Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   290
Bog'liq
falsafa

Vazzon  al-Misriy,  Abu  Mansur  Xafda,  Bobo  Faraj  Botriziy,  Umar  ibn  Yasir  al-Biblisiy  va 
Ismoil al-Kasri kabi mashhur sufiylarning shogirdi edi. 
Urganjda  u  xonaqoh  va  kubraviya  birodarlik  jamiyatini  vujudga  keltirdi.  Kubroning 
shogirdlari orasida mashhur tasavvuf nazariyotchilari chiqqanligi uchun, uni shayxi valitarosh 
(«avliyolar  yetqazuvchi  ustoz»)  deb  ham  atadilar.  Ular  orasida  Najmiddin  Doya  Roziy 
(vaf.1256), Sadidin Xamuya (vaf.1252), Sayfiddin Boxarziy (vaf. 1261) va boshqalar bor edi. 
Kubro  bilishning  tasavvufiy  yo‘liga  asoslangan  o‘z    maktabini  vujudga  keltirdi.  Kubro 
fikricha,  inson  kichik  olam  (mikrokosm)  bo‘lib,  o‘zida  katta  olam  (makrokosm)da  nima 
bo‘lsa, hammasiga ega va, demak, u o‘zida «shafqatli, rahmdil Alloh»ning sifatlarini istisno 
qilganda,  ilohiy  xususiyatlarni  ham  mujassamlashtira  olishi  mumkin.  Bu  xususuiyatlar 
o‘zlariga  muvofiq  keladigan  joylarda,  birin-ketin  o‘ziga  xos  maqomlarda,  yuqori  osmoniy 
doiralarda  joylashgandirlar.  Ammo  haqiqat  yo‘lini  qidiruvchilar  bunday  yuksakliklarga 
ko‘tarilib, ilohiy sifatlarga ega bo‘lishlari uchun, ya'ni kamolotga erishishlari uchun, ma'lum 
riyozatli  yo‘llarni  o‘tishlari  zarur.  Bu  yo‘lning  qat'iy  me'yor  va  qoidalari  mavjud:  to‘g‘ri, 
halol-pok  yo‘ldan  borish,  jiddiy  ravishda  ro‘za  tutish  va  o‘z  irodasini  butunlay  pirining 
irodasiga bo‘ysundirish. Kubroning aqidasicha, uzlatda o‘tirgan paytda butun diqkat-e'tiborni 
to‘xtovsiz  ravishda  Xudoning  ismlariga  to‘plash  ilohiy  fahmlash  va  bilimga  olib  keladi.  U 
tasavvuf yo‘liga kirgan yangi solik o‘zining tasavvufiy mashqlari vaqtida mushohada qilishi 
mumkin  bo‘lgan  ranglar  ramzidagi  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tishdagi  izchillikni  aniq 
ko‘rsatib  beradi.  Bu  nuqta,  dog‘  va  doiralar:  ruh  his-tuyg‘u  bosqichlaridan  o‘tadiki,  u  qora 
rang bilan qizil dog‘lar aralashib, o‘zgarib turadigan holatda qabul qilinadi va bu shungacha 
davom etadiki, nihoyat ko‘k chiroq nuri paydo bo‘lib, ilohiy rahmatning yaqinligidan xabar 
beradi. 
Kubro fikricha, haqiqatni bilishga faqat pir yetkazishi mumkin, negaki, jazava vaqtida (hol 
davrida)  sufiyda  g‘ira-shira  paydo  bo‘ladigan  tasvirlar  Xudodan  ham,  shaytondan  ham, 
yurakdan ham, shuningdek, tanadagi jondan ham chikishlari mumkin. Kubro insonning ongi 
va ruhidagi tutib bo‘lmas ma'naviy markazlar (latoif) haqidagi nazariyasini ham ishlab chiqdi. 
O‘zining kubraviya tariqatining o‘nta asosiy qoidalarini belgilab berdi: 
1. 
Tavba  –  o‘z  xohishi  bilan  Xudoga  qaytish,  o‘z  irodasi  bilan  Xudoga  mehr 
qo‘yish, o‘zining «men»idan kechish. 
2. 
Zuhd fid-dunyo – barcha dunyoviy narsalardan (mol-mulk) voz kechish, ularga 
ega bo‘lish istagi va rag‘batini ham so‘ndirish. 
3. 
Tavakkal alal-loh – barcha sohalarda Xudoning rahmati va kudratiga ishonish, 
bu dunyodagi faol faoliyatdan voz kechish. 
4. 
Qanoat  –  barcha  sohalarda  mo‘tadillikka  rioya  etish  va  oz  narsa  bilan 
qanoatlanish, past niyatlardan qutilish (ovqat yeyishda me'yorni saqlamaslik, hashamatli, boy 
kiyimlarga hirs qo‘yish, bekorchilikka ruju qo‘yish va shunga o‘xshashlar). 
5. 
Uzlat  –  yolg‘izlikda  bo‘lib,  ruhni  mustahkamlash,  odamlar  bilan  aloqaga  chek 
qo‘yish: gapirmaslik, eshitmaslik, qaramaslik. Faqat shayxga xizmat qilish va uning qo‘lida, 
xuddi g‘assolning qo‘lida murda qanday bo‘lsa, o‘shanday bo‘lish. 


6. 
Mulozamat  az-zikr    (uzluksiz  zikr)  –  o‘z  xohishicha  Xudoning  ismini  fikrida 
yod  qilib  turish  va  butun  qalbni  u  bilan  to‘ldirish.  Shunday  qilganda,  pastkashlik,  hasad, 
ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razillik va riyokorlik ko‘ngilga yo‘l topa olmaydi. 
7. 
Tavajjux  ilal-loh    -  butun  ichki  mohiyatini  Xudoga  qaratish,  unga  cheksiz 
muhabbat  qo‘yish,  undan  boshqa  narsa  borligini  his  etmaslikdir.  O‘z  vujudini  yo‘qotish, 
Haqning abadiy va azaliy vujudini boshqa bilim bilan ko‘ra bilishdir.  
8. 
Sabr – o‘z ixtiyori bilan nafs doirasidan mashaqqatlar chekib bo‘lsa ham, o‘zini 
olib  qochishdir.  Maqbul  bo‘lgan  to‘g‘ri  yo‘ldan  adashmasdan  borish  uchun,  kishi  o‘z 
mayllarini  so‘ndirishi  lozim.  Bundan  ko‘zlangan  maqsad  shundaki,  dil  kuduratlardan 
poklanishi, ruh esa, agar nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topishi zarur.  
9. 
Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish) – erishilgan darajada mushohada yuritish, 
qalbni arzimas his-tuyg‘ulardan holi qilib tozalash va xotirjamlikka erishish. Kurash, riyozat 
chekish  yo‘li  bilan  hosil  qilingan  yo‘l  haqqoniy  tuhfa  etilgan  tabiiy  amal  bo‘lib,  yaratilish 
haqiqatining g‘alabasi sifatida paydo bo‘ladi va shuning uchun ham rivojlanib boradi. 
10. 
 Rizo  -  shaxsning  nafs  erkinligidan  chiqib,  Xudo  xushnudligiga  kirishi  va 
azaldan  nimaga  ishongan  bo‘lsa,  o‘щani  o‘z  bo‘yniga  olishidir.  O‘z  irodasicha,  toabad 
qoladigan  narsaga  voqyeylik  sifatida  qaytib,  o‘limga  o‘xshash  o‘tkinchi  narsaga  e'tiroz 
bildirishdir. 
Kubro  Al-Bag‘dodiyning  «xushyorlik  maktabi»  ta'limotiga  tayanadigan  12  bosh 
bo‘g‘indagi birodarlik firqasidan biri bo‘lgan kubraviya tariqatiga asos soldi. U sufiylikning 
Markaziy  Osiyodagi  maktabi  bo‘lib,  sunnaviylikka  asoslanar  edi.  XV  asrga  kelib, 
kubraviyadan  ikki  mustaqil  shialik  birodarligi  –  Zahobiya  va  Nurbaxshiya  tariqatlari  ajrab 
chiqdi.  
Tashkiliy  jihatdan  Kubraviya  xonaqohlarda  o‘z-o‘zini  boshqaradigan  ozod  anjuman 
bo‘lib, uning boshida xalifa turar edi. Dastlab bu birodarlik tariqati jamoa bo‘lib zikr tushish 
paytida  jahriy  zikrni  (baland  ovoz  chiqarish)  qo‘llar  ediki,  Markaziy  Osiyo  tasavvufi 
an'analariga  zid  edi.  Keyinchalik  kubraviyaning  ba'zi  shahobchalari  va  guruhlari  bu 
amaliyotdan  voz  kechib,  faqat  sekin  yoki  shaxsiy  zikr  bilan  qanoatlana  boshladilar,  ammo 
Soktariy (Buxoro yaqinidagi) qishlog‘idagi kubraviy xonaqohida XVIII asrning oxirlarigacha 
har ikki xildagi zikrdan foydalana boshladilar. 
Kubraviya maktabi bir qator mustaqil shahobchalar vujudga kelishiga sabab bo‘ldiki, ular 
musulmon dunyosi Sharqida keng tarmoq otdilar. Bular quyidagilar edi: 
Firdavsiya – Sayfiddin  Boharziy shogirdining  xalifasi bo‘lgan,  1300 yillarda  vafot etgan 
Najibuddin Muhammad tomonidan tashkil etilgan va Hindistonda (Dehli, Bihar) tarqalgan. 
Nuriya  –  1317  yilda  vafot  etgan  Abdurahmon  al-Isfaroiniy  tomonidan  asos  solingan 
bo‘lib, Kubraviyaning Bag‘dod shahobchasi hisoblanadi. 
Rukniya  –  o‘z  kelib  chiqishini  1261-1336  yillarda  yashagan  Rukniddin  as-Simnoniydan 
olgan «vahdat ash-shuhud» ta'limotidagi birodarlik tariqati. 
Xamadoniyai  oliya  –  Kashmirda  islomni  yoyishda  faollik  ko‘rsatgan  Sayyid  Ali  ibn 
Shahobiddin  Hamadoniy  (1314-1385)  asos  solgan,  rukniyadan  ajrab  chiqqan  birodarlik 
tariqati  bo‘lib,  Kubraviya  tariqati  silsilasining  boshqa  shahobchalariga  qaraganda  eng 
mashhuridir. 
Ig‘tishoshiya – Hamadoniyai oliyaning Xuroson shahobchasi bo‘lib, Is’hoq al-Xuttaloniy 
(1433-yilda  o‘ldirilgan)  tomonidan  asos  solingan.  Uning  shogirdlari  esa,  ikki  mustaqil  shia 
tariqatiga asos solishgan. 
Zahobiya – asoschisi XV asr o‘rtalarida vafot etgan Abdulloh Barzishobodiy Mashhadiy. 
Nurbaxshiya  –  asoschisi  Nurbaxsh  (1392-1466)  laqabli  Sayyid  Muhammad  ibn 
Muhammad. 
Kubraviya  tariqatida  rangli-nurli  ramzlar  tizimi  puxta  ishlab  chiqilgan  ediki,  undagi  har 
bir  rang  Xudoni  bilish  yo‘lida  solik  erishgan  muayyan  bosqichni  anglatar  edi.  Oq  rangni 


ko‘rish islomni, sariq rang – imonni, qora-ko‘k rang – ilohiy rahmat (ehson)ni, zangor rang – 
turg‘un  xotirjamlik  (etminon)ni,  havo  rang  –  haqiqiy  ishonch  (iqon)ni,  qizil  rang  –  ichki 
tuyg‘uga  asoslangan  bilim  (irfon)ni,  qora  rang  –  Xudoga  cheksiz  muhabbatni  va  jazava 
holatidagi iztirob (hayronlik)ni ifodalaydi. O‘n asosiy qoida kabi rangli ramzlar ham, ko‘rgan 
narsalarini  va  tushlarini  ustoz-pirga  aytish  shartining  bir  qator  qoidalari  bilan  birgalikda 
keyinchalik  boshqa  birodarlik  tariqatlari  (qodiriya,  naqshbandiya,  xilvatiya)  va  ularning 
shahobchalari tomonidan o‘zlashtirildi.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish