Ushbu holatda ma’ruzachi oʻzini bosiqlik bilan tutgan holda dars buzilayotganligini chehrasida aks ettirmasligi lozim. Yuqorida ta’kidlangani kabi, hazil-kulgu yondashuvi bu muammoning maqbul yechimiga aylanishi mumkin. Ma’ruzaga halaqit berayotgan talabalar bilan oʻqituvchi darsdan soʻng qisqa tanbeh berishga harakat qilishi darkor. Bema’ni xulq-atvor bilan bogʻliq muammolarni yechish stressli kechishi mumkin va bu holatda tajribasi kattaroq hamkasabalar bilan masahatlashishi yordam soʻrashi ham ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi ehtimoldan holi emas.
Agar mazkur muammo orqali dars jarayonini davom ettirish imkoni boʻlmay qolsa, u holda ushbu talabadan dars xonasini tark etishini soʻrash mumkin. Ammo bu yechim ma’lum ogohlantirish berishlar orqali amalga oshirilishi lozim. Qat’iyatlik va ortiqcha bema’ni harakatlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilish rasmiy yoʻllar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Talabalar tartib-intizomiga tegishli qoidalar barcha universitetlarda mavjud boʻlishi lozim. Bu tartib-intizom
116Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 77-b.
qoidalari ayrim kichik miqdordagi talabalarga nisbatan qoʻllanilishi va shu orqali bema’ni xulq-atvorni barxam toptirish mumkin.117
Texnikani boshqarishga o‘rgatishda bevosita uning qismlarini ko‘rsatish qanchalik muhim bo‘lsa, maxsus trenajerlar yordamida o‘rtazilagan treninglar, mutaxassis sifatida turli ishchanlik o‘yinlari (deloviye igri) shunchalik uni o‘z kasbining mas’uliyatidan qo‘rqmaslik, dadil va iroda bo‘lishga, kutilmagan ekstremal vaziyatlardan chiqishga ruhan hozirlaydi. Chunki texnik qobiyatlarni o‘stirish, texnika bilan “senlashish” uchun qanchalik maxsus trenajerlar muhim bo‘lsa, muxandis uchun odamlar bilan muloqot, ular bilan hamkorlikka hozirlik shunchalik muhimdir. Ikkala xil treninglar ham bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbi borasidagi har qanday qiyinchilikka chidamli va hozir bo‘lishga imkon beradi. Bunda psixologiyaning ahamiyati juda kattadir.
Ko’p o’qitiuvchilarni ta’kidlashicha, ular asosiy foydali yordamni o’z fanlariga tegishli soxalar doirasida olishmoqda. Oliy Ta’lim Akademiyasi tarmoqlararo doirasida 24 Har xil yo’nalishdagi markazlar faoliyat ko’rsatmoqda va quyidagi ko’rsatilgan markazlar xususan muhandislik sohasiga aloqador:
Muhandislik Mavzu Markazi, www.engsc.ac.uk
B.Britaniya Material Ta’lim Markazi, www.materials.ac.uk
Shaxar Muhitida Ta’lim Olish Markazi, www.cebe.heacademy.ac.uk
Barcha fan markazlari fanga aloqador yordam xizmatlarini ko’rsatib, talabalar o’rganayotgan tajribalarni mustahkamlash uchun o’qituvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Ularning vebsaytlari tegishli tadbirlar va o’qish va ta’lim berish ma’lumotlariga boy manbalarini izlab topish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Dasturlar maxsus ravishda yangi maruzachilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga o’zlarini fanlari doirasida hamkasblarini tajribalaridan bahramand bo’lish imkoniyatlarini beradi.
Ta’lim berish va O’qishni Yaxshilash Markazlarini (CETLs) ko’pchiligi muhandislar uchun qiziq buo’lgan mavzular bo’yicha mutaxassislik maslahatlarini berishadi va shular qatorida etika, baholash, ijodkorlik, aralashgan ta’lim va surishtiruvga asoslangan ta’lim bo’yicha. Lafboro Universiteti qoshidagi Muhandislik CETL Markazi (http ://engc4e.lboro.ac.uk/) ilmiy tadqiqot va baholash bilan uzviy ravishda, muhandislik sohasida sanoat bilan bog’liq holdagi oliy ta’limni qo’llab quvvatlaydi.
Professional muassasalar ta’lim berishga tegishli soxalar bo’yicha yangiliklar ta’minlab, ta’lim berish va o’qish bo’yicha konferentsiyalar tashkil qilishadi. B.Britaniyani Muhandislik Kengashini vebsaytida (www.engc.org.uk) 36 muhandislik tashkilotining ishoratlari mavjud, hamda u akkreditatsiya va ro’yhatga olish masalalari bo’yicha ma’lumot ham ta’minlaydi.
Muhandislik bo’yicha Professorlar Kengashi (www.epc.ac.uk) bu oliy ta’lim sohasida muhandislik fani bo’yicha dars beradigan katta lavozimdagi o’qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun mo’ljallangan forumdir, lekin uning nashr qilingan ishlari
117A handbook for teaching and learning in higher education: enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 68,69.
va faoliyati barcha o’qituvchilar uchun qiziqarli bo’ladi.Qirollik Muhandislik Akademiyasi (www.raeng.org.uk) muhandislik fani bo’yicha ta’limni qo’llab quvvatlash maqsadida bitiruvchi talabalar uchun keng ravishda har xil dasturlar va mukofotlar tashkillashtiradi.118
O’rta maxsus va Oily ta’lim tizimida beriladigan barcha bilim, malaka va ko‘nikmalar oxir-oqibat shaxsda maxsus psixologik obraz - faoliyatning sub’ektiv obrazli-tushunchali modeliga asos bo‘ladi. Bu obrazli model shundayki, u inson his qilgan barcha tasavvur, idrok, tushunchalar bilan bir qatorda shaxsning ilgarigi hayotiy tajribasi, istiqbolni tasavvur qilishlari va faol bo‘lishiga zamin yaratadi. Bu model keyinchalik inson bevosita texnika bilan muloqot qilganda, ish-faoliyatni boshlagan pallalarda juda asqotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |