4. Aylanma aktivlar rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi.
Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida
aniqlanadi. sof foyda
R= 100 %. aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
5. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona mulkining
foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
sof foyda
R= 100 %. korxona mulki jami
6. O‘z mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning
o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Korxona sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi. sof foyda
R= 100 %. korxona o‘zlik mablag‘lari
7. Qarz mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona sof
foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda summasini ifodalaydi. sof foyda
R= 100 %. qarz mablag‘lari jami
8. Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va
moddiy aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida
aniqlanadi. U har bir so‘mlik asosiy va aylanma mablag‘iga to‘g‘ri
keladigan foyda summasini xarakterlaydi.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan
xo‘jalik subyektida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan aksariyat
rentabellik turlari bo‘yicha pasayish kuzatilgan. Bu korxonaning
samaradorligi pasayib borayotganligidan hamda uning moliyaviy holati
yomonlashayotganligidan dalolatdir. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, joriy
yilda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum miqdori
+1587868 ming so‘mga ortgan bo‘lsada, bunga mos ravishda
mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi ham, boshqa turdagi aktivlar
ham o‘sgan. Sof foyda miqdori esa o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming
so‘mga kamaygan. Natijada aksariyat rentabellik ko‘rsatkichlarida398
Daromadlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning
konseptual asosiga va «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMSda belgilanishicha, hisobot davri mobaynida
aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarining qisqarishi ko‘rinishida
iqtisodiy foydaning ko‘payishidir, ular o‘z kapitalining ko‘payishiga
olib keladi (bundan o‘z kapitali egalari tomonidan qo‘yilmalar bilan
bog‘liq ko‘payishlar mustasno).
Daromadlar turli aktivlarning ko‘payishi ko‘rinishida yuzaga keladi;
bular nafaqat pul mablag‘lari, balki realizatsiya qilinayotgan tovarlar va
xizmatlarning o‘rniga olingan tovarlar va xizmatlar ham bo‘lishi
mumkin, agar tovarlar va xizmatlar haqi xaridor tomonidan to‘liq
to‘lanmagan bo‘lsa, bunday hollarda, debitorlik qarzlari ham bo‘lishi
mumkin. Daromadlar, shuningdek, majburiyatlarni kamaytirish ko‘rinishida olinishi mumkin, bu esa korxonaning kapitaliga aktivlarning
ko‘payishi kabi ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonaning daromadlari va xarajatlari
hisobi, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ulardan foydalanish
hisobvaraqlar rejasining so‘nggi, to‘qqizinchi bo‘limida, 9000-9900-son
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlardir, hisobot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92-hisobvaraq mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910-hisobvaraq bilan
yopiladi, uning saldosi keyin 8710-«Hisobot davrining taqsimlangan
foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Buxgalteriya
hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma’lumotlariga e’tibor qaratilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |