Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   290
Bog'liq
falsafa

shariatining  asosi  Qur'on  va  u  kishining  o‘zlarining  namunaviy  hayoti  –  sunna  edi. 
Muhammad  (s.a.v.)  vafotlaridan  keyin  islomning  juda  tez  va  keng  tarqalishi  diniy  ilmlar 
qonun-qoidalarini  rivojlantirishni  dolzarb  zaruriyatga  aylantirdi.  Bu  maqsadda  juda  tezlik 
bilan turli-tuman joylarda ko‘plab markazlar shakllana boshladi. 
Hadislar ishonchli deb faqat shundagina tan olinishi mumkin ediki, uni rivoyat qiluvchilar 
zanjirining  barcha  bo‘g‘inlari  aniqlangan  bo‘lsa,  hadislar  to‘plamining  eng  ishonchlisini 
bizning  vatandoshimiz  imom  va  al-Buxoriy  yozgan.  U  kishi  hadislarni  fiqh  bo‘yicha,  unga 
muvofiq  keladigan  boblarga  bo‘lib,  joy-joyiga  qo‘yib  tasnif  qildi.  Shunday  usuldan  imom 
Muslim  ham  foydalandi.  Keyinchalik  ularning  har  ikkisi  izidan  mashhur  muhaddislar  Abu 
Dovud, An-Nasam, at-Termiziy va Ibn Mojalar bordilar. 
Olimlar  bu olti muhaddis to‘plamlariga katta e'tibor berib, ularni talqin va sharhlash bilan 
shug‘ullandilar.  Hijriy  uchinchi  asr (X  asr)  hadislar  to‘plash  tarixida  oltin  davr  hisoblanadi. 
Hadis ilmi taraqqiyotining ana shu noyob, sermahsul davridagina yuqorida aytilgan olti buyuk 
muhaddis va ko‘plab boshqa olimlarning asarlari o‘zining butun go‘zalligini namoyon qildi. 
Bu  ajoyib  islom  fidokorlari  zumrasi  o‘zlarining  asarlarida  Payg‘ambar  hadislarining  mutlaq 
ko‘pchiligini  qamrab  olib,  keyingi  keladigan  butun  musulmon  avlodlariga  rivoyatlarning 
ishonchliligini o‘rganishda mustahkam  asos soldilar. 
 Arablar istilosi natijasida yangi imperiya - Arab xalifati tashkil topdi. 
Arablar  hukmronligiga  qarshi  bo‘ysundirilgan  xalqlarning  chiqishlari  ko‘p  hollarda 
islomga  qarshi  mahalliy  diniy  aqidalarning  kurashi  shaklida  namoyon  bo‘lar  edi. 
Xalifalikning o‘zida esa, hokimiyat uchun feodal guruhlari o‘rtasidagi kurash ham diniy tus 
kasb etib, turli mazhablar va oqimlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar shaklida namoyon bo‘lar 
edi. Xavorijlar harakati – bu ijtimoiy quyi tabaqalarning feodal guruhlarining zo‘ravonligiga 
qarshi kurashi bo‘lib, oddiy arab-musulmon va mahalliy aholi manfaatlarini ifodalar edi.  
Xavorijlarning ta'limoti barcha musulmonlarning tengligini targ‘ib qilar edi. Ular fikricha, 
kelib  chiqishidan  qat'iy  nazar,  hatto  u  qora  tanli  qul  bo‘lsa  ham,  agar  u  mo‘min  bo‘lsa,  har 
qanday  odam  xalifa  bo‘la  oladi.  Ular  imom-xalifaga  davlatpanoh  yoki  muqaddas  ruhoniy 
shaxs sifatida emas, balki mo‘minlarning vakolatli dohiysi va ular manfaatini himoya qiluvchi 
kishi sifatida qarar edilar.  Xalifani saylash  va bo‘shatish, sud ishlari va o‘limga hukm etish 
masalalari jamoaga tegishli bo‘lishi kerak edi. Har qanday musulmon jamoasi o‘z imom yoki 
xalifasini  saylashi  mumkin  edi.  Shuning  uchun  xavorijlarning  ko‘pchilik  yo‘lboshchilari 
o‘zlarini imom yoki xalifa deb atar edilar. 
Ali  va  uning  avlodlarining  hokimiyatga  bo‘lgan  huquqini  qo‘llab-quvvatlovchi  uning 
tarafdorlari islom tarixiga shialar (shia-firqa) nomi bilan kirdilar. Shialar islom sunnasini tan 
olmay, uni yolg‘on, Alining hokimiyatga bo‘lgan huquqini inkor etuvchi deb bilib, o‘zlarining 
sunnalari  bo‘lgan  «Axbor»  ni  vujudga  keltirdilar.  Shialar  sunniylarning  yetti  aqidasiga 
qarama-qarshi  ravishda,  asosan  besh  aqidani  tan  olar  edilar:  tavhid  (yakkaxudolik),  adl 
                                                 
1
1
 Ш.З. Бабаханов. Становление хадисоведения и выдающиеся мухаддиси средней Азии // В кн.: 
«исследования по истории, истории науки и культуры народов Средней Азии». –Т., Фан, 1993. 130-131-б. 


(adolatlilik),  nubuvvat  (payg‘ambarlik),  imomat  (imomlar  hokimiyati),  qiyomat  (qayta 
tirilish). Shialikdagi asosiy masala shialarning hokimiyat va davlatga nisbatan bo‘lgan nuqtai 
nazarlarini ifodalovchi imomat haqidagi aqidadir. 
Shunday qilib, aynan islom tarixining tong otaridayoq, unda ijtimoiy-siyosiy xususiyatga 
ega  bo‘lgan  ixtilof  paydo  bo‘ldi.  Shu  jihatdan  ismoiliylar  va  qarmatiylik  mafkurasi 
boshqalardan ko‘ra o‘ziga xosdir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish