Asosiy vazifalari



Download 5,72 Mb.
bet55/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

Ta’lim olish sabablari

Talabalar nisbati, foizda

Yakuniy ifoda (66 %)

Yashash sharoitlarini yaxshilash. Ish topish imkoniyatini kuchaytirish. Karyera qilish. Malaka

oshirish. Maqbul ish topish.

Shaxsiy taraqqiyot (24 %)

Moxirlikni oshirish. Salohiyatni yuksaltirish. Bilim olish. Akademik qiziqishni davom ettirish. Shaxsiy hayot nazoratini qoʻlga kiritish. Ma’lum ijtimoiy

darajaga maqsadli.

Vaqtincha bandlik (10 %)

Ishlashdan qochish. Dangasalik. Karyera boʻyicha qaror qabul qilishni kechiktirish. Ijtimoiy hayot.

Vaqtichogʻlik qilish.


Mavjud motivatsiya nazariylarining aksariyat qismida bir-biriga oʻxshash yondashuv kuzatilib, ular toʻliq boʻlmagan bilimni aks ettirmoqda. Asosiy farq ichki va tashqi motivatsiya yondashuvlarida koʻrinadi. Ichki motivga ega talabalar mushkullikni yechishga, fan7ni chuqur oʻzlashtirishga, oʻqishga qiziquvchi talabalar

hisoblanadi. Tashqi motivatsiyali talabalar esa, diplom yoki ma’lum darajani qoʻlga kiritish, tashqi mukofot yoki boshqalarning maqullashlariga maqsadini ustun qoʻyadilar (Harter, 1981). Ushbu yondashuvni biz shakllantirgan guruhlarga nisbatan, ya’ni ichki motivatsiyani shaxsiy taraqqiyot turkumi hamda tashqi motivatsiyani yakuniy ifoda turkumi bilan ma’no jihatdan tenglashtirish mumkin.45

29-rasm


Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:

  1. jadval

1

ICHKI SABABLAR

xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari

nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar)




2


TASHQI SABABLAR

faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari - ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir

Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o’zgarishlar tufayli amalga oshiriladi.



SHaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi, mehnat qilib, faollik ko‘rsatishi tarbiyaviy ahamiyatli jihat bo‘lib, fan uning yuqorida keltirilgan ikki tomonini farqlaydi.

Nazariyada shakllantirilgan boshqa yondashuvlarni ham biz ilgari surayotgan turkumlanishga solishtirib, ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni isbotlash mumkin. Dweck va Elliott (1983) amalga oshirish maqsadlari va oʻqish maqsadlari kabi turkumlanishni ta’riflab oʻtgan. Bu yerda amalga oshirish maqsadlari yakuniy ifoda yondashuviga hamda oʻqish maqsadlari shaxsiy taraqqiyot yondashuviga mosroq ekanligi kuzatiladi. Shuningdek, Dweck va Elliottning qarashlariga koʻra imkoniyat va mohirlik maqsadlari ham keltirib oʻtilgan (Nichollas, 1984). Mazkur yondashuvlarda ayrim farqlar kuzatilsada (Pintrich, 2003), bizning turkumlashimizda koʻriladigan asosiy ifodalar boshqa yondashuvlarda ham



45 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 29-40.

kuzatilayotganligi hamda ularning ma’no va mazmun jihatdan bir-biriga yaqinligi aniqlandi.

Vaqtincha bandlik motivatsiyasi yuqorida keltirilgan tahlilda katta miqdorni ifodalamagan boʻlsada ayrim holatlarda sodir boʻlganligi kuzatildi. Shunga bogʻliq konsepsiya hisoblanmish, maqsadsiz motivatsiya nazariyada ma’lum e’tiborni kasb etmoqda. Ryan va Deci (2000) maqsadsiz motivatsiyaga ega talabalarni universitetga nima uchun borishlarini bilmaydigan, oʻzlarini raqobatbardosh his qilmaydigan va tevarak atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni nazorat qilish xususiyatiga ega emasliklari bilan izohlaydi. Shu yoʻsinda ular motivatsiya tasirini sezmay qoladilar. Bundan kelib chiqadiki, haqiqiy motivatsiya nafaqat kuchli qudratga ega, balki talabalarni toʻri yoʻnaltiruvchi kuch hamdir. Shu vaqtgacha motivatsiyaga talabalarning maqsadlarigina xolos deb qaralib kelingan, lekin motivatsiya kengroq ma’noda ham xizmat qilishiga e’tibor berilmagan.46

Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.



Motivatsiya - psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir.

Motivatsiya muammosi bilan hozirgi kungacha ko‘pgina olimlar shug‘ullanib kelishgan. Jumladan, chet el olimlaridan R. Myurrey, L. Gilfrod, R. Katall, G.Klaus, A. Maslou, X. Xekxauzen, D.Teylor, D. Makklelland hamda yaqin hamdo‘stlik mamlakatlari olimlaridan B.G. Ananev, A.L. Berdichevskiy, L.I. Bojovich, O.S. Grebenkja, M.I. Enikeev, T.A. Matis, M.V. Matyuxina, A.B.Orlov, YU.M. Orlov, D.B. Elkonin, A.M. Etkind, L.M. Fridman, B.C. Setlin, A. Megrabyan, M.SH. Magomed-Eminovlar motivatsiya, affiliatsiya va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyalarini o‘z tadqiqot ishlarida o‘rganishgan.47



Motivatsiya shaxsni yo‘naltiruvchi asosiy omillarni belgilovchi psixologik tushunchadir. Psixologiya fani motivatsiya muammosiga ikki tomonlama yondashadi:

  • inson xulq-atvorining sabablarini tushuntiruvchi omillar tizimi sifatida (motivlar, niyatlar, ehtiyojlar, maqsadlar tarzida);

  • xatti-harakatlarning doimiy faolligini ta’minlovchi, shunday faollikka turtki bo‘luvchi va uni tavsiflovchi sifatida.

Umuman, motivatsiya tushunchasiga barcha adabiyotlarda, jumladan, lo‘g‘atlarda ta’riflar ko‘p, ularni umumlashtirib, quyidagicha ta’riflash mumkin:




46 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 27-40.

47 Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 431.

motivatsiya – bu individni faollikka undovchi hamda uning yo‘nalishini belgilovchi motivlar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tuushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega.

Motiv – lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma’nosini anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi:

  • sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash;

  • faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch;

  • shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga aloqador anglangan sabab.

Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi.

Turli motivlarning xulq-atvor bilan boliq boʻlib, malum bir holatlarni oldindan aytish mumkin. Masalan, maqsadli motivatsiyasi yuqori boʻlgan talabalar yuqoriroq ball olishlari kuzatiladi. Shuningdek, ichki motivatsiyasi yuqori talabalar tashqi motivatsiyali talabalardan koʻra akademik jihatdan yaxshiroq natijalarni qoʻlga kiritishi mumkin. Talim olish strategiyalari turli guruh talabalarida turlicha boʻlishini inobatga olgan holda aytish joizki, ichki motivatsiyalangan talabalar tashqi motivatsiyaga ega talabalarga nisbatan taqdim etilayotgan oʻqish materiallarini chuqurroq oʻzlashtirishlari kuzatiladi. Shu jumladan, aniq ma’lumotlar yetarli boʻlmasada, ichki motivatsiyasiga ega talabalar baholanish tizimiga tanqidiyroq yondashishlari ham tayin boʻladi.

Motivlar va xulq-atvor rtasidagi bogʻliqlikning bir yaqqol dalili talabalarning ta’lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali koʻriladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan izlanishlarning koʻp qismi inventar rganish yondashuvlarini qoʻllashga tegishli boʻlib qolmoqda (Entwistle va Ramsden, 1983). Ushbu izlanishning asosiy jihati talimda chuqur va yuzaki yondashuv rtasidagi farq bilan bogʻliq boʻlgan. Chuqur ilm olish yondashuvi oʻqish materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qoʻllash orqali materiallarni davomli tarzda oʻrganishni kasb etadi. Har bir mazkur yondashub motivatisiya yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi.48

Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki e’tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni anglangan motivlar deb ataymiz. Lekin ba’zan nima sababdan u yoki bu ishni qilib qo‘yganimiz, aytgan gapimiz yoki munosabatimizni, ayna shu kasbni




48 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 27-40.

tanlaganimizning tom ma’nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi. Anglanmagan xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud”) deb ataladi.



Motivlar va xulq-atvor rtasidagi bogʻliqlikning bir yaqqol dalili talabalarning ta’lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali koʻriladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan izlanishlarning koʻp qismi inventar oʻrganish yondashuvlarini qoʻllashga tegishli boʻlib qolmoqda (Entwistle va Ramsden, 1983).

Ushbu izlanishning asosiy jihati ta’limda chuqur va yuzaki yondashuv oʻrtasidagi farq bilan boliq boʻlgan. Chuqur ilm olish yondashuvi oʻqish materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qoʻllash orqali materiallarni davomli tarzda oʻrganishni kasb etadi. Har bir mazkur yondashub motivatisiya turkumlari bilan bogʻlangan, ya’ni chuqur ilm olish ichki motivatisyaga hamda yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu bogʻliqliklar omilli tahlillarni amalga oshirish orqali bir necha kuzatuvlar natijasida shakllantirilgan. Motivatsiyaning aniq turkumi va ta’lim olishning aniq yondashuvlari oʻrtasidagi bogʻliqliklar talabalar savolnomasi natijalari yordamida ifodalab berilgan. Keyingi izlanishga koʻra asosiy omillar ma’lum manoda sogʻlomroq natijalarni aks ettirgan. Shunday boʻlishiga qaramasdan, motivlar va strategiyalar oʻrtasidagi bogʻliqliklar birinchi qarashdagi kabi mukammal boʻlmasligi ham mumkin. Pintrich va Garcialarning (1991) izlanishlari natijalariga binoan, ichki motivatsiyaga ega talabalar materiallarni konseptual anglash holatini rivojlantirish strategiyalarini koʻproq qoʻllaganlar. Aslida esa bu kabi talabalarning takroriy strategiyalarni koʻproq qoʻllashlari bashorat qilingan edi.49

30-rasm


SHunga ko‘ra inson faolligi turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, ijtimoiy ahamiyatli, progressiv, yoki aksincha, zararli, o‘zgalarga moddiy va ma’naviy jihatdan yomon ta’sir ko‘rsatuvchi. Aksariyat xolatlarda bu o‘rinda gap motivatsiya to‘g‘risida ketadi.

Har qanday xatti-harakat yoki xulq-atvorning asosini bir emas, bir nechta motivlar tashkil etadi. SHu bois ham shaxs xulq-atvorining sabablarini ko‘plab






49 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 115,116.

motivlar hosil qiladi (polimotivlashgan), deb hisoblanadi. Turli motivlar sabab bo‘lgan harakatlarda ham ijobiy, ham salbiy qirralarning mavjudligi ayni shu xolat bilan tushuntiriladi.

Motiv muayyan faoliyat va harakatlarga nisbatan insondagi yo‘nalish bo‘lib, uning asosida asosan ehtiyojlar yotadi. Ongli, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Bilim olish maqsadi talabada bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.

Ehtiyoj - individning shunday holatiki, u odamning faolligi manbai bo‘lib, yashashi hamda tirikchilik qilib, taraqqiy etishi uchun muxtojlik his qiladigan barcha ob’ektlar bilan bog‘liqligini ifodalaydi.


  1. jadval


Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish