Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –
Toshkent.: 2018 yil.
2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, - Toshkent.: Ma’naviyat. 2008 yil
3. Xayrullayev M.M. Ma’naviyat yulduzlari. –Toshkent.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashri, 1999 yil.
4. http://ertaklar.uz/uz/sharq-mutafakkirlarining-farzand-tarbiyasi-haqidagi-fikrlari/
5. www.google.uz
32
Август 2020 10-қисм
Тошкент
3-SINFLARDA ONA TILI FANIDAN “SO`Z TURKUMLARI” MAVZUSINING
O`TILISHI
Mahamatova O`g`ilxon Tursinovna
Andijon viloyati Buloqboshi tumani
20-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Tel.+99 612 20 11
Annotasiya:
ushbu maqola orqali so`z turkumlari, ularning tilshunoslikdagi ahamiyati,
mavzuni o`qitilishidagi ayrim muammo va yechimlar tahlilga olingan. Mazkur mavzular yuzasidan
o`quvchini qiziqishlarini orttiradigan metod va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so`zlar:
tilshunoslik,morfologiya, so`z turkumlari, mustaqil so`zlar, yordamchi so`zlar.
umumiy o`rta ta’lim muassalarida ona tili fanini o`qitishning asosiy vazifasi: o`quvchi shaxsini
fikrlashga, o`zgalar fikrini anglashga, o`z fikrini og`zaki va yozma shaklda savodli bayon qila
olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish hamda o`quvchilarda grammatikaga
oid bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish, ona tilining keng imkoniyatlaridan samarali
foydalanishni o`rgatishdan iboratdir.
Tilshunoslikning bir qancha bo`limlari mavjud bo`lib, ular o`zaro bog`liqdir, bir-birini to`ldiradi,
biri ikkinchisisiz o`rganilmaydi. 3-sinflarda so`z turkumlari mavzusini o`tish 63 soatga berilgan
bo`lib,ot, sifat, son, fe`l so`z turkumlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Morfologiya tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda so`z turkumlari o`rganiladi.O`zbek tilida
so`z turkumlari 3 ga bo`linadi:
1. Mustaqil so`z turkumlari (ot,sifat,son,olmosh,ravish,fe`l)
2. Yordamchi so`z turkumlari (bog`lovchi,ko`makchi,yuklama)
3. Alohida so`z turkumlari (undov,taqlid,modal)
Birinchi navbatda, o`quvchilarga so`zlarni turkumlarga ajratishda nimalarga e`tibor berish
kerakligi haqida ma’lumot berish maqsadga muvofiq.
201-mashq.O`qing.Avval shaxs-narsani, keyin belgini so`ngra sanoqni va undan keyin harakatni
bildirgan so`zlarni yozing. Ularga so`roq bering.
Qish. Qor yog`yapti. Kun sovuq. Keng dalalar, mevazor bog`lar, baland tog`lar oq choyshabga
o`ralgandek ko`rinadi.Ikki bola maza qilib chana uchayapti. Uch-to`rtta bola qordan katta Qorbobo
yasashyapti. [2.-b.72]
Shaxsni bildirgan so`zlar: qish, kun, dalalar, mevazor, bog`lar, tog`lar, choyshab, bola.
(Kim?,nima?,qayer?)
Belgini bildirgan so`zlar: sovuq, keng, baland, oq,maza, katta.(Qanday?,qanaqa?)
Sanoqni bildirgan so`zlar: ikki, uch-to`rtta(Nechta?,qancha?)
Harkatni bildirgan so`zlar: yog`yapti,ko`rinadi, uchyapti, yasashyapti. (Nima qilyapti?,nima qi
ladi?)
Mazkur sinfda mustaqil so’z turkumlari—ot,sifat,son,fe’l haqida ma’lumotlar berilgan.
Demak,shaxs va narsani bildirgan so’zlar –ot,belgini bildirgan so’zlar-sifat,sanoqi bildirgan
so’zlar-son,harakatni bildirgan so’zlar-fe’l deyilishi o’quvchilarga tushuntirladi.bu so’zlarni savol
berib aniqlash mumkinligi aytib o’tiladi.
Mustaqil so’z turkumlariga xos 3 xususiyat o’quvchilar ongiga singdiriladi:
1. Atash ma’nosiga ega.
2. Mustaqil so’roqqa javob bo’ladi.
3. Gapda gap bo’lagi vazifasida kela oladi.
202-mashq.O’qing.So’roqlar yordamida ot,sifat,son,fe’llarni aniqlab,jadvalni to’ldiring.
Ot.Kim ?-Ishchi,dehqon;
Nima?-nur;
Qayer?-yaylov.
Sifat.Qanday?,qanaqa?-oq,chiroyli,ishchan,quvnoq,katta.
Son.Nechta?,qancha?-beshta,to’qson,o’n ikki,yuzta;
Nechanchi?-yettinchi.
Fe’l. Nima qildi?-so’zladi;r
33
Do'stlaringiz bilan baham: |