilmog‘i zarur ediki, buning evaziga ular unga sadoqat ko‘rsatib, uni sharaflashlari lozim edi. 
Sobiq qul bo‘lgan Epiktet asosiy e'tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga tobelarning 
hatti-harakatiga  qaratdi.  Ozodlikka  yo‘l  moddiy  ne'matlardan,  xohish-istaklardan  yuz 
o‘girishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi va olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan 
odamning  quliga  aylanadi.  Tashqi  tomondan  mulk,  badan,  hayot-xojaga  yoki  tiranga 
bo‘ysunadi  va  shuning  uchun  ularning  bu  tashqi  huquqlaridan  foydalanishlariga  bahslashib 
o‘tirish  lozim  emas.  Ammo  insonning  haqiqiy  mohiyati,  uning  aqli  va  ruhi  hyech  kimga 
bo‘ysunmaydi, uning fikriy muhokamasini hyech kim boshqara olmaydi va hyech kim unga 
xayrli va ezgu ishlar qilishga xalaqit bera olmaydi, demak, baxtli va ozod bo‘lishiga to‘sqinlik 
qila  olmaydi.  Epiktet  uchun  yerdagi  barcha  hukmdorlardan  yuqori  turgan  oliy  xudo  Zevs 
haqidagi  tasavvur  katta  o‘rin  tutadi.  Uning  o‘g‘li  sifatida  o‘zini  his  qilgan  inson,  o‘zining 
qandaydir  tashqi  farovonligi  qondirilmaganligidan  doimo  azobda  bo‘lgan  senator  yoki  hatto 
podshoning o‘zidan ko‘ra ozodroq bo‘ladi. 
Rimning  oxirgi  ravoqiychisi  imperator  Mark  Avreliy  edi.  Uning  nuqtai  nazariga  ko‘ra, 
dunyoda biror - bir narsani o‘zgartirib yoki to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Uning ta'kidlashicha, barcha 
kishilar  har doim laganbardor, yolg‘onchi va o‘z manfaatini ko‘zlovchi bo‘lganlar, hozir ham 
shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? 
Faqat  o‘z  zakovatiga  xizmat  qilish,  o‘zini  kamolotga  yetkazish  va  ezgulik.  Ammo  bunday 
o‘zini  qo‘yarga  joy  topolmaydigan,  hayotda  hyech  qanday  maqsadi  bo‘lmagan  ezgulik 
insoniyatga xizmat qilish borasidagi o‘z ma'nosini yo‘qotar edi. Negaki, insoniyat o‘zgarmas 
va illatlardan holi bo‘lmaganligi uchun, uni hyech qachon ilhomlantirib bo‘lmas edi. 
Epikur  falsafasi  Demokrit  moddiyunchiligi  taraqqiyotida  oldinga  qo‘yilgan  qadam  edi. 
Uning  atomlar  haqidagi  ta'limotini  qabul  qilgan  Epikur  atomlarning  to‘g‘ri  chiziqlik 
harakatdan ichki ta'sir natijasida chetga og‘ishi haqidagi taxminni o‘rtaga qo‘ydi. Bu bilan u 
konuniylik  bilan  tasodifiylik  uyg‘unligi  muammosini  oldinga  surdi.  Uning  falsafasida  inson 
markaziy  o‘rinda  turadi.  Epikur  o‘z  vazifasini  insonlarni  o‘lim  va  taqdir  xavfidan  ozod 


qilishda deb bildi. U xudolarning tabiat va inson hayotiga aralashishlarini rad etdi va ruhning 
moddiyligini  isbot  qildi.  Xudolarning  mavjudligini  tan  olgan  holda,  u  xudolar  haqida 
«olomonning  yolg‘on  uydirmalari»  ga  qarshi  chiqdi.  Tashvish  va  faoliyatni  huzur-halovat 
holati  bilan  sig‘ishtirib  bo‘lmaganligidan,  xudo  «xushbaxt  va  bezavol  mavjudot  bo‘lib,  o‘zi 
ham  tashvish  bilmaydi,  boshqalarga  ham  notinchlikni  ravo  ko‘rmaydi  va  shuning  uchun 
g‘azabga  ham,  izzat-hurmat  qilishga  ham  duchor  bo‘lmaydi»
39
.  Ruh  badan  kabi  atomlardan 
tashkil  topgan,  ammo  nozikroq  zarrachalardan  tarkib  topgan  bo‘lib,  hamonamki  tana 
qobig‘ida  ekan  his-tuyg‘uning  bosh  sababchisidir.  Qachonki,  qobig‘  buzilsa,  atomlar  ruhi 
tarqab  ketadi  va  his-tuyg‘u  yo‘qoladi.  Inson  uchun  yaxshi  va  yomon  narsa  his-tuyg‘uda 
ekanligidan,  o‘lim  esa  –his-tuyg‘udan  mahrum  bo‘lish  ekanligidan,  o‘lim  insonni 
qo‘rqitmasligi  kerak,  negaki  «hamonamki  biz  bor  ekanmiz,  o‘lim  hali  yo‘q,  o‘lim  kelganda 
esa, bizning o‘zimiz yo‘q bo‘lamiz»
40

Epikur  maslakdoshi  uchun  oqillik  xosdir.  Ammo  ravoqiydan  farqli  o‘laroq,  epikurchi 
zavq, his-tuyg‘u, og‘riq, alam, mehr-shafqatga ochiqdir. U davlat ishlaridan o‘zini tiya oladi, 
teran  bo‘la  olmaydi  va  gadoylik  ham  qilmaydi.  Epikur  inson  baxtini  «lazzat»  da,  ya'ni 
xotirjamlik,  vazminlik  –  ataraksiyani  qo‘lga  kiritishda  deb  bildi.  Bunga  faqat  azob-
uqubatlardan qochish va faol faoliyatdan o‘zini tiyish, hamda bilim va o‘z-o‘zini kamolotga 
yetkazish  yo‘li  bilan  erishish  mumkin.  Qadimgi  Rimda  epikurchilikning  eng  yirik  vakili, 
«Ashyolar tabiati haqida» falsafiy doston yozgan Tit Lukretsiy Kar edi. U Demokrit va Epikur 
ta'limotini qabul qilib, badiiy shaklda hayot va o‘lim haqidagi ta'limotni rivojlantirdi. Bunda u 
diniy  afsonalarni  tanqid  ostiga  oldi.  Lukretsiy  fikricha,  xudolarga  ishonish  butunlay  tabiiy 
ravishda,  ko‘rquv  va  tabiiy  sabablarni  bilmaslikning  mahsuli  sifatida  kelib  chiqadi.  Inson 
baxtli  yashashi  uchun,  xudolar  oldidagi  qo‘rquvdan  ozod  bo‘lishi  lozim.  Epikurchilik  Rim 
jamiyatida nisbatan uzoq saqlanib qoldi. Biroq, eramizning 313-nchi yilida xristianlik rasmiy 
din  bo‘lishi  bilanoq,  epikurchilikka  qarshi  shiddatli  va  shafqatsiz  kurash  boshlandiki, 
pirovardida ushbu falsafani asta-sekin tushkunlikka olib keldi. 
Gullab-yashnashi qarab chiqilayotgan davrga to‘g‘ri kelgan kiniklar ta'limotining asoslari 
Suqrot  darvidayoq  Antisfen  va  keyinroq  Sinoplik  Diogen  tomonidan  ishlab  chiqilgan  edi. 
Kiniklar o‘zlarini polis tartiblari va hayotning an'anaviy shakllariga qarshi qo‘yib, ehtiyojlarni 
chegaralashni ta'lim berdilar. Ular fikricha, to‘g‘ri xulq-atvorning asoslarini hayvonlar hayoti 
va  kishilik  jamiyatining  ilk  bosqichlaridan  qidirmoq  lozim.  Spoiklar,  skeptiklar  va 
epikurchilardan  farqli  o‘laroq,  kiniklar  ko‘chalar,  maydonlar  va  bandargohlarda  olomon 
oldida  so‘zga  chiqib,  mavjud  tartiblarning  aqlga  muvofiq  emasligini  isbotlab, 
kambag‘alchilikni  so‘zdagina  emas,  balki  o‘z  hayot  tarzlari  bilan  ham  ko‘klarga  ko‘tarib 
maqtadilar. Masalan, Fiva shahridan bo‘lgan Kratet (er.ol. IV asr) boy oiladan kelib chiqqan 
bo‘lib,  kiniklar  ta'limotiga  berilib  ketib,  o‘z  qullarini  ozodlikka  chiqardi,  mol-mulkini 
kambag‘allarga  bo‘lib  berib,  faqirona-faylasufona  hayot  kechira  boshladi.  Kratetning 
bizgacha  yetib  kelmagan  fojiaviy  asaridan  keltirilgan  satrlar  diqqatga  sazovordir:  «Vatan 
menga qal'a ham, uy ham emas, menga butun yer yuzi-ibodatxona va boshpana, unda yashash 
uchun nima kerak bo‘lsa, hammasi bor»
41
.   
Ellinistik  davlatlarning  inqirozi  va  rimliklar  bosqinchiligining  boshlanishi  bilan  aqliy 
dunyoqarash  borgan  sari  o‘z  o‘rnini  din  va  tasavvufga  bo‘shatib  berdi.  Sehrgarlik,  yashirin 
diniy  udumlarga  ishonish,  munajjimlik  keng  tarqaldi.  Ijtimoiy  xayolparastlik  va 
payg‘ambarlikka  e'tiqod  qo‘yish,  ayniqsa  keng  shuhrat  kasb  etdi.  Yashirin  diniy  udumlarga 
o‘zini  bag‘ishlash,  Xudo  bilan  bevosita  aloqa  o‘rnatish  va  taqdir  hukmidan  ozod  bo‘lish 
imkoniyati sifatida qarala boshlandi. 
                                                 
1
1
 Диогек Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитыз философов. (Диоген Лаэртский. 
Машҳур файласуфларнинг ҳаѐти, таълимотлари ва ҳикматли сѝзлари ҳақида). –М., «Мысль» 1977. 437-б.  
2
2
 Ѝша жойда. 133-б. 
41
 Ѝша жойда. 266-б. 


Ziyolilar  va  shaharliklar  orasidagi  bosh  masala  shunga  qaratildiki,  dunyodagi  butun 
yomonlik va razolat qaerdan kelib chiqadi va uni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Ilgari 
aflotunchilar  tomonidan  berilgan  javob  eng  mashhur  bo‘lib  ketdi:  yomonlik  moddadan  va 
moddiy  dunyodan  kelib  chiqadi.  Ilgari  ravoqiylar  o‘zlarini  unga  moslashtirishga  uringan  va 
uni  ezgulik  va  baxt-saodat  asosi  hisoblangan  koinot  zaruriyati,  endilikda  qul  qiluvchi, 
boquvchi  kuchga  aylantiriladi.  Bundan  keyingi  butun  hatti-harakat  shunga  yo‘naltirildiki, 
o‘zini  yashirin  diniy  udumlarga  bag‘ishlab,  vahiyga  va  sharq  donishmandlarining      sirli 
bilimlariga  yo‘l  topib,  qanday  qilib  bo‘lsa  ham,  zaruriyat  xoqimiyatidan  qutilib,  haqiqiy 
ozodlik  yo‘lini  idrok  etish  bilan  umumiy  birlikka  erishib,  razolatni  bartaraf  qilish  choralari 
izlana boshlandi. Ana shu maqsadda sehrli  iboralar ham qo‘llanila boshlandiki, ular yer va 
sayyoralar jinlarining ruhini ulardan tashqariga chiqarib yuborishga o‘rgatishlari kerak edi. 
Eramizning  III  asri  kishilari  uchun  qahramon  endi  sarkarda  yoki  siyosatchi  emas,  balki 
faylasuf Plotin va uning izdoshlari kabi xudodan ilhom olgan, butun dunyo sirlarini biladigan 
donishmand  edi.  Plotin  (204-270yy.)  Gallien  homiyligidan  foydalanib,  o‘z  davrining 
sharoitlarini hisobga olgan holda, o‘zi qadimgi dunyo madaniyatini uyg‘otish to‘g‘risida orzu 
qilsa  ham,  qadimgi  dunyo  qarashlaridan  nimani  qutqarish  imkoni  bo‘lsa,  o‘shani  saqlab 
qolishga  harakat  qildi.  U  Xudo  bilan  inson  o‘rtasidagi  vositachilar  tabaqalarini  qisqartirib, 
koinot  bilan  insonning  yagonaligini  qayta  tiklashga  intildi.  Uning  uchun  oliy  nuqtai  nazar 
xunuk  emas,  balki  go‘zal  bo‘lgan  butun  dunyoni  teshib  o‘tadigan  yagona,  bir  butun  oliy 
ezgulik  ediki,  nega  deganda  u  mukammal  g‘oyalar  dunyosini  ifoda  qilar  edi.  Kurash  va 
baxtsizlik  borliqning  ko‘pligi  va  uzilganligidan  paydo  bo‘ladi.  Ularni  bartaraf  etish  oliy 
ezgulik bilan qo‘shilib ketishlikdadirki, unga bilim bilan emas, balki ekstaz (karaxtlik) holati 
ya'ni  barcha  yerdagi  narsalarni  tark  etish,  ruhni  razolatdan  xuddi  oltin  quymasini  unga 
yopishgan  loydan  tozalash  kabi  yo‘l  bilan  erishib  bo‘ladi.  Bu  oliy  ezgulikni  talab  qiladi. 
Ammo  Plotin  «fuqaroviy»  ezgulikni  ham  rad  etmaydi.  Bunga  erishish  uchun  har  kim  o‘z 
burchini  dunyo  voqyealarida  vijdonan  o‘ynashi  kerak.  Har  kim  shuni  unutmasligi  kerakki, 
dunyodagi yomonlik, rasmdagi soya kabi zarurdir va u o‘zining shaxsiy farovonligidan kelib 
chiqmasdan,  balki  butun  ezgulikdan  kelib  chiqmog‘i  lozim.  Yomon  odamlar  hukmronlik 
qilmoqda,  yaxshilar  esa  azob  chekmoqda  degan  doimiy  shikoyatlar  bema'nilikdir.  Negaki, 
xudolar  yig‘layotgan  va  ibodat  qilayotganlarga  emas,  balki  kim  mehnat  qilayotgan  va 
kurashayotgan bo‘lsa, o‘shalarga yordam beradilar. 
Plotinning  ta'limoti  keng  omma  uchun  juda  ham  murakkab  edi.  Uning  o‘zi  ham  uni 
xoslarga  mo‘ljallagan  edi.  Keyinchalik  yangi  aflotunchilik  bir  qator  o‘zgarishlarga  duchor 
bo‘lib,  asosan  sharqdagi  shahar  ziyolilarining  falsafasiga  aylandi.  Xristianlikning  yoyilishi 
bilan  cherkov  borgan  sari  salobatli  va    yaxshi  tashkil  topgan  kuchga  aylanib  bordi. 
Xristianlarga  nisbatan  bo‘lgan  ta'qiblarning  bekor  qilinishi  bilan  xristian  jamoalari  chekkan 
azoblari  sinovidan  uyushgan  va  mustahkamlangan  holda  chiqdilar.  Bu  narsa  xristianlarning 
keyingi taqdirlari uchun sezilarli ahamiyat kasb etdi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustinian 
farmoniga binoan Afinadagi Aflotun Akademiyasi bekitildi. Qadimgi dunyo falsafasi o‘zining 
ming yillik mavjudligini to‘xtatdi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish