I bob. Fitrat ijodida barkamol avlodga doir qarashlar ifodasi
1.1 Sh’eriyatda ikki madaniyat talqini
Fitrat she'riyatida ona Vatanining istibdod iskanjasida qolganidan kuyinish, uning ertangi kuni uchun qayg‘urish, iztirob ohanglari yetakchilik qiladi. Bu jihatdan Fitrat an'anaviy she'riyatni yangi mazmun bilan boyitganini ta'kidlash kerak. Fitratshunos professor Hamidulla Boltaboevning yozishicha: “Fitrat she'riyati, ayniqsa, uning lirikasi (shoirning o‘z tilida aytganda, “rubobiy she'rlari”) nafis va buyuk Barkamol avlod she'riyatining bor go‘zalliklaridan to‘yingan, uni o‘ziga xos suratda ichdan yangilashga kamarbasta she'rardan tarkib topganini sezmaslik mumkin emas”7.
Shoirning «Najot yo’li» sarlavhali asari bo’yicha Begali Qosimovning yozishicha: “Bunday tajriba adabiyotimizda ilk bor Hamza tomonidan amalga oshirilgani ma'lum. Masalan, u “Sadoyi Turkiston”gazetasining 1914-yil 18-iyul sonida bosilgan bir she'riga “She'ri mansur” (nasriy she'r) ot qo‘ygan edi. Ikkitasi Fevral, ikkitasi Oktyabrdan keyingi davrga to‘g‘ri keladi”8.
She'rlar ruknining sarlavhasidan ko‘rinib turganidek, yurt – Vatan qayg‘usiga bag‘ishlangan. Juda og‘ir va murakkab bir davr, inqiloblar zamoni edi. Chor hukumati quladi. Ayrim millatlar darhol istiqlol rejalarini ko‘ra boshladilar. Turkistonning taqdiri qanday bo‘ladi? Ayniqsa, so‘nggi asrlarda zalolatga botgan, dunyodan uzilib, fisqu fujurga ko‘milgan, o‘z qiyofasini yo‘qota boshlab, o‘zga millat mustamlakasiga aylangan Turkistonning ahvoli og‘ir edi.
Adibni qiynayotgan, iztirobga solgan dard shu – «Ulug‘ Turon»ning zabun holi edi.
Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi!
7 Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. - Т.: “Ўзбекистон Миллий кутубхонаси”, 2007, 72-бет
8 Бу ҳақда қаранг: Бегали Қосимов. Излай-излай топганим. Т.: Адабиёт ва санъат, 1983, 166-169-бетлар.
Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding! –
deb boshlanar edi uning she'rlaridan biri.
Shoir Vatanining “yuksak o‘rinlar”dan “qullik chuqurlari”ga tushish sabablarini so‘raydi. “Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalari»ni, “yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlari”ni qo‘msaydi. Uning bu holi bilan kelisha olmaydi. Tomirlarida Temur qoni oqayotgan millatdoshlarini nomus va sha'n himoyasiga chorlaydi.
Vatan va ona timsollari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ma'lum. Ona Vatan deyilishi bejiz emas. O‘zbek xalqi Vatan deganda onani, ona deganda Vatanni anglaydi. Bu tushunchalarning har birini muqaddas deb biladi. Fitratning “Bir o‘zbek yigitining tilidan” mansurasida Vatan bosh-oyog‘i yalang, tanasida adadsiz qamchi izlari, ko‘ksidagi yaralaridan qon tomayotgan holsiz, darmonsiz ayol sifatida ifodalangani sababi ham shunda. Bu timsol, bu xayol “o‘zbek yigiti”ni tushida ham, o‘ngida ham ta'qib qiladi. O‘zbek yigiti “g‘amli ona” – “muqaddas Turon” xayoli bilan muloqotga kirishadi. Undan ayrilmoqni o‘zi uchun o‘lim, uning uchun o‘lmoqni esa haqiqiy tiriklik hisoblaydi. Uni qutqarmoqqa ont ichadi. She'r shunday so‘zlar bilan yakunladi:
Ustimga insonlar emas, shaytonlar qo‘shuni kelsa, Oyog‘imga zanjirlar emas, jahannam ilonlari sorilsa, yana sen sari ketarman.
Dunyoning butun balolari boshimga to‘kulsa, Zulm tig‘ining temir tikonlari ko‘zlarimga kirsa, yana seni qutqararman.
Men sening uchun tirildim, Sening uchun yasharman,
Sening uchun o‘lurman, ey turklikning muqaddas o‘chog‘i! O‘lim, sening o‘limingni istaganlarga!
Do'stlaringiz bilan baham: |