targ‘ib qilish edi. Birinchi
muhaddislar (Muhammad payg‘ambarning ishlari va hayot
tarzlarini rivoyat qiluvchilar) katta obruga ega edilar. Ular faqih (huquq bilimdonlari) ham
edilar. Ularning o‘zlari odatda Qur'onni bilar va sharxlar edilar. Shunday qilib, ular o‘zlarida
zamonlarining ilohiyotiga va huquqshunosligiga doir barcha bilimlarini mujassamlashtirgan
edilar. Ammo vaqtiyki kelib, Ummaviy xalifalarning hatti-harakatidan omma noroziligi
natijasida bir qator inqiloblar kelib chiqqach, shu narsa ma'lum bo‘ldiki, ba'zi muhaddislar
ochiqdan-ochiq hokimiyat tomoniga o‘ta boshladilar. Bulardan norozi bo‘lgan boshqa turdagi
muhaddislar ham kelib chiqdilar. Ana shu yangi muhaddislar quyidagi qoidani oldinga
surdilar: muhaddisga ishonch shundagina mumkin bo‘ladiki, agar u hodisalarni rivoyat
qilibgina qolmasdan, balki ularga o‘zi rioya qilsa. Va uning hayoti zohidona bo‘lib, Xudo
oldida doimo titrab tursa va man qilingan narsalarning hammasi uning uchun qabul
qilinadigan holatdan tashqarida bo‘lsa, ya'ni u ulardan to‘la-to‘kis parhiz qilsa. Ana shunday
ruhdagi muhaddislar ichidan tarki dunyochilik harakati boshlanib, rivojlanib bordiki, uni
tasavvufning birinchi kurtak otishi deb qarash mumkin. Bu vaqtda hali «sufiy» atamasi yo‘q
edi. Bu xildagi odamlarning oddiy alomati – zohid (tarki dunyo qilgan) yoki obid (Xudoning
xizmatkori) edi.
Hozirgi vaqtda tasavvufning (sufizm) tizim sifatidagi aynan o‘xshash ta'rifini berish
mumkin emas. Negaki, hali hozir fanda Ispaniya, Sitsiliyani qamrab olib, Bolqon yarim
oroligacha kirgan, ushbu juda murakkab, ko‘p qamrovli, qadama (mozaik) diniy
dunyoqarashga nisbatan yagona hukm chiqarilgan emas. Tasavvufning ilk rivoji VIII-X
asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda u tarki dunyochilikdan ajrab chiqib, mustaqil diniy-falsafiy-
axloqiy ta'limot sifatida shakllandi. Ammo u vaqtda ham, keyingi davrlardagi o‘z rivoji
bosqichlarida ham (X-XII asr oxiri, XIII-XV; XVI-XVII asrlar), tasavvuf aniq ifodalangan,
tartibga solingan va muayyan qarashlar tizimini beruvchi ta'limotga aylanmadi. Bu narsa
ayniqsa o‘zining yaqqol ifodasini tasavufning gullagan davri bo‘lgan X asrdan keyin topdi.
Bu davrda u o‘ziga qadimgi davrning mistik-idealistik falsafasi va xristianlik nazariyasining
g‘oyalarini olib va ularni soddalashtirib, mahalliy diniy-an'analar va xalq aqidalari bilan
qo‘shib, harakatning tashkiliy shaklini birodarlik (tariqa) jamiyatini barpo qildi.
Demak,
tasavvuf – bu islom doirasidagi alohida sirli, diniy-falsafiy dunyoqarash bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: