bo‘lgan pavlikian va bogomil kabilarning ta'limotiga ta'sir o‘tkazdi. Monixiylikning kuchli
ta'sirini mazdakiylik ta'limotida ham mushohada qilish mumkin.
Markaziy Osiyo va Eronda feodalizmning rivojlanib borishi va dehqonlar hayotining
og‘irlashishi tabaqalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirib yubordi. Urushlar, tabiiy
ofatlar, kahatchilik bu jarayonni chukurlashtirdi. Dehqonlarning feodal hukmdorlardan
noroziligi oshib bordi. Bunday qarama - qarshiliklarning ifodasi sifatida yangi diniy- falsafiy
oqim bo‘lgan mazdakiylik paydo bo‘ldi. V-VI asrlar davomida mazdakiylik feodallarga qarshi
qaratilgan harakatlarning mafkurasi bo‘lib xizmat qildi.
Uni asoschisi Mazdak (529-nchi yilda qatl etilgan) Eron shohi Qubod I (hukmronlik
yillari 488-528) saroyi ahllariga yaqin bo‘lgan zardushtiylik kohini edi. U shohni mamlakatda
islohotlar o‘tkazish zarurligiga ishontirishga urindi. Keyinchalik Mazdak dehqonlar
harakatining rahnomasiga aylandi. Harakat bostirilgach, Mazdak qatl etildi.
Mazdakiylikning falsafiy ta'limoti zardushtiylikning ikki ibtido, ya'ni xayr va sharr,
yorug‘lik va oqillik bilan qorong‘ulik o‘rtasidagi kurash haqidagi tasavvurlarga borib taqaladi.
Tabiat uch unsur: suv, olov va tuproqdan tashkil topgan bo‘lib, ularning ko‘shilishidan ijobiy
va salbiy hodisalar kelib chiqadi. Xayr bilan sharr o‘rtasidagi kurash xayrning g‘alabasi va
sharrning (yomonlik) kuch ishlatish orqali yo‘q qilish bilan xotima topadi. Mazdakchilarning
ijtimoiy dasturi keskin talablar qo‘ydi: barcha odamlarning teng huquqligi, iste'molda tenglik,
barcha mulklarning va avvalo yerning umum ixtiyorida bo‘lishi. Bu narsa oddiy xalq o‘rtasida
Mazdakning dong chiqarishiga olib keldi.
Mazdakiylik harakatining boshida shoh Qubod I bir tomonlama kuchayib borayotgan
feodallar va zardushtiylik kohinlariga qarshi kurashda o‘z hokimiyatini mustahkamlash
manfaatlaridan kelib chiqib, undan foydalanishga urindi. Biroq harakatning keng quloch
ochishi, undagi keskin talablarning kuchayishi, zadagonlar va mulklarning yo‘q qilinishi
xukmron doiralarni qo‘rqitib yubordi. Shoh va hukmron aslzodalar qo‘zg‘olonni kuch bilan
bostirib, uning ishtirokchilarini shafqatsizlarcha jazoladilar.
Mazdakiylik harakati bostirilgandan keyin ham uning g‘oyalari uzoq vaqt Eron, Markaziy
Osiyo va Ozarbayjon mehnatkashlarining kurashi uchun bayroq sifatida xizmat qildi.
Markaziy Osiyoda bu g‘oyalar XII asrgacha rasm bo‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: