Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNING AHAMYATI
Abbasova Anarxon Kurbankulovna
Angren shahar 43-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
I – toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi
.
Tel; +99894-936-70-83
Annotatsiya:
maqolada boshlang’ich ta’lim tizimini rivojlantirish, innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiya vositalari orqali ta’lim
oluvchilarga ta’lim berishda qo’llanilayotgan usul va vositalar haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
boshlang’ich ta’lim, innovatsion texnologiya, zamonaviy ta’lim, ta’lim oluvchi,
innovatsion usul, multimedia vositalari, videodars loyihasi.
Ta’lim tizimini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni qo’llash masalasi davlatimizning
ta’limda hal qilinishi kerak bo’lgan asosiy vazifalaridan biri bo’lib kelmoqda. Bugungi kunda
ta’lim tizimidaumumta’lim maktablaridan boshlab ta’lim sohasini rivojlantirishda bir qator ishlar
amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimining ta’lim oluvchilarga ko’rsatayotgan ta’siri
nihoyatda muhimligini bildirmoqda. Har bir mamlakat o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlani-
hini va kelajagini belgilab borishida intellektual salohiyatga ega bo’lgan kadrlar salmog’i yuqori
o’rinda turadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Mustaqil fikr-laydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi
sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Boshlang’ich ta’lim tizimini
rivojlantirishdagi asosiy tamoyillardan biri ta’lim tuzilishini va mazmunini isloh qilishdir. Buning
uchun yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ta’lim bo’yicha kadrlarning
faoliyatini uyg’unlashtirish, ta’lim innovatsiyalari, ilg’or pedagogik texnologiyalarnita’lim
jarayoniga joriy etish asosiy vazifamizdir. Boshlang’ich ta’limda dastlab o’qituvchi faoliyatini
o’zgartirmay turib, ta’limda bir qadam ham oldinga siljib bo’lmaydi. Chunki o’quvchiga birinchi
bo’lib boshlang’ich bilimlar birinchi o’qituvchisi tomonidan beriladi. O’qituvchi qachonki,
mas’uliyatli, ijodkor va faolligini oshirmas ekan, u ta’lim berayotgan kelajak avlod intellektual
salohiyatga ega bo’la olmaydi. Shuning uchun boshlang’ich ta’limni rivojlantirishda mutaxassislar
faoliyati va yangilikka intilish motivatsiyasini, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirib,
belgilangan maqsadga yo’naltirishimiz lozim.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion jarayonlarni amalga oshirish, bu tizimga yangiliklar kiritish,
o’quv jarayonlarining tuzilishini yangilash, avvaldan mavjud bo’lgan holatdan o’zgargan, farq
qiluvchi ta’limni takomillashtirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash, yaxshi natija beradigan
mexanizmlarni ish lab chiqish va ulardan foydalanish kerak. Tajribadan o’tgan, ketma-ketlikda
qo’llanadigan inno-vatsion texnologiyalar kafolatlangan natijani beradi. Boshlang’ich ta’limni
rivojlantirish, zaruriy darajada-gi natijani olish uchun ta’lim tizimini takomillashtirish,
bajarayotgan funksiyasini ijobiy tomonga yo’naltirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan
foydalanish kerak.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanilganda o’qi-tuvchining mahorati
va ta’lim oluvchining mustaqil ishlash ko’nikmasi shakllanib boradi.Innovatsion texnologiyalardan
boshl ang’ich ta’limda eng ko’p qo’llanila-yotganlari multimedia va videodarslar hisoblanadi.
Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarda shaxsiy individual
xususiyat-lari, o’quv jarayonl arida faolligi, har bir mavzuga ijodiy yondashuvi va axborot bilan
ishlash kompetensiyalarining rivojlanishiga olib keladi. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini
ishlatish haqida ma’lumotga ega bo’lmagan o’qituvchi ta’lim sifatining pasayishiga sababchi
bo’lib qoladi.
Multimedia texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi insonning qabul qilish tizimiga
bog’liq. Interfaol multimedia tizimlari bir vaqtning o’zida quyidagilarni uzatishi mumkin:
- ovoz;
- video;
- animatsiya;
36
Do'stlaringiz bilan baham: |