Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   290
Bog'liq
falsafa

Bilish  nazariyasi.  Ibn  Sino  fikricha,  hissiy  bilish  –  tabiatni  bilishning  boshlang‘ich 
yo‘lidir.  Hissiyot  tashqi  va  ichkiga  bo‘linadi.  Ko‘rish,  eshitish,  ta'mni  sezish,  is  bilish  va 
paypaslash tashqi hislardir. Ichki hislar quyidagilar: umumiy his-tuyg‘u, taxminiy bilish kuchi 
va tasavvuriy kuch
82
. Ibn Sinoning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rish qabul qilinayotgan buyum tomon 
bizdan  chiqadigan  biron  bir  narsadan  bog‘liq  emas.  Biz  shuning  uchun  ko‘ramizki,  qabul 
qilinayotgan  buyumdan  nimadir  biz  tomon  kelib  tushadi  va  modomiki  u  buyumning  jismi 
emas ekan, demak, u – uning qiyofasidir
83

 Garchi biz Ibn Sinoda hissiy bilishning alohida shakli sifatida idrokni uchratmasak ham, u 
uni «umumiy his-tuyg‘u» va «taxminiy his-tuyg‘u» ma'nosida qo‘llaydi. Umumiy his-tuyg‘u 
ashyolar qiyofasini umumiy ko‘rinishda gavdalantiradi. Badanning hissiy a'zolari yordamida 
olingan  tarqoq  sezish  holatlari  umumiy  his-tuyg‘u  vositasida  yagona  birlikka  birlashib 
qo‘shiladilar.  Ma'noni  idrok  etish  vazifasi  Ibn  Sino  tomonidan  taxminiy  bilish  kuchi  deb 
atalgan  boshqa  hissiyotga  yuklanadi.  Idrok  ikki  hil  ma'noga  ega:  birinchidan,  idrok  hissiy 
bilishning shakli sifatida, va ikkinchidan, idrok fikr shakli sifatida. Bilimning ushbu turlarini 
mutafakkir «birlamchi» va «ikkilamchi» idrok deb ataydi. Birlamchi idrok ashyoni muayyan 
tarzda  biror-bir  boshqa  narsa  vositasida  qabul  qiladiki,  u  unga  ushbu  shaklni  beradi.
84
 
Boshqacha aytganda, ikkilamchi idrok, fikr bo‘lgan holda, hissiy idrok asosida tashkil topadi. 
Ibn  Sino  ijodiy  bilimning  shakllaridan  biri  bo‘lgan  xayolga  katta  e'tibor  qaratdi.  Uning 
vazifasi tasavvur etish kuchi va zehnda saqlanadigan o‘sha qiyofa va ma'nolarni o‘zgartirib, 
qayta ishlashdan  iboratdir. Xayolning ikki shakli: tasviriy va  o‘zgartiruvchi  ijodiysi  mavjud. 
Tasavvur  ham  his-tuyg‘uning  ichki  shakllariga  taalluqlidir.  Bu  ashyoning  shunday  shakliki, 
ashyoning  o‘zi  bo‘lmagan  holda  ham,  ongda  saqlanadi.  Boshqacha  kuchlardan  tashqari, 
buyum qiyofasi aks etgan tasavvurni saqlab qoluvchi kuch-zehn ham mavjuddir.  
Ibn Sino yangi aflotunchilarning ruh qandaydir jismiy a'zoga ega bo‘lmasdan turib ham, 
hissiy ashyolarni qabul qilib olishi haqidagi ta'limotlarini asossiz hisobladi. Agar hissiy idrok 
bu  a'zolarsiz  ruhning  o‘zida  kechganda,  deb  yozadi  mutafakkir,  unda  bu  a'zolar  behuda 
yaratilgan  bo‘lib  chiqardi  va  ulardan  hyech  qanday  foyda  bo‘lmas  edi
85
.  Olim  fikricha,  jon 
yurak bilan bog‘langan bo‘lib, u orqali miya bilan ham birlashgan. Yurakdan chiqadigan sezgi 
va  harakatni  unga  uzatib  boradigan  a'zo,  o‘z  ibtidosini  miyada  oladi.  Hissiy  nervlarning 
boshlang‘ichi  miyadir.  Nervlar  undan  kelib  chiqadi:  miya-nerv  tizimining  markazidir. 
Shunday qilib, hissiy bilish fiziologik asoslarga ega.      
Inson ruhi oliy (mukammal) va fikriy (aqliy)dir. Insonning o‘ziga xos alohida xususiyati, 
hayvonlardan  farqli  o‘laroq,  -  majhul  tushunchalarni  o‘zlashtirish,  aql  bilan  yetish  mumkin 
bo‘lgan  har  yoklama  narsalarni  bilish  va  oqilona  hatti-harakatdir.  Aql  –  inson  ruhining  oliy 
kuchidir.  Ibn  Sino  aqlni  ruhning  majhul  (abstrakt)  fikrlash  va  umumiy  narsani  bilishga 
bo‘lgan qobiliyati sifatida tushunadi, idrokni esa – ruh kuchi sifatida tassavur qiladiki, uning 
vositasida  bilim  hosil  qilinadi.  Farosat  (ventellekt)  bo‘lsa  –  ruhning  tezda  noma'lumdan 
ma'lum  narsaga,  o‘rta  istilohni  sakrab,  dastlabki  zamindan  xulosaga  va  baraks,  o‘tishga 
bo‘lgan qobiliyatini bildiradi. 
Ehtimoliy  va  faol  aql  mavjud.  Bir  shaxsga  tegishli  ruhning  kuchi  –  bu  ehtimoliy  aqldir. 
Bunga qarshi o‘laroq, faol aql, ayrim shaxs ruhidan ajratilgan hamma  joyda mavjud asosdir. 
U  barcha  odamlarda  yagona  va  umumiydir.  Nazariy  aqlning  natijasi  –  umumiy 
                                                 
81
 Қаранг: У.И.Каримов. Классификация наук по Ибн Сине // материалы первой Всесоюзной научной 
конференции востоковедов в Ташкенте, 4-11 июня 1957. –Т., 1958. 988-б. 
82
 Қаранг: Абу Али ибн Сино. Нажот. Қоҳира. 1331й. ҳиж. 367-саҳифа. 
83
 Қаранг: Абу Али ибн Сино. Нажот. Қоҳира. 225-б. 
84
 Қаранг: ѝша жойда.  
85
 Қаранг: ѝша жойда. 267-б. 



Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish