MUNDARIJA
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevralgi PF-5349 son Farmoni yurtimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etib, ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini koʼrsatishga imkon yaratmoqda[1].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqida takidlanishicha mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida har bir yil ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish, yurtimizni ravnaq toptirish boʻyicha yangi-yangi yutuqlar, bilim va tajribalar davri boʻlib qolmoqda. O’z navbatida Prezidentimiz takidlaganlaridek «...biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin...»
1.
Xalqaro loyihalarda ishlab chiqilgan dasturlar va tashkilotlar davlat uchun ish faoliyatini yaxshilaydi va bu masala yangi asrning asosiy vazifasidir. Koʻp millatli korporatsiyalarning qoʻshma korxonalari, yordamchi tashkilotlar va shunga oʻxshash xalqaro loyihalar yaqin yillarda koʻpayib bormoqda. Lekin ushbu loyihalarning hammasini xam muvaffaqiyatli yakunlanmoqda deya olmaymiz. Ishlashni yaxshilashning ikkita sohasi taʼkidlanadi. Birinchidan, xalqaro topshiriqlarni bajaradigan xodimlar uchun malakalarini oshirish va kengaytirishdir. Ikkinchisi loyihani ishlab chiqish va boshqarish uchun tashkiliy imkoniyatlarga, ayniqsa, hamkorlarni tanlash sohalariga qaratilgan; shtab-kvartiraning sadoqati va yordami; aniq va bosqichli maqsad ishlab chiqilishi; loyiha muhitini baholash va boshqarish. Biz “xalqaro loyihalar” deb atalgan narsalar bugungi kunda biznesning, hukumatning va ixtiyoriy sektor tashkilotlarining globallashuvidir. Eng keng tarqalgan umumiy misollar - biznesning xalqaro qoʻshma korxonalari, koʻpmillatli korporatsiyalarning chet el sarmoyadorlari, hukumatlarning rivojlanish va gumanitar loyihalari, rivojlanayotgan mamlakatlardagi xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar va hukumatlararo kooperativ dasturlar (xalqaro maydon, politsiya, va terrorizmga qarshi kurash kuchlari, hatto tinchlikparvar amaliyotlar ham davom etmoqda).
Samarali monitoring loyihalarni boshqarishning muhim elementi hisoblanadi. Loyiha rahbarlari va boshqa manfaatdor tomonlardan istalgan vaqtda kuzatish va nazorat qilishni qoʻllab-quvvatlaydi, natijalarga erishish uchun doimiy oʻrganish va hisobot berish imkoniyatini beradi. Monitoringning umumiy maqsadi aniq boʻlsa-da, katta hajmdagi ishlarni nazorat qilish uchun uning aniqligiga eʼtibor qaratish lozim. Bu sheriklik mulkchilik tamoyillari, mahalliy tizimlar bilan uygʻunlik va rivojlanish natijalari boʻyicha tegishli tarzda qoʻllab-quvvatlanishi kerak. Parij Deklaratsiyasida donorlarning taʼkidlashicha “Davlatlar bilan hamkorlik qilish uchun hamkor davlatlarda iloji boricha ishonchli ish olib borish, hisobot berish va monitoring tizimini yaratish muhim.“.
Erasmus+ Milliy Ofisi yuqorida taʼkidlanganidek bir necha xalqaro loyihalarni tashkil etish amalga oshirilishini nazorat qilmoqda. Bu shuni anglatadiki tashkilot oldida xalqaro loyihalarni monitoring qilish, loyihaning keltirilgan reja asosida bajarilishini taʼminlash, topshiriqlar asosida joʻnatilgan hisobotlarni toʻplash va tahlil qilish masalalari mavjud. Ushbu holatda hisobotlarning belgilangan muhlatgacha, kechiktirilmasdan yetkazilishi, ularning xato va kamchiliklari haqida maʼlumot berish, hisobotlarni umumlashtirib saqlash muhim ahamiyatga egadir.
Loyihalarni monitoring qilish tizimi toʻliq avtomatlashtirilmagan boʻlib maʼlumotlarning umumiyligida muammolar mavjud. Maʼlumotlar toʻplovchi markazlashgan tizim mavjud emas. Bundan tashqari topshiriqlarni belgilangan muhlatdan kechiktirilmasdan bajarilishi va va hisobot joʻnatilish jarayoni xam toʻliq avtomatlashtirilmagan.