nomini abadiylashtirgan olimdir. 1074 yili Umar Xayyom Marog‘adagi rasadxonaga
astronom lavozimiga tayinlanadi va u yerda, o‘sha zamon uchun eng aniq bo‘lgan, astronomik
jadval tuzadi. O‘sha yili Malikshoh unga mavjud taqvimni isloh qilishni topshiradi. Oy
taqvimini o‘zgaruvchan bo‘lganligidan noqulay hisoblagan Umar Xayyom, Turkiston va Eron
arablar istilosidan oldin foydalanib kelingan 365 kundan iborat Quyosh taqvimini qaytadan
tuzib chiqadi. Xayyom tuzgan takvimda 33 yil bo‘lib, ulardan 25 yilining har biri 365 kunlik
kecha va kunduzdan iborat bo‘ldiki, bunga ko‘ra, bir yilning uzunligi 365 kecha va kunduzu 5
soat 49 daqiqa va 5,45 soniyadan tashkil topdi. Kabisa yili: 4, 8, 12, 16, 20, 24, 28, 32-yillarda
edi
99
.
Umar Xayyom o‘zining riyoziyotga doir risolalarida bir qator yirik kashfiyotlar qildi:
tabiiy sonlarning har qanday darajasidan ildiz chiqarish uslubini ishlab chiqdi, kub (mu'kaab)
tenglamalarining to‘la tasnifini berdi va har bir tenglamani yechishning geometrik uslubini
tavsiya qildi; haqiqatligi ayon bo‘lmasa ham, isbotsiz asos qilib olinadigan (postulat) Evklid
qoidasi isbotini rivojlantirdiki, u kelgusida ochiladigan noevklid geometriyasi kashfiyotiga
mohiyatan tayyorlanish vazifasini o‘tadi
100
.
Umar Xayyomning «Borliq va majburiyat haqida risola», «Uch savolga javob», «Umumiy
fanlarning mazmuni haqida aql chirog‘i», «Mavjudlik haqida risola» va «Mavjudlikning
umumiyligi haqida risola» kabi falsafiy asarlarini uning xudosizlikda ayblanishiga javob
tariqasida qarab chiqish mumkin. «Borliq va majburiyat haqida risola» da Xudo bormi yoki
yo‘qmi, uning payg‘ambariga ergashish lozimmi yoki yo‘qmi, degan masalalar muhokama
qilingan. Javoblar ijobiy berilgan, ammo islom aqidalari asosida emas, balki Ibn Sinoning
aqliy tamoyildagi falsafasi asosida. «Uch savolga javob» asarida dunyoda qabohat va
yomonlikning borligi, determinizm va umri uzoqlik haqida muhokama yuritilgan. Bunda
Umar Xayyom Ibn Sino falsafasining eng muhim unsurlaridan biri bo‘lgan determinizmdan
yuz o‘giradi. O‘zining falsafiy risolalarida Umar Xayyom faqat umumiy tushunchalar tabiati
haqidagina erkin fikr yuritadi, negaki, bu masala bevosita musulmon ilohiyoti bilan
bog‘lanmagan edi. Umumiy tushunchalar uch xil: ashyolargacha, ya'ni ilohiy aqlda,
ashyolarda va ashyolardan keyin (inson aqlida) mavjuddirlar, deb hisoblovchi Ibn Sinodan
farqli o‘laroq, Umar Xayyom umumiy tushunchalar faqat ashyolarda va inson aqlidagina
mavjuddirlar, deb hisobladi: «… Mavjud bo‘lishlik nisbiy bo‘lib, ikki ma'noga bo‘linadilar…
Bu ikki ma'no – Ushbu … ashyolardagi borliqdirki, uning uchun odamlar orasidagi
«mavjudlik» nomi barcha uchun to‘g‘riroqdir, va, ikkinchidan, ruhdagi mavjudlik»
101
.
Borliq, Xayyom fikricha,
murakkab (ashyo, modda) va
sodda (birinchi ibtidolar)dan
iborat. Umumiy narsa
bo‘linadigan va
bo‘linmaydigandan tashkil topgan. «Hammaga aloqali
narsa, - deb yozadi Xayyom, - besh xil bo‘ladi: tur, tus, mohiyatiy xususiyat, alohida
xususiyat, tasodifiy xususiyat. Masalan, tur ko‘plikni o‘z ichiga oladi.
Mohiyat – bu xoliqni
(yaratuvchi) istisno qilganda, bilib olinadigan barcha narsalarni anglatadigan so‘zdir»
102
.
Xayyom mohiyatni
o‘sadigan va
o‘smaydiganga bo‘ladi. O‘sadiganlar o‘z navbatida,
Do'stlaringiz bilan baham: