ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ
Молия ва бухгалтеря хисоби факултети
|
|
_____________________________________________кафедраси
|
Рўйҳатга олинди № __________
|
|
Рўйҳатга олинди № __________
|
“______” ___________2022 й.
|
|
“______” ___________2022 й.
|
“Аудит” фанидан
КУРС ИШИ
Мавзу: Асосий воситалар аудити
Бажарди: BR-75 Исатов А.У.
Текширди:_________________________________
Курс иши тақризга топширилган сана
“____” _______2022 й.
|
|
Курс иши тақриздан қайтарилган сана
“____” _______2022 й.
|
Курс иши ҳимоя қилинган сана
“____” _______2022 й.
Баҳо “_____” _________
|
___________
(имзо)
___________
(имзо)
___________
(имзо)
|
Комиссия аъзолари:
__________________
__________________
__________________
|
Mundarija:
Kirish........................................................................................................................3
1. Asosiy vositalarning auditi…………………………………………….............5
2. Asosiy vositalarni audit qilish manbalari va vazifalari……………………..10
3. Asosiy vositalarning kirim qilinishi va chiqib ketishi hisobining auditi…...22
4.Asosiy vositalarni qayta ro’yxat qilish va ularni qayta baholashning auditi.43
Xulosa…………………………………………………………………………….45
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….46
Kirish.
Asosiy vositalarning auditi ularning qoldiklarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari orkali anikdashdan boshlanadi. Uzoq muddatli aktivlar tarkibiga kiruvchi asosiy vositalar buxgalteriya balansining aktiv qismi, birinchi «Uzoq muddatli aktivlar» bo’limida ifodalangan (010 satr). Auditor balansidagi asosyy vositalarning xisobot davri boshidagi va oxiridagi qoldikdarini tekshirib ko’radi. Ushbu ma’lumotlarni oborot vedomostlari va bosh kitob qoldiklari bilan o’zaro solishtiradi. Korxonaning asosiy vositalari buxgalteriya xisobining 5-sonli — «Asosiy vositalar» milliy standartiga xamda «Schyotlar rejasi»ga asosan 0100 — «Asosiy vositalarni xisobga olib boruvchi schyotlar» hamda 0310 — «Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar xisobi schyotlari»da olib boriladi. Ushbu schyotlar asosiy vositalarning turlari bo’yicha yuritiladi. qiska muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar esa 001—«Ijaraga olingan asosiy vositalar» nomli balansdan tashkari schyotda hisobga olib boriladi.
Auditor asosiy vositalarning buxgalteriya xisobidagi qoldiklarini ularning qoldig’i bilan solishtiradi. Buning uchun asosiy vositalar qabul qilingan tartib bo’yicha inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya natijasiga ko’ra asosiy vositalarning qakiqiy qoldig’i ma’lum bo’ladi. Ushbu jarayon amalga oshirilgandan so’ng asosiy vositalarning xarakati, ya’ni ko’payishi va kamayishi (qisobdan chiqarilishi) audit qilinadi.
Asosiy vositalar ko’payishini audit qilishda kirim hujjatlari bo’yicha asosiy vositalarning to’g’ri baxolanishiga, buxgalteriya qisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilishiga e’tibor beriladi. Asosiy vositalar ta’sischilardan, xomiylardan va boshqa shaxslardan tekinga ham olingan bo’lishi mumkin. Auditor ushbu operatsiyalarni qabul qilish xujjatlariga, moddiy javobgar shaxslarning xisobotlariga va buxgalteriya yozuvlariga asosan tekshiradi.
Auditor asosiy vositalarning xisobdan chikarilishi va tugatilishi bilan bog’liq operatsiyalarga e’tiborini karatishi kerak. Asosiy vositalar to’liq eskirgan, o’z foydalanish muddatini to’liq o’tagandan keyingina hisobdan chikarilishi lozim. Ayrim xollarda ro’zg’orbop asosiy vositalar - muzlatkichlar, video, teleapparaturalar, engil avtomashinalar foydalanish muddatidan oldin xisobdan chikarilib yuborilishi mumkin. Bunday operatsiyalarni auditor asosiy vositalarning xolatini va eskirishini aks ettiruvchi xujjatlar hamda ularning pasporti orkali tekshiradi. Audit jarayonida ijaraga berilgan asosiy vositalarning xolati va maqsadliligiga aloxida e’tibor berishi kerak asosiy vositalarni audit kilishda ularni buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilishini tekshirish muxim hisoblanadi. Auditor 0100 — «Asosiy vositalarni hisobga olib boruvchi schyotlar» (0310 — «Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar») bilan bog’liq bo’lgan buxgalteriya xisobi yozuvlarini obdan tekshiradi. Asosiy vositalarning ko’payishi ularning turlari bo’yicha 0110 - «Er», 0120 Binolar, inshootlar va uzatuvchi uskunalar», 0130 - «Mashinalar va jihozlar» va boshka schyotlarning debet tomonida ask ettirilgan bo’ladi. Auditor ushbu schyotlardagi yozuvlarni 0810, 0310, 4710, 8511,8531, 6110 va boshqa schyotlarining kreditidagi yozuvlar bilan o’zaro solishtirish yo’li bilan tekshirib chiqadi. Asosiy vositalarning ko’payganligi to’g’risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda (qabul qilish dalolatnomalari. schyot-fakturalar, nakladnoylar, vedomostlarda) o’z aksini topgan bo’ladi. Asosiy vositalarning kamayishi esa 0100 — «Asosiy vositalarni hisobga olib boruvchi schyotlar»ning kreditida ko’rsatilib ushbu ma’lumotlar 9210 — «Asosiy vostilarning sotilishi va turli chiqimi» hamda 4110, 9310, 0200, 8531, 5110, 5200 va boshqa schyotlardagi ma’lumotlar bilan o’zaro taqqoslash yo’li bilan audit qilinadi. Asosiy vositalarning eskirishi 0200 - «Asosiy vositalarning eskirishini xisobga olib boruvchi schyotlar» schyotidagi yozuvlar orqali tekshiriladi. Hozirgi paytda korxonalar asosiy vositalar amortizatsiyasining ajratmasi usulini o’zlari mustakil ravishda belgilaydilar va «Hisob siyosati»da aks ettiradilar. Amortizatsiya ajratmalari kuyidagi to’rt usulning birida aniqlangan bo’lishi mumkin:
- to’gri hisoblash usuli orqali;
- korrektsiya usuli orqali;
- tezlashtirilgan usulda;
- bajarilgan ish (ishlab chiqarilgan maqsulot) hajmiga nisbatan mutanosib ravishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |