Аудит” фанидан курс иши


Davr xarajatlari deyilganda



Download 62,14 Kb.
bet8/16
Sana23.07.2022
Hajmi62,14 Kb.
#841879
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
audit Arslan (3)

Davr xarajatlari deyilganda – bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi.
Davr xarajatlari tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xo‘jalik sarflari kiritiladi.
Ularni yuzaga chiqish shakli va o‘rniga qarab
quyidagilarga ajratish mumkin.

- sotish xarajatlari;
- ma’muriy xarajatlar;
- boshqa umumxo‘jalik xarajatlari.
Sotish xarajatlari «Mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)lar
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalar
382
ning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq to‘g‘ridan
to‘g‘ri korxona faoliyati natijaviyligi bilan bog‘lanishi tartiblangan.
Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib
jo‘natish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Sotish xarajatlarini ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar,
material xarajatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari
bo‘yicha tarkiblash va tahlil etish mumkin.
Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob
foydasidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi
salmog‘i sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqaruv apparatining xizmat xarajatlaridir.
Boshqa umumxo‘jalik xarajatlari qatoriga yuqoridagi tarkibga
kiritilmagan xarajatlar – ishlab chiqarishni takomillashtirish, o‘zlashtirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi.
Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar
va yo‘qotishlar tahlili

Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar qatoriga korxonaning
asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot ishlab chiqarish va
sotishdan tashqari faoliyatidan olinadigan daromadlar kiritiladi. Ular
bo‘yicha xarajatlar va daromadlar qatori alohida tarkiblangan holda
umumiy summada moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tushiriladi.
Operatsion daromadlar va xarajatlar o‘zining sof qiymati bo‘yicha ham
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tushirilishi belgilangan.
Bunda operatsion jarayonlardan olingan daromadlar ular bo‘yicha
xarajatlar qiymatiga farqlangan holda hisobotga foyda yoki zarar
qatoriga tushiriladi.
Boshqa sotishlar bo‘yicha Respublika Soliq kodeksiga muvofiq alohida soliqlar to‘lovi qo‘llaniladi, shuningdek, mahsulot (ish va
xizmat)larni sotishga soliqlar daromad yoki tushumlarning bu qatori
bo‘yicha ham amal qiladi. Boshqa sotishlardan sof tushum summasi ham
mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumni aniqlashdagi kabi
uslubiy bog‘lanishga ega.
Operatsion jarayonlardan daromadlar qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin. Korxonada ortiqcha sanalgan yoki foydalanilmayotgan asosiy
vositalarni sotishdan olingan natija, ularni hisobdan chiqarishdan
olingan natija, nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish va sotishdan
olingan natija, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha natija, uzoq muddatli
ishlatishga olingan, lizing qo‘llovidan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarni
sotishdan olingan daromadlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni
sotishdan olingan daromadlar, material va xomashyolarni sotishdan
olingan daromadlar, valuta mablag‘larini sotishdan olingan daromadlar,
ular bo‘yicha sarflar va yo‘qotishlarni o‘z ichiga oladi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada
joriy yilda jami 106824 ming so‘mlik operatsion faoliyatdan foyda ko‘-
rilgan bo‘lsa, 189652 ming so‘mlik zarar ko‘rilgan. O‘tgan yilga nisbatan korxonaning operatsion faoliyatidan ko‘rgan foydasi 8187 ming
so‘mga, zarari esa 11398 ming so‘mga o‘sgan. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, operatsion faoliyatdan ko‘rilgan foydaning asosini asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va sotish, xorijiy valutalarni sotish, materiallarni
sotishdan bo‘lgan foyda tashkil etgan. Operatsion faoliyatdan ko‘rilgan
zararlarning asosiy qismini esa asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va
sotish hisobiga, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotish hisobiga
bo‘lgan. Qimmatli qog‘ozlar sotishdan olingan zarar summasi esa
hisobot yilida bir qadar kamayishiga erishilgan. Yuqoridagi korxona ma’lumotlarini tahlil etish bilan bir qatorda mazkur korxona bilan hamkorlik qiluvchi boshqa bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidagi moliyaviy natijalarini tahlil qilib chiqamiz.
Foydaning shakllanishida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining
natijasi salmoqli o‘rinni egallaydi.
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaga bir necha omillar ta’sir etadi.
Omillar ta’sirini hisoblashdan oldin analitik jadval orqali sotishdan
kelgan sof tushumda sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi,
sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, operatsion xarajatlar va asosiy
faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromadlarning hisobot
davri va o‘tgan yillardagi tutgan ulushlari aniqlanadi. So‘ngra asosiy
faoliyatdan ko‘rilgan foydani sof tushumga bo‘lish orqali rentabellik
darajasi, ya’ni tushumning har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori
aniqlanadi. Aniqlangan ko‘rsatkich ishtirokida har bir omilning foydaga
bo‘lgan ta’siri hisoblab topiladi. Yuqoridagi korxona ma’lumotlarini tahlil etish bilan bir qatorda mazkur korxona bilan hamkorlik qiluvchi boshqa bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidagi moliyaviy natijalarini tahlil qilib
chiqamiz.
Foydaning shakllanishida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining
natijasi salmoqli o‘rinni egallaydi.
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaga bir necha omillar ta’sir etadi.
Omillar ta’sirini hisoblashdan oldin analitik jadval orqali sotishdan
kelgan sof tushumda sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi,
sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, operatsion xarajatlar va asosiy
faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromadlarning hisobot
davri va o‘tgan yillardagi tutgan ulushlari aniqlanadi. So‘ngra asosiy
faoliyatdan ko‘rilgan foydani sof tushumga bo‘lish orqali rentabellik
darajasi, ya’ni tushumning har so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori
aniqlanadi. Aniqlangan ko‘rsatkich ishtirokida har bir omilning foydaga
bo‘lgan ta’siri hisoblab topiladi.

Download 62,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish