Kalit so`zlar:
Ta`lim sifati, pedagogik texnologiya, interfaol metodlar, “Aqli hujum”, “klaster”,
“Yillar ketma-ketligi”
Hozirgi vaqtda ta`lim jarayonida o`qitishning zamonaviy metodlari keng qo`llanilmoqda.
O`qitishning zamonoviy metodlarini qo`llash o`qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga
olib keladi.Ta`lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash
maqsadga muvofiq sanaladi. Pedagogik texnologiya – oldindan loyihalashtirilgan pedagogik
jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga
qaratilgan pedagogning uzluksiz o`zaro bog`langan harakatlari tizimidir. [1-b.264]
An`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta`lim oluvchilar faoliyatini
faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta`lim oluvchilarning o`zlashtirish darajasini
ko`tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilinishini, ta`lim beruvchi
tomonidan ta`lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil
rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik-kichik bo`laklarga bo`lib ularning mazmunini
ochishda aqliy hujum,kichik guruhlarda ishlash,bahs-munozara,muammoli vaziyat, yo`naltiruvchi
matn, loyiha, rolli o`yinlar kabi metodlarni qo`llash va ta`lim oluvchilarni amaliy mashqlarni
mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Tarix fanini o`qitishda quyidagi interfaol metodlardan foydalaniladi.
Aqliy hujum
klaster
Yillar ketma-ketligi
Davlatlarni tarixini bir-biriga solishtirish bilan olingan bilimlarni mustahkamlab borish mumkin.
Bu metodlarni qo`llash orqali o`quvchilarning fikri o`sadi, dunyoqarashi kengayadi.
Interfaol metodlar ta`lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi,ta`lim
jarayonining markazida ta`lim oluvchi bo`lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo`llanilganda
ta`lim beruvchi ta`lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi .Ta`lim oluvchi butun jarayon
davomida ishtirok etadi. “Klaster” tarmoqlash metodi o`quvchining bir tushuncha doirasida
turli xil qarashlarini aks ettiradi.o`quvchi bunda, nafaqat o`zi, balki o`zgalar fikrini ham
kuzatadi,tinglaydi,bevosita fikr bildiradi.
“Aqliy hujum”—yangi bilimlarni shakllantiruvchi, o`quvchini BkM larini sinovchi va
oshiruvchi interfaol uslublardan hisoblanadi. U Breynstorming deb ham nomlanadi. O`quvchilar
bu usullar orqali yangi va o`tilgan mavzu yuzasidan olgan bilim, ko`nikma, malakalarini tahlil
qiladi, o`z-o`zini baholaydi. Natijada mavzu va borliq, hayot haqidagi qarashlari kengayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1. R.Ishmuhamedov, M.Yo`ldashev. “Ta`lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologi
-
yalar”-T.:2016
2. J.G.Yo`ldoshev, S.A.Usmonov. “Pedaogik texnologiya asoslari”-t.:2001
35
Do'stlaringiz bilan baham: |