Bitiruv ishining maqsadi. Erasmus+ Milliy Ofisi uchun xalqaro loyihalarni monitoring qilish uchun veb platformasiga asoslangan axborot tizimini ishlab chiqish.
Bitiruv ishining vazifalari. Mazkur bitiruv ishi doirasida xalqaro loyihalarni monitoring qilish uchun veb platformasiga asoslangan axborot tizimini ishlab chiqish uchun quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilangan:
O’zbekiston Erasmus+ milliy ofisi vazifalari va xalqaro loyihalarni amalga oshirish jarayonini tahlil qilish;
Loyihalarni amalga oshirishda guruh bo’lib ishlovchi dasturlar imkoniyatlari bilan tanishib chiqish;
Web platformasiga asoslangan Erasmus+ xalqaro loyihalarini monitoring qilish axborot tizimi uchun talablarni ishlab chiqish;
Loyihalarni monitoring qilish tizimi uchun ma’lumotlar bazasi modelini ishlab chiqish;
Erasmus+ xalqaro loyihalarini monitoring qilish uchun “Erasmus+ProjectMonitoring” veb ilovasini ishlab chiqish.
Bunda tizimni ishlab chiqish PHP dasturlash tilining hozirda ommabop hisoblangan va MVC arxitekturasi asosida ishlovchi zamonaviy Yii 2.0 frameworki asosida amalga oshiriladi. da ishlab chiqish taklif etildi. Ushbu frameworkning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda admin oynasi alohida domen bilan ajratib olinadi.
Maʼlumotlar bazasi MySQL texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi. Maʼlumotlar bazasida barcha turdagi maʼlumotlar saqlanishi koʻzda tutilgan. Bunda xar bir loyiha uchun alohida fayllarning guruhlanishi xam koʻzda tutilishi lozim.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalashda esa hozirda keng foydalanib kelinayotgan JQuery va Bootstrap kutubxonalaridan foydalaniladi.
Bitiruv malakaviy ishining boblar bo’yiсha qisqaсha mazmuni: bitiruv malakaviy ishi kirish, 4 ta bob, xulosa va adabiyotlar roʻyхatidan iborat.
Kirish qismida xalqaro loyihalar, bitiruv ishining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va uni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar haqida qisqacha malumotdan iborat.
1 bob axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli sohalarda qo’llanilishi va ko’rsatkichlari, xalqaro loyihalarni boshqarish, O’zbekiston Erasmus+ milliy ofisi vazifalari va xalqaro loyihalar monitoringi, loyihalarni amalga oshirishda “jamoa bo’lib ishlash” platformasi asosida ishlovchi tizimlar tahlili va masalaning qo’yilishidan iborat.
2 bob Veb platformasiga asoslangan Erasmus+ xalqaro loyihalarini monitoring qilish axborot tizimi uchun talablar ishlab chiqish, loyihalarni monitoring qilish tizimi uchun ma’lumotlar bazasi modelini ishlab chiqish va tizimni ishlab chiqishda foydalaniladigan texnologiyalardan tashkil topadi.
3 bobda Erasmus+ xalqaro loyihalarini monitoring qilish axborot tizimini shakillantirish va foydalanish uchun yo’riqnoma ishlab chiqish keltirilgan.
4 bobda mikroiqlimning inson organizmiga taʼsiri , mehnatni sinflash va me’yorlash tamoyillari hamda ekologik xavfning manbalari va okibatlari koʻrib oʻtilgan.
Хulosa qismida bitiruv ishini tayyorlash davomida oʻrganilgan ishlar, bajarilgan rejalar va erishilgan yutuqlar haqida malumot keltirib o’tilgan.
I-BOB. XALQARO LOYIHALARNI MONITORING QILISH VA KUZATISH JARAYONINI OLIB BORISH USULLARI VA TAHLILI
1.1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli sohalarda qo’llanilishi va ko’rsatkichlari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda dasturiy taʼminot hamda apparat taʼminotining uygʻunlashuvini asosida korporativ dasturiy taʼminotlar, qidiruv dasturiy taʼminotlari, maʼlumotlarni yigʻuvchi tizimlarda maʼlumotlarni saqlash, uzatish va manipulyatsiya qilish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari atamasi, shuningdek, audiovizual va telefon tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilishi yoki bogʻlanish tizimi orqali yaqinlashishini anglatadi. Telefon tarmogʻini kompyuter tarmogʻi tizimi bilan birlashtiradigan yagona kabellar, signallarni taqsimlash va boshqarish tizimi yordamida birlashtirish uchun yirik iqtisodiy iqtisodiy imtiyozlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |