Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Uzoq Sharqning ilk davlatlarida falsafa



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Uzoq Sharqning ilk davlatlarida falsafa 
 
                                                 
1
1
 Люн Юй. 7-боб. 
2
2
 Ѝша жойда. 15-боб. 


Eramizdan  oldingi  I  asrga  kelib  Quriya  yarim  orolida  uch  mustaqil  davlat  tashkil  topdi: 
Koguryo (er.ol.37y. – eramizing 668y.), Silla (er.ol. 57y.- eramizning 668y.) va Pekche (er.ol. 
18y.-  er.660y.).  Uch  podsholik  davrida,  afsonaviy  tasavvurlar  bilan  bir  qatorda  yorug‘lik  va 
qorong‘ulik ibtidolari («yan» va «ыm») haqidagi ta'limot yanada rivojlantirildi. Besh birinchi 
unsurlar haqidagi ta'limot dunyoning borliq manzarasini ifodalovchi xususiyat kasb etdi. Besh 
unsurlarning  har  biriga  makonda  muayyan  joy  va  rang  muvofiq  kelar  edi.  U  tabiat  va 
jamiyatda  ro‘y  berayotgan  jarayonlar  talqinini  tushunish,  afsonalar,  ramzlar,  matnlar  va 
xabarlar mazmunini idrok etish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘tay boshladi. 
Uch  podsholik  davrida  diniy-falsafiy  ta'limotlar  tarqala  boshladiki,  keyinchalik  Quriya 
yarim  orolida  hukmron  mavqyega  ega  bo‘lgan  buddaviylik  va  daosizm  bilan  birgalikda,  bu 
yerda sal ilgariroq paydo bo‘lgan konfutsiychilik ham o‘ziing keyingi taraqqiyotini boshladi. 
Bu  ta'limotlar  quriyalilarning  ilgari  dunyo  manzarasi  haqidagi  diniy-afsonaviy  qarashlarini 
siqib chiqardigina emas, balki ulardan ko‘plarini o‘z bag‘riga oldi. 
Quriya  konfutsiychiligi  animizm,  shamanizm  va  an'anaviy  e'tiqodlarning  boshqa 
unsurlarini  yetarli  darajada  ixcham  o‘zlashtirdiki,  ular  konfutsiychilik  ta'limotining  asosiy 
bandlariga  muvofiq  kelar  edi.  Unda  ajdodlar  va  ulug‘  kishilar  ruhiga  sig‘inish  joy  oldiki, 
ularga  atab  ibodatxonalar  qurildi  va  qurbonliklar  qilindi.  Konfutsiychilik  besh  birinchi 
unsurlar  haqidagi  ta'limotni  ham  qabul  qildi.  Buni  yaqqol  ifodasini  konfutsiychilik 
ta'limotidagi  jamiyatdagi  besh  munosabatlar  haqidagi  aqidada  (shoh  va  fuqaro  o‘rtasidagi 
munosabat,  ota-onalar  bilan  bolalar,  er  bilan  xotin,  katta  va  kichik  yoshdagi  aka-ukalar, 
do‘stlar  orasidagi  munosbaatda)  va  besh  axloqiy  sifat  haqidagi  ta'limotda  (ezgulik,  to‘g‘ri 
fikrlash, yaxshi xulq-atvor, bilim olishga intilish va halollik) ko‘rish mumkin. 
Buddaviylik  eramizning  IV  asrida  Quriyaga  rohiblar  tomonidan  Hindiston  va  Xitoydan 
olib  kelindi.  Tez  orada  buddaviylik  davlat  diniga  aylandi.  Buddaviylik  Quriyada  tarqala 
borgan  sari  o‘ziga  xos  xususiyatlar  kasb  eta  boshladi.  Uning  ilk  bosqichlarida  tarki 
dunyochilik tomoni ajralib chiqa boshladi. Biroq tez orada Quriyada buddaviylikning shunday 
mazhablari  paydo  bo‘ldiki,  ular  ilk  ta'limotdan  farq  qilar  edilar.  Masalan,  shunday 
mazhablarning  asoschilaridan  biri  bo‘lgan  Von Xyo  (617-687yy.)  mast  qiladigan  ichimlikni 
iste'mol qilishni, qo‘shiq va raqslardan lazzatlanishni ayb hisoblamas edi, u hatto uylandi va 
bu  bilan  tarki  dunyochilikka  nisbatan  muxolifatga  kirdi.  Uning  uchun  haqiqat  va 
Mohayananing ma'nosi rohiblikda emas, balki «dunyo ruhi» ni kasb etishda edi. Agar odam 
ruhining  o‘zi  buzilgan  bo‘lsa,  barcha  nazr  va  niyoz,  o‘zini  tiyish  va  ta'lim-tarbiya 
samarasizdir.  Faylasuf  ruhga  amalan  borliq  maqomini  beradi.  Aynan  ana  shu  ruh  ashyolar 
tartibini  belgilaydi.  Unga  hatto  birinchi  ibtido,  barcha  ashyolarning  yo‘li  va  asosi  bo‘lgan 
«dao» ham olib boradi. 
VII  asrning  boshida  Quriya  yarim  oroliga  daosizm  kirib  keladi.  Tez  orada  daosizmga 
buddaviylik  va  konfutsiychilikning  zaruriy  bo‘lgan  ajralmas  qo‘shimcha  tarkibiy  qismi 
sifatida qaray boshlaydilar. «Uch davlatning tarixiy xotiralar daftari» («Koguryo solnomasi») 
da  qirol  amaldorlaridan  birining  so‘zlari  bilan  daosizmning  to‘g‘ilib  kelayotgan  ta'siriga 
munosabat  ifodalangan:  «…  Uch  diniy  ta'limot  (konfutsiychilik,  buddaviylik  va  daosizm  ) 
qozonning uchta oyog‘iga o‘xshaydi. Ulardan loaqal biri bo‘lmasa, yomon bo‘ladi»
35

 V asrda buddaviylikning va VI - asrda konfutsiychilikning kirib kelishi munosabati bilan 
ularga qarama-qarshi o‘laroq, eski an'anaviy din «kamino-mixi» deb atala boshlandi, so‘zma-
so‘z  aytganda  «kami  yo‘li»,  ya'ni  «mahalliy  xudolar  yo‘li,  yoki  xitoychasiga  «shin-to»; 
keyinchalik esa bu yevropa tillariga «sinto» yoki sintoizm tarzida kirdi. Sintoizm VI - asrning 
o‘rtalarigacha,  ya'ni  buddaviylik  davlat  dini  sifatida  e'lon  qilinguncha,  davlat  dini  edi. 
Sintoistik  tasavvurlarga  ko‘ra,  barcha  mavjud  narsalar  xudolar  tomonidan  yaratilgan.  Shu 
bilan birga yaratilish jarayoni xudolarning o‘zini yaralishi bilan bog‘langan. Dunyoning eng 
                                                 
35
 Иқтибос. Чон Чин Сок, Чон Сон Чхаль ва Ким Чхан Вонларнинг «Қурия фалсафаси тарихи» 
китобининг 1966 йилда Москвада босилган русча таржимасидан олинди. 1-жилд. 38-б. 


qadimgi  holati  tuman  va  qorong‘ilik  bilan  to‘lgan  tubsiz  chuqur  tarzida  ifodalangan. 
Keyinchalik osmonning yerdan ajralishi sodir bo‘lgan. Matnlarda «8 lak-lak» yoki 8 million 
xudolar, ya'ni ruhlar haqida gap boradi. Sintoistik xudolar jamoasining markaziy shaxsi ayol 
xudo Amaterasu bo‘lib, quyoshning ramzi sifatida qabul qilinadi. 
Yapon  imperatorlari  sulolasining  asoschisi  afsonaviy  imperator  Dzimmu  hisoblanib,  u 
ayol  xudo  Amaterasuning  nevarasi  edi.  Ana  shu  yerdan  sintoizmning  asosiy  o‘zagi  bo‘lgan 
imperatorlik  hokimiyatining  ilohiy  kelib  chiqishi  to‘g‘risidagi  aqida  boshlanadi  va  har  bir 
yaponiyalik  imperatorning  muqaddas  irodasi  (mikado,  tenno)
36
  ga  bo‘sunishga  majbur. 
Imperator saroyi va o‘lgan tennolarning maqbarasi muqaddas joylar hisoblanadi. Sintoizmda 
o‘lganlarning  oilaviy  urug‘chilik  diniy  marosimlari  katta  o‘rin  tutadi.  Har  bir  vafot  etgan 
shaxs  kamiga    aylanadi  va  urug‘  boshlig‘i  har  kuni  ibodat  qilib,  qurbonliklar  keltiradi. 
Sintoizmda tabiat kuchlarini ilohiylashtirish va animizm saqlangan. Muqaddas joylar, ayniqsa 
tog‘lrga  sig‘inish  rasm  bo‘lganki,  ular  ichida  Fudziyama  tog‘i  birinchi  o‘rinda  turadi. 
Sintoistik  ibodat  duo  qilish  ifodasi  bo‘lgan  –  «norito»  ni  o‘qishga  va  qurbonlik  (gurunch, 
sabzavotlar,  baliq)  qilishga  olib  keladi.  Ammo  sintoizmda  shamanlik  unsurlari  ham  bor. 
Kohinlar  dinga  e'tiqod  quyuvchilarni  xudolar  bilan  aloqa  boglashlariga  imkon  berish  uchun 
asablarini qo‘zitib yuboradilar. 
Garchi  sintoizmda  uning  asoschisi  yoki  payg‘ambari,  biror-bir  diniy  aqida  imon  sifatida 
va  diniy  axloq  mavjud  bo‘lmasa  ham,  avlodlardan  avlodlarga  muqaddas  yozuv  o‘rnini 
qoplaydigan  xudolar  davri  haqidagi  solnoma  naql  qilinadi.  Shuningdek,  sintoning  alohida 
xususiyati  shundaki,  u  narigi  dunyo  bilan  kam  qiziqadi  va  to‘laligicha  bu  dunyo  hayotiga 
murojaat etadi. Unda yaponlar hayot tarzining tarkibiy unsuri sifatida xulq-atvor, urf-odatlar, 
har xil narsalarga ishonish va alomatlarning bir qator nusxalari saqlanib qolgan. 
Deyarli  2 ming yil ilgari paydo bo‘lgan qadimgi  din  sinto muayyan sharoitlarni hisobga 
olgan holda o‘zgarishlarga duchor bo‘ldi va shaklini o‘zgartirdi. Sinto tarixiy taraqqiyotning 
har  bir  bosqichida,  o‘z  vaqtida  davlat  dini  rolini  o‘ynagan  buddaviylikdan  farqli  o‘laroq, 
yaponlarning yagona azaliy, milliy dini bo‘lib keldi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish