xizmati deb tushunadi: «Idora qilish va boshqarishning mohiyati – zulmdan azob
chekuvchilarni ezuvchilardan himoya qilish uchun o‘z oromidan kechishdir»
73
. Beruniy
Mag‘rib shaharlaridan biridagi tartiblar to‘g‘risida gapirib ma'lumot keltiradiki, undagi
boshqaruv navbatma-navbat «er egalari va aslzodalar orasida» biridan ikkinchisiga o‘tadi.
O‘sha vaqtda boshqaruvning mohiyatini shunday tushunish va unga xayrixohlik bildirish katta
jasorat talab qilar edi. Podsho ayniqsa shunday kishilar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kerakki,
ular «er ishi bilan bandlar», chunki «dunyo dehqonchilikka tayanadi, yer ishlash esa,
hokimiyat tufayli mavjuddir va ularning biri ikkinchisisiz bo‘la olmaydi»
74
. Odil
hukmdorning asosiy vazifasi sifatida Beruniy «yuqoridagilar bilan pastdagilar
orasida adolatni
va kuchlilar bilan zaiflar o‘rtasida tenglik»
75
ni o‘rnatish, deb hisoblaydi. Mamlakat ravnaqi
ilm-fanning ahvoli va ularning gullab–yashnashi bilan belgilanadi. Insonning oliy baxti –
bilimdadir: «Haqiqiy lazzatni faqat shunday narsa beradiki, inson unga ega bo‘lgan sari, unga
intilish yanada ko‘proq oshib boraveradi. Va inson ruhining holati ham, u ilgari bilmagan
narsasini bilib olsa, shunday bo‘ladi»
76
. Insonning oliy qadr-qimmati – uning boshqalar va
ayniqsa kambag‘al odamlar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Beruniy xalqlar
o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatishga halal beradigan milliy va diniy
cheklanganlikka qarshi chiqdi. U shunday kishilarni mahkum etdiki, ularning ishonchiga
ko‘ra «er – bu ularning yeri, odamlar – bu faqat ular mansub bo‘lgan xalqning vakillari,
podsholar – faqat ularning hukmdorlari, din – faqat ularning aqidasi, ilm – faqat, o‘shalarda
bor bo‘lgan ilmdir»
77
.
Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) ilmiy- tabiatshunoslik va ijtimoiy-falsafiy
fikrlar taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan, Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiridir.
Tasodifiy emaski, u «Shayxur rais» - «Olimlar ustozi» degan yuksak unvonga sazovor
bo‘lgan edi. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. U Buxoroda ta'lim
oldi, astronomiya, riyoziyot, mantiq, fizika, metafizika, huquq va boshqa fanlarni o‘rgandi.
Yoshlik yillaridayoq o‘zining davolash san'ati bilan mashhur bo‘ldi.
999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan bosib olingan vaqtda, Ibn Sino Urganchga
qochdi. Bu yerda Xorazmshoh Ma'mun saroyi huzuridagi Beruniy rahbarlik qilgan
Akademiyada Ibn Sino juda ko‘p mashhur olimlar bilan tanishdi va o‘z bilimini boyitish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xorazmni g‘aznaviylar tomonidan bosib olinishi xavfi ostida Ibn
Sino Eronga qochdi. 1037 yilning 18 iyunida Hamadonda saroy tabibi va vazir bo‘lib
ishlayotgan vaqtida vafot etdi. O‘limi oldidan u barcha mol-mulkini xizmatkorlari va
kambag‘al kishilarga bo‘lib berdi.
Ibn Sinoning dunyoqarashi uning zamonining madaniyatini aks ettiradi. Uning
dunyoqarashi Hindiston tabiatshunosligi va Yunoniston falsafasi ta'siri ostida shakllandi. Ibn
Sino Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), yevklid, Arximed, Pifagor, Arastu, Porfiriylarning
asarlari bilan yaxshi tanish edi. Ibn Sinoga Ar-Roziy va Forobiylar juda katta ta'sir
o‘tkazishdi.
Ibn Sino 260 nomdan ko‘proq boy adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Bizgacha uning 160
asari yetib kelgan. Ular ichida eng yirigi 22 jilddan iborat «Kitob ash-shifo» («Ruhni
davolash
kitobi») bo‘lib, o‘z ichiga mantiq, fizika, riyoziyot va metafizikani qamrab oladi. Uning
boshqa asarlari «Qonun fit-tib» («Davolash ilmi qonuni»), «Kitob an-najot» («Najot topish
kitobi»), «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») va boshqalardir. Ibn Sino qalamiga quyidagi
badiiy asarlar ham mansub: «Risola at-tayr», «Solomon va Ibsol», «Hay ibn Yaqzon».
73
Ѝша жойда. 31-32-б.
74
Абу Райҳон Беруни. Памятники … 230-б.
75
Абу Райҳон Беруни. Минералогия. 12-б.
76
Ѝша жойда. 17-б.
77
Абу Райҳон Беруни. Индия. 63-67-б.