Shaxs – ijtimoiy ta’sirlar doirasida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va ijtimoiy nazorat masalasi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, shaxs hamisha ijtimoiy, ya’ni, insoniy munosabatlar doirasida va ta’sirida bo‘ladi, o‘z ongi, aqli, farosati bilan turli xil munosabatlarni nafaqat idrok qiladi, balki, o‘zlashtirib, ularga rioya qiladi ham. Ya’ni, bola ilk yoshligidanoq, shu kabi ta’sirlarning sub’ekti sifatida “mening hayotim”, “mening oilam”, “do‘stlarim”, “bizning olam” kabi tushunchalar orqali ijtimoiy muhitning ta’sirlarini qabul iqlayevradi. Albatta, bu ta’sirlar hamisha ham
112Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 67-b
to‘g‘ri, ijobiy bo‘lmaydi, aks xolda “asotsial xulq”, “ko‘cha bolasi”, “dangasa”, “yomon bola” tushunchalari bo‘lmagan bo‘lardi.
Ijtimoiy norma – shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlarga nisbatan talablaridir. Masalan, bizda bir insonning ikkinchisini ko‘rganida salomlashishi, “Assalomu alaykum” deb ehtirom qilishi – norma; talabaning o‘quv mashg‘ulotlari davomida ustozning gapini bo‘lmasligi, ko‘pchilikka xalaqit bermasligi ham norma; jamoat transportida keksalarni, nogiron yoki xomilador ayolni hurmat qilish, ularga g‘amho‘rlik ko‘rsatish ham norma; otaning farzandlarga o‘rnak bo‘lishi, farzandning ota qoshida itoatkor bo‘lishi ham norma va haqozo. Bunday normalar bir kunda kim tomonidandir birdan ishlab chiqilmaydi. Yuristlar yoki professional parlament ishlab chiqadigan qonun normalaridan farqli, ahloq normalari yillar, asrlar mobaynida millatning, xalqning, yaxlit jamiyat va davrning qadriyati sifatida avloddan avlodlarga o‘tib boraveradi.
O’rganish umumiy holda, ajralib turuvchi psixologik yoki ijtimoiy tajribalar natijasida hosil bo’ladigan doimiy xulqatvor, mahoratlar, bilim yoki munosabatlarga bog’liq ravishda ifodalanadi. Yaqqol bir jihati doimiylikdir: agaro’zgarishlar vaqtinchalik bo’lsa, ular o’rganish hisoblanmaydi. Agar siz telefon raqamini terganizdan bir minut keyin uni unutib qo’ysangiz, siz telefon raqamini o’rganolmaysiz. Siz sabzavotlarni iste’mol qilishni o’rganmaysiz garchi siz uni majburan iste’mol qilsangiz. O’zgarish bir maromda o’tib ketib bo’ldi. O’rganish jismoniy, ijtimoiy yoki hissiyotli shu bilan birga bilimga oid bo’lsa ham unga e’tibor berish kerak. Siz sovuq qotish orqali aksirishni o’rganmaysiz, ammo jismoniy asoslangan ko’plab xulq-atvor va mahoratlarni - velosiped uchishni yoki koptok uloqtirishni o’rganasiz. Shu bilan birga, bu o’zgarishlar asta sodir bo’lsa ham, ma’lum bir insonni yoqtirishni (yoki yoqtirmaslikni) o’rganasiz.113
Do'stlaringiz bilan baham: |