Korxona hisob foydasi (soliq to‘loviga
qadar foyda) tahlili Korxona hisob foydasi va uning tarkibiga kiritiladigan qatorlar
to‘g‘risida yuqorida kengroq to‘xtalgan edik. Korxona hisob foydasi
asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan natija, moliyaviy
faoliyatdan natija, favqulodda faoliyatdan yoki holatlardan natijasi
jamlangan holda joriy davr bo‘yicha korxonaning hisob foydasi
aniqlanadi. Korxona hisob foydasi davlatning va axborot foydalanuvchilarining e’tibor shartidagi asosiy qator hisoblanadi. Daromad va
xarajatlar ularning yuzaga chiqish vaqti va o‘rni bo‘yicha yuritilgan
holda yakuniy natija ushbu qoida asosida tuziladi.
Korxona hisob foydasi yoki soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda
(zarar) summasidan foyda (daromad) solig‘i va foydadan boshqa
soliqlar, to‘lovlar va ajratmalarni chegirish asosida korxonaning joriy
davr bo‘yicha sof foyda (zarar) summasi aniqlanadi. Respublikamiz
soliq qonunchiligiga muvofiq barcha xo‘jalik hisobidagi korxonalar
foyda (daromad) solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi va ularning ayrim
guruhi bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik imtiyozlar belgilangan.
Boshqa soliqli to‘lovlar qatoriga respublika va mahalliy budjetga
tushadigan ayrim tur soliqlar kiritiladi. Yagona soliq to‘loviga o‘tgan
korxonalarda ushbu soliq turi olingan daromaddan qat’iy stavkalarda
hisoblanadi va to‘lanadi.

hisoblanadi va to‘lanadi.Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, tahlil qilinayotgan xo‘jalik subyektining hisobot davridagi sof foyda hajmi o‘tgan
yilga nisbatan 4843 ming so‘mga kamaygan. Uning o‘zgarishiga har
bitta ko‘rsatkichning ta’sirini farq qatoriga qarab baholash mumkin. Sof
foydaning kamayishiga asosan davr xarajatlarining keskin oshib
ketganligi hamda foydadan to‘langan soliq summasining o‘tgan yilga
nisbatan deyarli ikki marta ko‘payganligi sabab bo‘lgan. Masalan,
mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda summasining o‘tgan yilga nisbatan 349154 ming so‘mga o‘sishi sof foyda
summasining shuncha o‘zgarishiga olib kelgan. Davr xarajatlari, asosiy
faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan zararlar summasining,
favqulodda zararlar summasining, foydadan soliqlar summasining
o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi natijasida korxona sof foydasi o‘tgan
yilga nisbatan 371618 ming so‘mga kamaygan.Barcha omillar ta’sirida sof foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming so‘mga kamaygan, demak, korxonada foydani o‘stirish yuzasidan 371618 ming so‘mlik ichki rezerv mavjud deyish mumkin.
Agar korxona ushbu qatorlar bo‘yicha o‘zining oldingi yil
ko‘rsatkichlarini saqlaganda edi yana qo‘shimcha tarzda shuncha foyda
olishi mumkin edi.Barcha omillar ta’sirida sof foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan
4843 ming so‘mga kamaygan, demak, korxonada foydani o‘stirish
yuzasidan 371618 ming so‘mlik ichki rezerv mavjud deyish mumkin.
Agar korxona ushbu qatorlar bo‘yicha o‘zining oldingi yil
ko‘rsatkichlarini saqlaganda edi yana qo‘shimcha tarzda shuncha foyda
olishi mumkin edi.395 sotishdan olingan foyda R= 100 %.
sotishdan olingan tushum summasi