Atom-emission va atom-absorbsion spektrometriya Atom spektroskopik analiz usullari



Download 1,12 Mb.
bet7/21
Sana26.05.2023
Hajmi1,12 Mb.
#944254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
2-mavzu Atom-emission va atom-absorbsion spektrometriya

Fonning nurlanishi va yutilishi. Atomizatorda erkin atomlar bilan birga ko’p atomli zarrachalar – molekulalar, erkin radikallar ham bo’ladi. Yuqori temperaturalarda ular xuddi atomlar kabi qo’zg’alishi va optik sohada nur chiqarishi mumkin. Bu nurlanish (shuningdek atomizatorda bo’lishi mumkin bo’lgan qizdirilgan makroskopik zarrachalarning nurlari) fon deyiladi. Xususan, ko’mir elektrodli yoy yoki uchqun atomizatorlari ishlatilganda, spektrning 360 – 460 nm sohasida CN molekulaning intensiv fon nurlanishi paydo bo’ladi. Xalaqit beruvchi intensiv fon nurlanishi paydo bo’lganda, analitik maqsadlar uchun spektrning tegishli sohasini ishlatish mumkin emas. Agar fonning nurlanishi uncha katta bo’lmasa, uning ta’sirini bartaraf etish mumkin. Buning uchun fon nurlanishining intensivligini, o’rganilayotgan spektr chiziqqa yaqin bo’lgan to’lqin uzunligida o’lchab uning qiymatini spektr chiziq intensivligidan ayirish kerak.

Qo’zg’atilgan atomlar chiqarayotgan nurlanishning bir qismini fon tomonidan yutilishi ham, xalaqit beruvchi ta’sir ko’rsatadi (chiqarilgan


nurlarning xuddi shunday qo’zg’almagan atomlar tomonidan yutish hodisasi bilan taqqoslang).


Atom spektr chiziqlarining ustma-ust tushishi (bir-birini qoplashi). Har bir elementning chiqarish spektri, qo’zg’algan holatlardan energiyasi kam bo’lgan holatlarga o’tishlar natijasida hosil bo’lgan ko’p sonli chiziqlardan iborat bo’ladi. Bunday chiziqlarning soni bir necha ming bo’lishi mumkin (masalan, temir va uran uchun). Shuning uchun, AES da turli elementlar spektr chiziqlarining bir-birining ustiga tushish, ya’ni o’zaro qoplash ehtimoli yetarli darajada katta. Bunday hollarda analiz uchun bir-birini qoplamaydigan chiziqlarni ishlatish zarur.

Temperaturani ko’targanda atom emission spektrlar murakkablashadi, chunki ularda yuqori qo’zg’algan holatlardan o’tishlar bilan bog’liq bo’lgan yangi chiziqlar, shuningdek qo’zg’algan ionlarning chiziqlari paydo bo’ladi. Yuqori temperaturalarda (uchqun, IBP) olingan spektrlarni talqin qilishni ko’pincha kompyuter usullari bilan o’tkazish zarur.


Metrologik nuqtai nazardan ko’pchilik spektral xalaqitlar, masalan spektr chiziqlarining ustma-ust tushishi additiv xarakterga ega, ya’ni umumiy analitik signal aniqlanuvchi va begona komponentlarning signallari qo’shgan ulushlarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Miqdoriy analizda darajalash usulini tanlashda bunday holni hisobga olish zarur.





Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish