Ассалому алайкум


Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, jadidchilik g‘oyalari va ularning barkamol avlod shakllanishiga ta’siri



Download 303 Kb.
bet6/10
Sana14.06.2022
Hajmi303 Kb.
#669439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5424896212878759698[1]

1.2 Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, jadidchilik g‘oyalari va ularning barkamol avlod shakllanishiga ta’siri
Barkamol avlod madaniyati qiyosiga yuksak umuminsoniy mezonlar asosida yondashish, masalaning tub mohiyatidan, ildizidan kelib chiqib fikr yuritish, Vatan va millat manfaati nuqtai nazaridan baholash – mutafakkir jadidlar ma'naviy- axloqiy ta'limotining bosh xususiyati. Bu boradagi qarashlar silsilasida Abdurauf Fitrat nuqtai nazari teranligi, keng qamrovli ekani jihatidan alohida ajralib turadi.
Adib tarixda tinchlik va taraqqiy beshigi, madaniyatning yo‘lboshchisi, bilim va hunarning o‘chog‘i bo‘lgan ko‘hna Barkamol avlodning XX asr avvaliga kelib, “qon tengizlarinda botg‘an”idan, “tamug‘ o‘tlarinda ko‘mulgan” idan nadomatini ifoda etadi. Holbuki, chinakam madaniyat Barkamol avlodda shakllangani, aynan shu zaminda yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarilgani ayon. Fitratning fikricha, Barkamol avlodda madaniyatning yuksalishi teran ildizlariga ega va G‘arbning madaniyattarqatuvchilik da'vosi asos-zaminga ega emas. Mutafakkirning bu boradagi qarashlari va amaliy faoliyatini quyidagi tasnif asosida o‘rganish metodologik ahamiyatga molik muhim umumlashmalar chiqarish imkonini beradi:

  1. Barkamol avlodlilar Yunon, Eron va Hindistonda ko‘milib qolgan madaniyatni tiriltirdi, rivojlantirdi. Fitrat bu fikrni quyidagicha asoslaydi: “Ovro‘pa dunyosi vahshat va bilmaslik cho‘llarinda obdirab, shovqin-toshqin yurar ekan, Barkamol avlod dunyosi butun insoniyat olamini saodat va tinchlik o‘chog‘larig‘a erishdurmak uchun ish ko‘rub turar edi. Ovro‘pada bir mahalla oqsoqollig‘i yo‘q ekan, Barkamol avlodning “ko‘zquchunos”, Barahma, Iso, Zardusht va Muhammadlari butun Odam o‘g‘ullarini to‘g‘ri va bilguli yo‘lg‘a kirguzmak uchun tirishar edilar. Chinlilar yozish uchun qog‘oz yasaganida ovro‘palilar o‘ng-so‘l qo‘llarini bir- birindan ayira olmas edilar”14.

Adibning ma'lumoticha, Bag‘dod “Doru-l-hikma”sining olimlari soat yasab, Ovrupoga yuborganda, ular “bu quti ichida shaytonlar bor” deb soatni tashlab qochgan edi. Barkamol avlodning taraqqiyotda bu darajaga erishishi sababiga Fitrat qatori
14 Фитрат. Шарқ сиёсати. - Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. III жилд. Т. “Маънавият”, 2003, 213-бет (Асардан олинган кейинги кўчирмалар ҳам ушбу манба асосида келтирилди).
barcha jadidlar munosabat bildirgani ma'lum. Jumladan, Ismoilbek Gaspralining yozishicha, “Islom ulamosining mo‘tabar usuli o‘zlaridan oldingi ilm va kashfiyotlarni anglab, haligacha bilinmagan va kashf etilmagan haqiqatlarni tajriba va tadqiqotlar yordamida bilmak edi. Ovrupaning funun va hunar taraqqiyotiga katta xizmat etgan ana shu usul bo‘ldi”15.
Shoir madaniyat niqobini kiygan G‘arbli olbostining qilmishlarini izchil va keskin fosh eta boradi. O‘t-olov ichra qolgan qishloqlar, xirmon bo‘lib yotgan jonsiz gavdalar, qon to‘la ariqlar, talangan tinch aholi... Bundan ham dahshatlisi, “To‘rt-besh yashar bir bolaning boshini keskir qilich bilan kesmishlar. Yig‘lab turgan onasining bo‘yniga bir ip bilan osmishlar”... Yangi kelin bo‘lgan bir qizning ko‘kragini eri bo‘lgan yigitning jonsiz tanasi uzra qo‘yib, nayza bilan teshmishlar. Xotinlarning pardasi, bolalarning yuragi, qarilarning gavdasi yirtilgan, yorilgan, ezilgan... Mana, “G‘arb madaniyati”ning avra-astari, nomi bilan mohiyati bir- biriga nechog‘lik zid ekani...

  1. Fitrat qarashicha, Ovrupaning bizga beradigan narsalari belgili: safohat (ya'ni nodonlik), axloqsizlik, qimor va sharobxo‘rlik. Ushbu to‘rt illat Barkamol avlodni tanazzul girdobiga yanada chuqurroq tortish, uni taraqqiydan bebahra qilish manbai o‘laroq xizmat qildi. Adibning taassuf bilan ta'kidlashicha, “Barkamol avlodning din va odatlariga qat'iyan to‘g‘ri kelmagan fohishaxonalarni o‘lkamizda Ovrupa jahongirlari ochdilar. Butun bashariyat hayotig‘a, maishatig‘a, ishiga rahnalar solg‘uchi sharob do‘konlari yurtimizda shul Ovrupa boylari “himmati” bilan quruldi. “Faranga” degan qo‘rqunch kasal Barkamol avlodg‘a Ovrupa jahongirlarining bosqinlari bilan keldi. Xulosa: Ovrupa jahongirlari Barkamol avlodg‘a axloqsizlik va buzuqlikdan boshqa bir narsa bermadilar”.

16 Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик. Т.: “Маънавият”, 2002, 370-бет.
Ayni qarash mutafakkir jadidlarning ko‘pchiligiga xos edi. Bu jihatdan, Cho‘lponning “Vatanimiz Turkistonda temir yo‘llar” maqolasidan olingan quyidagi iqtibos, ayniqsa, xarakterli: “Ey qarindoshlar... katta iltimosimiz shuldurki, Ovro‘poning mo‘dosidin, shishasidan, buzuq axloqidan namuna olmasdan va bunlarg‘a bul jihatdan taqlid qilmasdan, balki ilm, fan, hunar, sanoatg‘a o‘xshashlik madaniyatlaridan namuna olub, bul jihatdan taqlid qilmog‘imiz lozimdur. Ovro‘poning mo‘dosi, shishasi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir, qul qiladur. Bundan saqlaningiz! Ovro‘poning maktab, madrasa, ilm-fan, sanoat, hunarg‘a o‘xshash madaniyatlari sizlarni obod, ma'mur, olim qilub, johillikdan, asorat qulligidin qutulturodur. Birodarlar, ko‘zlaringizni ochib, yaxshi o‘ylangizlar!”17
Bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan bu kabi qarashlar mutafakkir jadidlarning G‘arb madaniyatiga differensial munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. Ular G‘arb axloqini, ma'naviyatga zid turmush tarzini inkor etganlari holda, Ovrupaning ilm-fan, ta'lim, texnika-texnologiya sohasidagi yutuqlarini Barkamol avlod ma'naviyati mezonlari asosida millat hayotiga tatbiq etish tarafdori bo‘lganlar.

  1. Fitrat dunyodagi mustamlakachi davlatlar Misr va Hindistonni qo‘lga kiritish, bu orqali Barkamol avlodqa yakka hokim bo‘lish istagida o‘zaro ziddiyatga borgani, buning natijasida ikki bir-biriga qarshi ittifoq yuzaga kelgani haqida yozadi:

  1. Rusiya, Angliya, Fransiya.

  2. Olmoniya, Italiya, Avstriya-Majoriston.

Bu ikki “davlatlar to‘dasi” topgan boyliklarini, bor kuch va imkoniyatini urush yaroqlari tayyorlashga safarbar etdi, o‘zaro qurollanish poygasi avjga chiqdi. Fitrat ta'biricha: “Bilim va hunarning ko‘magi bilan shahar singari kemalar, tomug‘ ko‘rinishli to‘plar, tog‘ gavdali uchg‘uchlar yasab turar edilar. Bunlarning barchasi


17 Чўлпон. Ватанимиз Туркистонда темир йўллар. - Чўлпон. Асарлар. Тўрт жилдлик. 4-жилд. - Т.: “Академнашр”, 2016, 168-бет
dunyoning taraqqiysi uchun emas, kuchsizlarni ezmak uchun, Barkamol avlodni yutmoq uchun edi”.
Ana shu asnoda 1914-yilgi birinchi jahon urushi boshlandi. “Butun Ovrupa jahongirlari orasinda ochilgan bu urush Barkamol avlod mazlumlariga ko‘p yaxshi fursat berardi. Barkamol avlodning qutulish soati kelgan edi. Bilimsiz qolg‘an Barkamol avlod bu to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmadi. Bu fursatni ham qochirdi”.
Ta'kidlash kerakki, “Barkamol avlod siyosati” asari Fitratning dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy voqyelik mohiyatidan xabardorlik darajasi nechog‘lik chuqur ekani, bu jarayonni teran tahlil eta bilish barobarida xolis baho bera olish salohiyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.
5. Barkamol avlod madaniyatining so‘ngan shuhratini tiklash yo‘lidagi amaliy harakatlar. 1909-1913-yillarda Istanbulda o‘qigan Fitrat 1909-yil sentyabrida “Jamiyati ta'mimi maorifi Buxoro” (“Buxoro umumiy maorif jamiyati”) nomli xayriya jamiyatini tuzadi. Buxoro jadidlari ta'sis etgan “Tarbiyati atfol”ning xayriya sho‘basi sifatida faoliyat yuritgan bu jamiyat Turkiyada ta'lim olayotgan Turkiston yoshlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash, ilm olishlariga ko‘maklashish maqsadlariga xizmat qilgan. Mutaxassislar ushbu jamiyat keyinchalik “Yosh buxorolilar” siyosiy partiyasining tashkil topishiga zamin tayyorlaganini aytadilar18. Ushbu tashkilot Buxoro amirligi faoliyatida muayyan islohotlar amalga oshirilishida muhim o‘rin tutgani ma'lum. Fitrat sarkotib bo‘lgan bu partiyaning maqsadi aniq edi: o‘lka hayotida jiddiy islohotlar o‘tkazish, Vatan ravnaqi, millatning dunyodagi mutaraqqiy xalqlar darajasiga yuksalmog‘i.
Fitrat 1917-yil 27-noyabrda e'lon qilingan Turkiston muxtoriyatini katta umid va ishonch bilan qarshiladi. Muxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr tunini “milliy laylatulqadrimiz”, deya olqishladi. Professor Begali Qosimovning yozishicha, yosh buxorolilar amirlikning hatto boshqaruv tizimini isloh etish, uni mashrutiyatga – konstitutsion ma'rifatli monarxiyaga aylantirish masalasini


18 Болтабоев Ҳ. Фитрат ва жадидчилик. Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007, 6-бет.
ko‘tarib chiqdilar. Bundan tashqari, “..vaqf yerlarini boshqarmoq uchun alohida vaqf nazorati tashkil etish, ularning ishini maorif va ilm-fanning ravnaqini ta'minlaydigan shaklda qayta tuzish” masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Fitrat rahbarligida tuzilgan islohotlar loyihasida qishloq va xalq xo‘jaligi masalalaridan maktab-maorifgacha, iqtisodiy muammolardan harbiy sohagacha, undan adliya ishlarigacha qamrab olingan edi. Oxir-oqibatda loyiha millatning, milliy madaniyatning yuksalishiga xizmat etishi zarur edi. Afsuski, Muxtoriyat qonga botirilgan 20-fevraldan keyin bu niyat amalga oshmay qoldi.
Fitrat Barkamol avlodona madaniyatni yuksaltirish muddaosidan chekinmadi. 1918- 1919-yillarda “Chig‘atoy gurungi” faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Tashkilot, professor Begali Qosimov ta'biri bilan aytganda, “Yo‘nalishiga ko‘ra islohotchilikni ko‘zda tutar edi. Fitrat madaniyatimiz taraqqiyotining bir ovozdan tan olingan eng yuksak cho‘qqisi Navoiy davrini ko‘p jihatan ibrat qilib oldi. “Jamiyat”ini ham hozirgi o‘zbek xalqining XV asrdagi nomi bilan atadi”. Tashkilot til va imlodan adabiyot masalalarigacha, tarixni o‘rganish va anglashdan maktab-maorif sohalarini isloh etishgacha bo‘lgan millat hayotida favqulodda muhim ahamiyatga ega muammolar bilan shug‘ullandi.
Fitratning bevosita tashabbusi va rahbarligida 1920-yil 9-aprelda “Tong” jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi. Nashr: “Yashasin, ilmiy, adabiy, ijtimoiy o‘zgarish! Miya o‘zgarmaguncha, boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas! Yashasin Barkamol avlod qutulishi!” so‘zlarini shior qilib oldi.
Jadidshunos Begali Qomisovning yozishicha, 1920-yili Buxoro xalq maorifi noziri sifatida ish boshlagan Fitrat Buxoro inqilobi tarixini yozish haqida nozirlik qarorini qabul qiladi. 1922-yili Jumhuriyat Markaziy ijroiya qo‘mitasi Buxoroda dorulfunun ochish haqidagi tarixiy qarorini e'lon qildi. Buxoro ilmiy jamiyati tuzilib, fan va madaniyat tarixiga oid nodir qo‘lyozmalar to‘plana boshladi. Qisqa muddatda “Buxoro arki tarixi” qo‘lyozmasi tayyorlandi. Fitrat va Fayzulla Xo‘jaev aqli va g‘ayrati tufayli Turkiya, Eron, Afg‘oniston bilan do‘stlik, hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi. Biroq bolsheviklar hukumatining tazyiqi bilan bu ishlar to‘xtatib qo‘yildi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish