Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) buyuk ensiklopedik olim,
mutafakkir va insonparvar bo‘lib, 973 yilda qadimgi Xorazmning poytaxti Qiyot atrofida
tavallud topdi. 16 yoshligidayoq Beruniy ekvatorga nisbatan ekliptika tekisligining qiyaligini
juda katta aniqlik bilan aniqladi. Yosh yigitchalik vaqtidayoq Beruniy Markaziy Osiyoda
birinchi bo‘lib, yer kurrasi qiyofasini (globus) yasadi. Bir minginchi (1000) yilda Beruniy
o‘zining birinchi yirik asari bo‘lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»ni yozib
tugatdiki, u butun Sharqda unga shuhrat keltirdi.
1010 yilda Beruniy Xorazmshoh Ma'mun ibn Ma'mun saroyida muhim mansabga sazovor
bo‘ldi. Ibn Ma'mun o‘z saroyiga eng yirik olimlarni to‘playotgan edi. Bular Abu Ali ibn Sino,
Abu Sahl al-Masihi, tarjimon va faylasuf Abul Xayr Hammor, shoir va adabiyotshunos Abu
Mansur al-Sa'olabiy, riyozidon va astronom Abu Nasr Mansur ibn Iroq va boshqalar edi.
1017 yilda Xorazm Mahmud G‘aznaviy qo‘shinlari hujumiga uchradi. G‘aznaga Mahmud
G‘aznaviy tomonidan olib ketilgan olimlar orasida Beruniy ham bor edi. 1025 yilda u
o‘zining muhim asarlaridan biri «Geodeziya»ni yozib tugatdi. G‘aznada Beruniy Hindistonni
o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordi va natijada «Hindiston» asarini yozdi (1030).
Bu asar unga jahonshumul shuhrat keltirdi. Hindistonning bosh vaziri Javoharlal Neruning
ta'kidlashicha, Hindiston to‘g‘risida shu davrgacha va bundan keyin ham bunga teng
keladigan asar yozilmagan va yozilmasa ham kerak. Benazir «Hindiston» asaridan keyin
tabiatshunoslikka doir uning shoh asarlari vujudga keldi. U o‘zining astronomiyaga oid
«Mas'ud qonuni» asarida riyoziyot, astronomiya, geofizika va boshqa ko‘p fanlarning muhim
muammolarini yoritib berdi. 1043-yilda Beruniy ilmiy adabiyotda «Mineralogiya» deb nom
olgan o‘zining «Qimmatbaho toshlarni bilish uchun ma'lumotlar to‘plami» asarini yozib
tugalladi va «Farmokologiya» («Dorivor o‘simliklar»)ni yoza boshladi. Ammo o‘lim uni
tugallashga imkon bermadi. Uning 150 ga yaqin asarlarining nomi ma'lum.
Borliq haqida ta'limot. Beruniy fikricha, falsafaga yo‘l borliqni chuqur tushunib yetishga
imkon beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o‘tadi. Umuman esa, Beruniy falsafani
borliqning mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta'rifiga qo‘shiladi.
Tabiat muayyan qonunlarga bo‘ysunuvchi butun atrofdagi dunyoni qamrab oladi. U –
fanlar o‘z dalillari va ma'lumotlarini yig‘ib oladigan makondir va ob'ektiv voqyelikni tabiiy
ravishda tushuntirishning pirovard sababidir. Beruniy Abu Masharning: «Tabiat hamma
narsadan kuchliroqdir»
59
- degan nuqtai nazariga qo‘shilgan edi.
Beruniy o‘zining Ibn Sinoga yozgan ilmiy e'tirozlarida oshkora deistik (dunyoni Xudo
yaratgan, lekin u tabiat va jamiyat hayotiga aralashmaydi, deyuvchi diniy-falsafiy oqim)
nuqtai nazarda turadi: «Sen nimani aytayotgan bo‘lsang, bu Arastuning so‘zlaridirki, unga
ko‘ra, dunyoning ibtidosi yo‘qdir va bundan xoliq va yaratuvchini inkor etish kelib chiqmaydi
deyishi, foydasiz gapdir, negaki, agar harakat ibtidosi nazarda tutilmas ekan, unda qandaydir
xoliqning bo‘lishi ham fikrda mavjud bo‘lmaydi»
60
. Tabiatning astronomik, geologik va
boshqa hodisalarini tahlil qilib, yerning va boshqa samoviy jismlarning paydo bo‘lish vaqti
haqida Beruniy shunday xulosaga keladiki: «hisob qilgan odamga minglab million yillar
haqida bemalol gapirish mumkin»
61
. Oliy ibtidoni qabul qilish bilan birga, tabiatga tabiiy
ilmiy usulni tatbiq qilishning zaruriyati Beruniyga deizmdan ham oldinga bosib, moddaning
abadiy borligini qabul qilish ruhidagi qoidalarni aytishga majbur qildi.
58
Ѝша жойда.
59
Абу Райҳон Беруни. Памятники минувших поколений// Избранные прооизведения. –Т., 1957. Т.1. 99-б.
60
Приложение к ст. А.Шарипов. Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой //
Общественные науки в Узбекистане. 1965. №11. 39-б.
61
Абу Райҳон Беруни. Памятники…. 37-б.
Atrofni o‘rab turgan dunyo asosida suv, olov, havo, tuproq yotadi. Ular haqida u shunday
yozadi: «Oddiy javharlar davriy ravishda paydo bo‘lish va zavol topishni bilmaydilar»
62
.
Beruniy ruhning mavjudligini tan oladi. U jism bilan o‘zaro zich aloqada bo‘lib, faqat
jismdagina mavjud bo‘lishi mumkin: «Ruh o‘zining ko‘p holatlarida badanning haroratiga
bo‘ysunadi, shuning uchun o‘z xususiyatlariga ko‘ra turli va xilma-xil bo‘ladi»
63
. Beruniy
fikricha, havo, tuproq va olov bo‘linmas zarrachalar – atomlardan tashkil topganlar. U
jismlarning cheksiz bo‘linishi haqidagi ta'limotni asossiz, deb e'lon qildi. Biroq u qayd etadi:
«handasa (geometriya) ahllari orasida yaxshi ma'lum bo‘lgan anchagina (bahsli) aytilgan
fikrlar atomistlarga ham xosdir …» U atomistik ta'limotning qarama-qarshiligini hal qiladigan
yo‘l qidirdi. Diqqatga sazovori shundaki, atomistik ta'limotga tamoyili bo‘lgan Beruniy,
bo‘shliqni rad etdi. Bu o‘sha zamondagi falsafiy an'analar bilan bog‘lanmagan edi, negaki,
atomistik ta'limot bo‘shliqning mavjudligini nazarda tutar edi.
Barcha jismlar yer markaziga intilishini qayd etgan Beruniy, Arastuning barcha jism va
unsurlar o‘zlarining «tabiy joylarida» joylashgandirlar, degan muhim qoidasini shubha ostiga
oladi. Arastu fikricha, o‘zlarining «tabiiy joyida» joylashgan barcha jism va unsurlar sokin va
harakatsiz holatda bo‘ladilar. Ularni bu holatdan chiqarish uchun qandaydir qarshi kuch
kerak.
Beruniy geometrik tartibdagi dalilni keltiradi: «markaz» tushunchasining o‘zi shuni
nazarda tutadiki, u faqatgina nuqtadir, shuning uchun barcha og‘ir jismlar uchun Arastu
fikricha, «tabiiy joy» bo‘lgan markaz, unga yetib kela olmaydi va qaerdadir markaz atrofida
bo‘lishga majbur, ya'ni o‘zining «tabiiy joyi»dan tashqarida. Shunday qilib, jismlar o‘z
«tabiiy joylari»da hyech qachon sukunat kasb eta olmaydilar. yengil unsurlar uchun ham,
ularning doiralariga nisbatan olinadigan «tabiiy joy» to‘g‘risidagi dalillar ham taxminan xuddi
shunday. «Shunday qilib,-deb yozadi Beruniy,- hyech qanday jism uchun alohida tarzdagi
tabiiy joy yo‘q»
64
.
O‘zining Ibn Sinoga yozgan ilmiy e'tirozlarida Beruniy dunyolarning ko‘pligi haqidagi
masalaga ham o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi. Olim shunday dalil keltiradi: agar Xudo har
narsaga qodir bo‘lsa, u biznikidan tashqari boshqa dunyolarni ham yarata oladi. Arastu abadiy
va o‘zgarmas doiraviy harakatni to‘g‘ri chiziqlik harakatga qarama-qarshi qo‘ygan edi,
Beruniy bo‘lsa, umuman doiraviy harakatni osmonlarning alohida tarzdagi imtiyozi, deb
hisoblamadi. Kelgusidagi kashfiyotlarni oldindan sezgandek, u osmon jismlari va ularning
doiralarini ellipsoid (ellipsning o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘ladigan geometrik jism)
shaklda bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrni aytdi.
Beruniyga dialektik g‘oyalar ham xos edi: «Unda (yerda) turg‘un qoladigan hyech narsa
yo‘q». Buning ustiga, butun dunyo bu jarayonga duchor bo‘ladi: «… Dunyodagi barcha
narsalar ma'lum muddat o‘tgandan keyin bir holatdan boshqasiga o‘tishga qodirdirlar»
65
. U
yer taraqqiyotida sakrashlar katta o‘rin tutishini qayd etgan edi. Olim tabiatning turli
jarayonlarida qarama-qarshiliklar, bir-biriga qarshi turuvchi kuchlar qanchalik muhim
ahamiyatga ega ekanliklarini ko‘rsatib o‘tgan edi. Jumladan, Beruniy odam badanidagi
qarama-qarshiliklar kurashi haqida gapirib, ularning tabiiy holat ekanligini qayd etadi, negaki
ulardan birontasining g‘alabasi og‘ir kasalliklarga olib keladi. Beruniy bu yerda mexanik
jihatdan ustun bo‘lgan qarama-qarshilik g‘alabasi haqida emas, balki «uni o‘ziga o‘xshashga
aylanishi»
66
to‘g‘risida gapiradi.
62
Абу Райҳон Беруни. Индия // Избранные произведения в 6 томах. –Т., 1963. Т.2. 311-б.
63
Ѝша жойда.
64
Абу Райҳон Беруни. Возражения (эътирозлар). –Т., 1965. 39-б.
65
Материалы по истории… 73-б.
66
Абу Райҳон Беруни. Минералогия.// В. кн.: Собрание сведений для познания драгоценностей. –М.,
1963. 11-б.
Beruniy fikricha, taraqqiyot davriylik xususiyatiga ega. U hind faylasuflarining davriylik
haqidagi ta'limotlarini ma'qullaydi: «Ularning zamon muddatlarining qaytarilib turishida
davriylik haqidagi tasavvurlari, voqyelikda nima ko‘rinsa, o‘shanga mos keladi»
67
.
Do'stlaringiz bilan baham: |