Mirzo Uluğbek nomidagi
Òzbekiston Milliy Universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Milliy ğoya, ma'naviyat asoslari va
huquq ta'limi yònalishi
3 bosqich talabasi
Ibodillayev Haydarning
“Milliy ma'naviy barkamollik asoslari” fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu : ” Najot yo’li “ asarining ma’naviy barkamollik masalalari taxlili
Toshkent – 2022 y
Mundarija:
Kirish
I bob. Fitrat ijodida barkamol avlodga doir qarashlar ifodasi
1.1 Sh’eriyatda ikki madaniyat talqini
1.2 Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, jadidchilik g‘oyalari va ularning barkamol avlod shakllanishiga ta’siri
II bob. ABDURAUF FITRATNING MA’RIFATPARVARLIK FAOLIYATI VA ULARNING BARKAMOL AVLOD MA’NAVIYATIDAGI AHAMIYATI
2.1. Fitratning Turkiston maorifi va ma’rifatini rivojlantirish va millat ehtiyojiga xizmat qildirish borasidagi faoliyati
2.2 Fitratning ma’rifatparvarligida qadriyatlarning tutgan o‘rni va uning millatparvarlik, vatanparvarlik haqidagi g’oyalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Barkamol avlod madaniyatining bir-biriga munosabati masalasi keyingi davrlarda, ayniqsa, dolzarb muammolardan bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari bu masalaga alohida diqqat qaratganlar. Bu masala jadidchilik harakatining yetakchilaridan bo‘lgan Ismoilbek Gasprinskiy ijodida aohida o‘rin tutadi. U o‘zining “Madaniyati islomiya”, “Ovrupa madaniyatiga bir nazari muvozana” singari asarlarida Ovrupa, ya'ni G‘arb madaniyati mohiyatan targ‘ib-tashviqdan boshqa narsa emasligini, uning mustahkam asosga ega bo‘la olmaganini hayotiy misollar tahlili orqali isbotlab bergan edi. Bunday qarashlar Turkiston va Buxoro jadidlari asarlarida ham muhim o‘rin tutadi. Fitrat asarlari buning yorqin dalilidir.
Abdurauf Fitrat “Barkamol avlod siyosati”, “Najot yo’li” kabi o‘sha davr voqeyligi haqqoniy yoritilgan, boshdan-oxir jadidchilik g‘oyalari asosida ijod etilgan publitsistik asarlarida Barkamol avlod madaniyati o‘rtasidagi munosabatlar tahliliga alohida e'tibor beradi. Biroq ushbu asarlar ayni shu mavzu yuzasidan o‘rganilgan emas. Adib “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari” singari dramatik asarlarida ham bu masalaning mohiyatini o‘ziga xos tarzda badiiy talqin etadi. Bu borada Fitrat masalaning asl ildizlariga e'tibor qaratganini alohida ta'kidlash kerak. Bugungi globallashuv va sivilizatsiyalar integratsiyasi kuchaygan bir davrda jadid mutafakkirlari, jumladan Abdurauf Fitratning Barkamol avlod madaniyati talqiniga bag‘ishlangan asarlarini o‘rganish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan baho berish, bu asarlardagi hayotbaxsh g‘oyalarni o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra, Fitrat “Barkamol avlod siyosati”, “Najot yo’li” kabi publitsistik va “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari” singari dramatik asarlarida Barkamol avlod madaniyati talqini masalasi alohida o‘rganilgani ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |