Yusuf Xos Hojib o‘z zamonasining juda bilimdon kishisi edi. «Qutadg‘u bilig» dostoni
uning adabiyot, tarix, falsafa, axloqshunoslik va nafosatshunoslik sohasida juda keng
bilimlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Garchand Yusuf Xos Hojib dunyo va undagi inson Xudo tomonidan yaratilgan, Xudoning
nigohi hamma yerga yetib boradi, deb hisoblasa ham, har holda mutafakkir insonning
shundan keyingi qismatini, uning haqiqiy hayotga bo‘lgan munosabatini Xudo olamni
yaratgan, ammo uning ishlariga bevosita aralashmaydi, degan nuqtai nazardan turib hal
qiladi
90
.
Doston qaxramonlari – hukmdor Kuntug‘di adolat ramzi, vazir Oyto‘ldi baxt (davlat)
ramzi sifatida, vazirning o‘g‘li O‘gdulmish aql ramzi sifatida muallif tomonidan o‘ylab
topilgan, biroq ular mavjud dunyo namoyondalaridir.
Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va o‘zaro
munosabatlarda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga yetishadi, degan shiorni
ilgari suradi. «Insonga foyda keltirmaydigan inson - o‘likdir»
91
deb ta'kidlaydi. U jamiyatda
mehnat ahli (dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar) hal qiluvchi maqomdaligini uqtiradi.
O‘z dostonida u quyidagilarni yozadi «Agarda bek el haqida g‘amxo‘rlik qilsa, uning
fuqarolari boyib ketsa, unda bekning hamma istaklari ro‘yobga chiqadi. Agar xalq o‘z
axloqini takomillashtirib borsa, bek ham axloq-odobda kamol topib boradi, bordi-yu, bek
axloqli, odobli bo‘lsa, u o‘z xalqi uchun yaxshilik qilgan bo‘ladi»
92
- deb ta'kidlaydi.
Yagona maqsadni ko‘zlab jamiyatning barcha tabaqalarini og‘a-inilar sifatida murosaga
keltirish va ana shu negizda odil, gullab yashnaydigan jamiyat barpo etish Yusuf Xos
Hojibning axloqiy qarashlarini tashkil etadi.
Yusuf ilmning turli sohalarini jamiyatning taraqqiyotiga va gullab yashnashiga olib
keluvchi kuch
deb bilib, ularni egallashga da'vat etadi. U ilm-fan va ma'rifat yordami bilan o‘z
davrining axloqiy muhitini sog‘lomlashtirish mumkinligiga ishonadi. Yusuf kishini zulmat
ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash'alaga o‘xshatadi.
Yusuf Xos Hojib insonning tashqi qiyofasi uning ma'naviy dunyosiga mos bo‘lishiga katta
ahamiyat beradi, ya'ni u ikki dunyoning (tashqi va ichki dunyoning) birligi, aql-zakovati raso
kishining ajralmas fazilatidir, deb hisoblar edi. Uningcha, halol, haqgo‘y, odobli kishi har
qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatliroqdir, bunday kishiga «baxt har ikki dunyoda
kulib boqadi»
93
.
Yusuf Xos Hojib oilaviy tarbiya-bolalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda eng asosiy
omil ekanligini, mabodo bolalarning xulq-atvori yomon bo‘lsa, bunga bola emas, ota aybdor
ekanligini, ota o‘z farzandini aqlli va fahmli qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u bolani doimo
diqqat-e'tibor ostida tutishi lozimligini ta'kidlaydi. Mutafakkir o‘z bolalarini ortiqcha
erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq hatti-harakatlar qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralaydi. Uning fikricha, bolalarni hunar va bilimga
o‘rgatish ularning axloq-odobini tarbiyalashning asosidir.
Yusuf Xos Hojibning ta'kidlashicha, inson kim bo‘lishidan qat'iy nazar, boshqalarga
xayrixoh, insonparvar bo‘lishi lozim, negaki, dunyoda abadiy qoladigan narsa faqat
insonparvarlikdir. Shuning uchun, kimki o‘zidan keyin yaxshi nom qoldirmoqchi bo‘lsa faqat
ezgu ishlar bilan shug‘ullanishi zarur. Uning fikricha, dunyoda ikki xil ezgulik va ikki xil
qabohat mavjud. Birinchi-
ezgulik va
qabohat (
yovuzlik)–tug‘madir, ikkinchi xildagilari bu
dunyoda kasb etilganlaridir. Shunga muvofiq ravishda ikki xil odamlar-ezgulik qiluvchi
olijanob va yovuzlik qiluvchi pastkashlar (o‘z tabiatiga ko‘ra va muhit tarbiyasi natijasida)
mavjud. Jamyatdagi barcha yomon hatti-harakatlar o‘qimagan, johil odamlar borligidandir.
90
Юсуф Хос Хожиб. «Қутадғу билиг». –Т.: Фан, 1972. 26-б.
91
Ѝша жойда. 659-667-б.
92
Ѝша жойда. 309-б.
93
Ѝша жойда. 243-б.
Ularni ma'rifat orqali tuzatish mumkin. Yusuf nutq madaniyatiga ham katta ahamiyat bergan.
Nutq madaniyati (uning mazmunli va nazokatligi) insonning bilim saviyasi va axloqiy
yetukligini belgilaydi.
Tashqi va ichki ruhiy dunyosining birligi yetuk insonning ajralmas fazilatidir. Haqiqiy
inson shundayki, uning so‘zlari bilan amaliy ishlari bir-biridan farq qilmaydi. Fazilatli
insonning yana bir xususiyati uning sodda va kamtarligidir. Yusufning yozishicha, bu
dunyoda hamma narsa o‘tkinchi, inson hayoti ham, yuqori mansab va boyliklar ham. Agar
bugun ularga ega bo‘lsang, ertaga, ehtimol, ular yo‘q bo‘ladi, shuning uchun hozirgi
boyliging va mansabing tufayli
takabburlikka yuz tutishing, butunlay be'manilikdir.
Inson uchun eng xavfli sifatlar ta'magirlik va boylikka intilishdir. Ular inson tabiatini
axloqiy jihatdan buzib, zo‘rlik va o‘zboshimchalikka olib keladi. Boylik insonning hatti-
harakati va fe'lini buzadi. Yusuf Xos Hojib sharob ichishning ziyon ekanligidan ayniqsa
jiddiy ogohlantiradi: sharob bilim va aqlning dushmanidir, uning haqiqiy nomi janjal va
dushmanlikdir.
Yusuf Xos Hojib o‘z ijodi bilan ko‘chmanchilar davlati sharoiti va harbiy-demokratik
tuzum an'analarida o‘z aksini topgan qadimgi turk yodgorliklaridan uzoqlashadi. U
yodgorliklarda ezgulik ko‘pincha xonning yaxshi ishlari, uning shaxsiy jasorati, harbiy shon-
shavkati, jasurligi va sarkardalik iste'dodi asosida bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: