Nafrat, seni ko‘mgani kelganlarga!
Vatanga muhabbat tuyg‘usi, uning taqdiriga mas'ullik hissi, da'vatkor ruh, hayqiriq ohangi shu tarzda asarning boshidan oxirigacha o‘tgan edi. Shoir insonlar
emas shayton qo‘shinlar ustiga kelishidan ham cho‘chimaydi. Oyog‘iga zanjirlar emas, jahannam ilonlari sorilishi ham uni zarracha xavotirga solmaydi. Bu ham mayli, hatto dunyoning baryacha ballari boshiga to‘kilishi ham uni qo‘rqita olmaydi. Ko‘zlariga zulm tig‘ining temir tikanlari kirishi ham uni o‘z oldiga qo‘yilgan ulug‘ maqsaddan qaytara olmaydi. Vatanni istibdod changalidan qutqarish uchun u har qanday qiynchilikka tayyor. Bu she'r zamirida Vatan muhabbati turishi bilan birga mustabid Rossiya timsoli ham anglashiladi. Uning adolatsiz siyosati, haqsizligi bois bu muqaddas makon ana shunday ayanchli ahvolga tushgani ta'sirchan lavhalar orqali tasvirlanadi.
Yurtni mo‘g‘ullar bosqinidan qutqarib qolgan Sohibqiron Amir Temur – ozodlik timsoli. “Temur oldida” she'rida sag‘anasi poyida turib «ezilgan tani»,
«qisilgan vijdoni», «kuygan qoni», «o‘rtangan joni» uchun davo izlaydi,
«Arslonlar arsloni»dan fotiha tilaydi. «Turonning eski sharaf va ulug‘ligini qaytarmoq»qa ont ichadi.
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?! Nomusmi vijdon bila iymonmi kerakdir?!
Temur bila Chingiz qoni toshdi tomrimizdin, Aytgil, seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?! Yov suqg‘ali kelgach qilichini yuragingga, Tush oldiga, ol ko‘ksumi – qalqonmi kerakdir?! Boq, boq, mana turk tengizi toshqun qila qoldi, Turon yovini quvg‘ali to‘fonmu kerakdur?!
Turon, yigiting, barchaga boq, qalqdi oyoqg‘a, Yurtda qorovul qo‘yg‘ali arslonmu kerakdir?!
Fitrat ta'biricha, tomirlarida Amir Temur singari yovqur bobolar qoni oqqan, ajdodlari dunyoga hukmini o‘tkazib kelgan millat hech qachon xor bo‘lmaydi. Turkiy millat dengizi toshqin qilishi, o‘g‘lonlari, zarur bo‘lsa, Turon yovini quvgali to‘fon maqomiga yetishi, ona yurtni qo‘riqlash uchun arslon bo‘la olishi buning isbotidir. Bu misralardagi pafos yurt farzandlari qalbida ozodlikka bo‘lgan
intilish tuyg‘usini kuchaytirishga, ular ko‘nglida shijoat hosil qilishga xizmat qilgani ayon.
“Yurt qayg‘usi” turkumidagi yana bir mansurasida shoir quyidagicha xitob
qiladi:
“Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir?
Nechuk kunlarga qolding?
Ey Chingizlarning, Temurlarning, O‘g‘uzlarning, Otillalarning shonli beshiklari! Qani u chiqdig‘ing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlariga nedan tushding?
Dunyoni “urho”lari bilan titratkan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? yer tuprog‘ini ko‘klarga uchuraturg‘an tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur?...
Dunyo xalqini bo‘ysundirgan saltanatlaring nechun buzildi? Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan xoqonlig‘ning nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?”
Shoir arslonlar o‘lkasi deya shuhrat topgan, hukmini jahonga o‘tkazgan buyuk sarkardalar vatani bo‘lgan, dunyoni “urho”lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalar beshigi – Turonning istibdod iskanjasiga tushganidan iztirob chekadi, faryod qiladi. Ona-yurtning tarixdagi sha'ni-shavkatini yodga olib, ana shu shuhratli o‘tmishdan ibratlanish zarurligini uqtiradi.
Professor Nurboy Jabborov fikricha: “Mansura – nasrdagi she'r. Barkamol avlod nazmi qat'iy qoliplar, muayyan talab va mezonlarga asoslanadi. Shu bois shoir an'anaviy she'riy janrlarga sig‘magan fikrlarini mansuralar orqali taqdim etgan. “Yurt qayg‘usi (Temur oldinda)” deb nomlangan mansura ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Mansura yurt taqdiriga kuyingan, uning istiqboli, istiqloli orzusida yongan shoir qalbidan kechgan iztiroblar talqini bilan boshlanadi”9.
“Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘ynim bukuk. Sening ziyoratingga keldim, sultonim!
9 Жабборов Н. Миллий уйғониш адабиётида Соҳибқирон образи. //Sohibqiron yulduzi, 2010, 2-сон, 22-29- бетлар.
Do'stlaringiz bilan baham: |