Dopler hodisasi hisobiga spektr chizig’ining kengayishi. Yorug’lik manbai kuzatuvchiga (qabul qiluvchi asbobga) qarab
harakat qilganda nurlanish chastotasi ko’payadi, kuzatuvchidan uzoqlashganda esa, kamayadi. Bu hodisa Dopler effekti nomi bilan ma’lum. Nur chiqarayotgan yoki yutayotgan zarrachalar issiqlik energiyasiga ega bo’lganligi uchun nur qabul qilgichga nisbatan hamma yo’nalishda tartibsiz harakat qilishadi. Bu hodisa spektr chiziqlarining kengayishiga olib keladi. Kengayish T ga proporsional bo’ladi, bu yerda T obyektning absolyut temperaturasi. Xona temperaturasida dopler effekti hisobiga kengayishning kattaligi taqriban 10-3 nm tartibida bo’ladi.
To’qnashish hisobiga bo’ladigan kengayish (Lorens kengayishi). Qo’zg’algan holatdagi atom va molekulalarning xuddi shunday yoki asosiy holatdagi boshqa zarrachalar bilan to’qnashishi ularning energiyasini ozroq o’zgarishiga va buning natijasi o’laroq spektr chiziqlarining kengayishiga sabab bo’ladi. Qattiq va suyuq moddalarda bu kengayishning tartibi 10-2 nm atrofida bo’ladi.
Zeyeman va Shtark effektlarini ham hisobga oluvchi kengayishning boshqa turlarini roli ko’pchilik spektral usullarda yanayam kamdir. Bu effektlarning hammasi birgalikda atom spektrlari chiziqlarini 0,001 nm darajasida kengaytiradi.
Ultrabinafsha va ko’zga ko’rinuvchi sohalarga to’g’ri keluvchi elektron yutilish va chiqarish spektrlarining chiziqlari bulardan tashqari boshqa sabablarga ko’ra ham kengayadi.
Moddalarni atomlash usullari
Atom-emissiya spektroskopiyasida ishlatiladigan atomlash va
qo’zg’atish manbalarining asosiy turlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
2.1. Jadval. Atom-emissiya spektroskopiyasida ishlatiladigan atomlash manbalalarining asosiy turlari
-
Atomlash manbaining
|
T, 0C
|
namunaning
|
Cmin , mass.
|
sr
|
turi
|
|
xolati
|
%
|
alanga
|
1500–3000
|
Eritma
|
10-7–10-2
|
0,01–0,05
|
elektr yoyi
|
3000–7000
|
10-4–10-2
|
0,1–0,2
|
Qattiq
|
elektr uchquni
|
10000–12000
|
Qattiq
|
10-3–10-1
|
0,05–0,1
|
induktiv
|
|
|
|
|
bog’langan plazma
|
6000–10000
|
Eritma
|
10-8–10-2
|
0,01–0,05
|
|
|
Alanga. AES da ishlatiladigan temperaturasi eng past bo’lgan atomlash va qo’zg’atish manbai hisoblanadi. Yonuvchi aralashmaning tarkibiga qarab alanganing temperaturasi 1500 dan (yorituvchi gaz va havo aralashmasi) to 3000 0S gacha boradi (asetilen – N2O). Atomlash va qo’zg’atish oson bo’lgan elementlar uchun birinchi navbatda, ishqoriy va ishqoriy-yer metallari (Ca, Sr, Ba) uchun bunday temperaturalar eng samarali natija beradi. Alanga fotometriya usuli bular uchun eng sezgir usullardan biridir (aniqlash chegarasi 10-7 % mass. gacha). Ko’pchilik boshqa elementlar uchun aniqlash chegarasi bir necha tartib pastdir.
Atomlash manbai sifatida alanganing muhim ustunligi uning turg’unligidadir va shunga ko’ra o’lchash natijalari yaxshi takrorlanadi (
sr 0,01 0,05 ).
Do'stlaringiz bilan baham: |