Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. O‘RTA ASRLARDA ShARQ FALSAFASINING RIVOJI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
3-bob. O‘RTA ASRLARDA ShARQ FALSAFASINING RIVOJI 
 
1-§. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda o‘rta asrlar falsafasi (VIII-XII asrlar) 
 
Markaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo‘lingan edi. VII asrning 
oxiri-  VIII  asrning  boshlarida  Mavoraunnahr
42
  xalqlari  Arab  xalifaligi  hokimiyati  ostida 
qoldilar.  Arab  yarim  oroli  islomning  kelib  chiqishi  arafasida  urug‘-qabilachilik 
                                                 
42
 Моварауннаҳр – Амударѐ ва Сирдарѐ ѝртасида ерларнинг VII асрдан бошлаб арабча номланиши. 


munosabatlarining  inqirozi  bosqichida  edi.  VI  -  asrda  arab    qabilalari  o‘rtasida 
markazlashishga bo‘lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o‘z ifodasini xaniflarning (voizlarning) 
qabila  sanamlariga  (shirk)  qarshi  qaratilgan  yakkaxudolikni  (tavhid)  targ‘ib  qilishlarida 
topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. 
Muhammad  va  uning  sahobalarining  faoliyati  natijasida  xanafiylik  yangi  diniy  oqim  islom 
sifatida shakllandi. 
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o‘tish va Arab davlatining tashkil topishi 
davrida paydo bo‘ldi. Ilk islomning  bosh yodgorligi  bo‘lgan Qur'onda  mutlaq  yakkaxudolik 
asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. 
Qur'on (arabcha qara'a –  o‘qimoq)  musulmonlarning asosiy muqaddas  kitobi  bo‘lib, ular 
uni eramizning VII asrida Muhammad payg‘ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb 
tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda Qur'on 114 suraga (boblar) bo‘lingan bo‘lib, 
suralarning  uzunidan  qisqa  tomonga  borishi  tartibida  tuzilgan.  Har  bir  sura  sarlavhaga  ega: 
masalan,  «Baqara»  («Sigir»),  «Yunus»,  «Hadid»  («Temir»),  «Shams»  («Quyosh»).  Qur'on 
Muhammad  (s.a.v.)  vafotlaridan  keyin  to‘plashga  boshlandi.  Rivoyat  qilishlaricha,  uning 
birinchi  rasmiy  matni  xalifa  Usmon  (644-656)  davrida  tahrirdan  chiqqan.  O‘rta  asrlarda 
muomalada  bo‘lgan  Qur'onning  boshqa  nusxalari  bizgacha  yetib  kelmagan.  Qur'onning 
rasmiy  Usmon  matni  VII  asrning  boshlarigacha  o‘zgarishlarga  (qisqartirishlar  va 
qo‘shimchalarga) duchor bo‘ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi. 
Qur'on  mazmuni  xilma-xil  bo‘lib,  undagi  materiallarni  quyidagi  guruhlarga  bo‘lish 
mumkin:  
1) 
afsunarlik (shemanlik) o‘qishlari; 2) narigi dunyo, ya'ni oxirat; 3) qadimgi arablar 
og‘zaki  ijodi;  4)  yahudiylik  va  xristianlikning  mazhabiy  aqidalari  va  afsonalar;  5)  huquqiy 
me'yorlar.  Bu  materiallarning  barchasi  Qur'onda  tizimga  solinmagan  holda  joylashtirilgan. 
Qur'on xususiy mulkni saqlash va qo‘riqlashga alohida diqqat-e'tibor qaratadi. Shuning uchun 
Qur'onda mulkni merosga olish, vasiylik va boshqalar haqida aniq ko‘rsatmalar bor. Mulkiy 
va  ijtimoiy  tengsizlikni  (jumladan,  qullikni)  Qur'on  Alloh  tomonidan  o‘rnatilgan  tartib 
hisoblaydi. 
Qur'on  va  Muhammad  (s.a.v.)  payg‘ambar  hadislari  amriga  ko‘ra,  insonlar  o‘rtasida 
haqiqiy  va  adolatli  munosabatlar  o‘rnatishning  asosiy  va  zaruriy  sharti  tinchlikdir.  Bundan 
tashqari,  haqiqiy  musulmon  –  bu  hamma  vaqt  adolat  uchun  murosasiz  ravishda  dadil 
kurashadigan  kurashchidir.  Ammo  buning  uchun,  uning  dini  bu  oliy  tushunchaga  qanday 
ma'no  sig‘dirganligini  bilish  uchun,  uning  o‘zi  yetarli  darajada  yaxshi  bilimlar  bilan 
qurollangan bo‘lmog‘i lozim. Masalan,  u shuni bilmog‘i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom 
odamlar  orasida  qandaydir  majhul  va  mutlaq  tenglikni  emas,  balki  hayotning  barcha  muhim 
sohalarida,  ya'ni  ijtimoiy  foydali  mehnat,  ta'lim-tarbiya  olish,  ijtimoiy  himoyalanish,  tibbiy 
yordamdan  foydalanish  va  boshqa  ijtimoiy  xizmatlar  bo‘yicha  barcha  uchun  teng 
imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi. Odilona yo‘l tutgan xalifalar davri umumiy tarzda ana 
shunday  alomatlar  bilan  belgilangan  edi.  Ma'lumki,  xalifa  Umar  ibn  al-Xattob  Islom  amr 
qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy me'yorlarini hayotga 
tatbiq  qilishda  ayniqsa  mashhur  bo‘lgan  edi.  U  hyech  ikkilanmasdan  qudratmand    va  boy 
kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar edi. Muhammad  (s.a.v.) payg‘ambarning 
ko‘plab  boshqa  sahobalari  ham  bunday  mustahkam  qoidalarga  tayanar    va  unga  rioya  etar 
edilar. 
Qur'onga  qo‘shimcha  sifatida  Muhammad  (s.a.v)  payg‘ambarga  nisbat  beriladigan,  u 
kishining  hatti-harakatlari  va  hukmlarini  hikoya  qiluvchi  juda  ko‘p  xadislardan  iborat  sunna 
(musulmoncha  muqaddas  rivoyatlar)  vujudga  keltirildi.  Sunnada  xalifatdagi  qarama-qarshi 
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik 
falsafiy tizimlar ta'siri o‘z aksini topgan. 


Ma'lumki, Qur'on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini 
qisqacha  tushuntirib,  yangi  qirralarini  ochib,  umumiy  joylarini  muayyanlashtirib,  uni 
to‘ldiradi.  Hadislar  –  Muhammad  (s.a.v.)  nasihatlari  ham  bo‘lib,  musulmonlarni  hayotning 
barcha sohalariga yo‘naltiradi. U kishi shunday degan: «Men  sizlarga ikki narsani qoldirdim, 
agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hyech qachon adashmaysizlar, bu –Qur'on va mening 
sunnatimdir»
43

Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning birinchi sahobalaridan boshlab, haqiqiy musulmonlar 
hamma  vaqt  u  kishining  rivoyatlari  va  aytganlari  haqida  ishonchli  bilimga  ega  bo‘lishga  va 
uni  o‘rganishga  alohida  e'tibor  berdilar.  Ularni  esda  saqlab,  ehtiyotkorlik  bilan  boshqa 
odamlarga  yetkazishga  harakat  qildilar.  Muhammad  (s.a.v.)  hayotlari  vaqtida  islom 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish