Asosiy vazifalari


Bunday faollik turlari - muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir



Download 5,72 Mb.
bet43/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

Bunday faollik turlari - muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir.


Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o’z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali



108A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 77,78.

(verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.



O’yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.

O’qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar o’zlashtiriladi.

Talabalarda o’qishga bo’lgan qiziqishni o’yg’otish va shakllantirish ta’lim olishga bo’lgan motivatsiyani kuchaytirishi ehtimoldan holi emas.Ma’ruzalarning boshlang’ich qismi neg muhim masala hisoblanib, talabalarni ishontiruvchi va ushbu ma’ruzani eshitishlari kerakligini ifodalaydi.

Ma’ruzaning boshidayoq siz:

  • o’zingizdagi ishtiyoq va qiziqishni ko’rsata bilishingiz lozim;

  • tashkiliy masalalarga e’tibor qaratib, ma’ruza xonasini nazorat qilishingiz kerak;

  • taqdimot jihozlaridan foydalanishni yaxshi bilishingiz darkor. Birinchi daqiqadanoq ma’ruzachi:

  • ma’ruza yakunida erishiladigan natijalarni va talabalar nimalarni o’rganishlarini aytib bera olishi kerak. Bu ma’lumot biroz qisqa ko’rinishda bo’lishi mumkin.

  • mavzuga oid muammoni tasvirlab berib, ushbu muamo yechimini topish bo’yicha mulohazalarni ifodalay olishi lozim;

  • mavzuga bo’lgan qiziqishni sababini tushuntirib, jo’shqinlik va ishiyoqni baxam ko’rishi kerak.Ayrim hollarda ushbu jihat talabalarni qiziqishlarini kelgusi tadqiqot yo’nalishlariga aylantirishi mumkin;

  • ma’ruzani joriy yangiliklar yoki faoliyat bilan bog’lashi darkor. Bu borada ma’ruzachi talabalarga mavzuga oid ma’lumot yoki misollar topib, olib kelishi bo’yicha topshiriqlar berishi mumkin.

Talabalarni ma’ruza davomida qiziqishlarini rag’batlantirish bo’yicha:

  • maqsadni izohlovchi joriy va tegishli misollarni keltirish mumkin;

  • tegishli holatlarda talabalarning tajribalarini misol tarzda keltirib o’tish mumkin;

  • talabalarni qo’llab quvvatlovchi ritorik savollardan foydalanib turish kerak;

  • ma’ruzani o’zlashtirish davomida talabalarning ehtiyojlarini o’zgartiring. Yozib borish, tinglash hamda faol ishtirok etish farqlarini keltirib o’ting (bu masala yuzasidan quyida to’xtalib o’tiladi);

  • ma’ruza mavzusi bilan bog’liq bo’lgan ko’rgazmali materiallar yoki badiiy buyumlarni taqdim eting;

  • taqdim etilgan materiallarning joriy vaqtda muhim ahamiyat kasb detayotganligi bilan bog’liq bo’lgan web sahifalarni namoyish qiling.109 Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning

maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo’shishdir.

Bir vaqtlar pedagogning malaka oshirish masalasi, ya’ni qanday materialdan foydalanish, uning hajmi o’qituvchining o’ziga havola edi. Hozirgi kunda ta’lim mutaxassislari turli attestatsiya va tekshiruvlardan o’tib turishadi. Ish jarayonini baholash va sifat nazorati, institut yoki alohida fan miqiyosida audit, ta’lim idoralariga a’zolik talablari kabi qattiq tekshiruvlar ta’lim sohasini shaffof saqlaydi. Oliy ta’lim tuzilishidagi o’zgarishlar, masalan, Quality Assurance Agency(mahsulot sifati kafolati agentligi)ning ta’limdagi roli, Oliy Ta’lim Akademiyasi (HEA).110

Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.

Kasbni egallash jarayoni juda murakkab faoliyatni o‘z ichiga oladi. CHunki biror ishni o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin bo‘ladi. SHu bois ham masalan, tiquvchi o‘z shogirdiga ayrim-alohida ish turlarini, tikishning detallarini nisbatan uzoq vaqt o‘rgatadi. Sekin asta-sekin ishlar avtomatlashib, ayrim harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach, ayrim operatsiyalar birlashtirladigan bo‘ladi. SHu kabi har qanday kasbda har bir element, ish turi mukammal o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar, operatsiyalar tarzida malakaga aylanadi. Ayrim- alohida operatsiyalarning avtomatlashuviga malaka deb qarasak, ko‘nikma esa - hosil bo‘lgan malakaning shaxsdagi bilimlarga qat’iy bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni ta’minlashidir. Ya’ni, ko‘nikmalar hamisha bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Amalda malaka va ko‘nikmalar quyidagi yo‘llar bilan shaxs xulqida mustahkamlanadi:


  • oddiy namoyish etish yo‘li bilan;

  • tushuntirish yo‘li bilan;

  • ko‘rsatish va tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.

Bundan tashqari, o‘quvchilardagi malaka va ko‘nikmalarning samaradorligini o‘rgangan olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar ekan:

  • 20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;




109A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 59,60.

110A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,

Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 485,486.



  • 30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;

  • 50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;

  • 70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi;

  • 100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi orqali o‘zlashtiradi.

Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.

San’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarini o’qitishda, ehtimol, talabalarni baholanishidan ko’ra munozarali masala bo’lmasa kerak, hech qaysi soha, ehtimol, o’tgan 10 yil davomida amaliyotda bu qadar ko’p innovatsiyani ko’rmagan (ba’zi universitetlarda imtihon orqali baholanish nisbatida qat’iylik bilan talaba plagiati tufayli yozilayotgan qoldirilgan vaqtida innovatsiyalar). Hozirgi vaqtda baholanishning juda ko’p shakllari mavjud bo’lib, ular ijodiy yoki amaliydan tasviriy va dizayn ishigacha, mulohazali esselar va tezislar, ijtimoiy fan uslubidagi so’rovlar va ma’lumotlar sharhi, ijro va og’zaki taqdimotlar guruh yoki alohidda, onlayn baholash va shu kabi uslubda olinadi. Baholashning bu kabi shakllari imtihon, kurs ishi, ma’nodor va umumlashtirilgan turli usullarga ham aylantirishi mumkin.111

Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim faol bilim zahirasi yoki sust bilim zahirasiga aylanadi.

Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zahirasiga aylanadi. Lekin keyinchalik bu bilimlardan foydalanilmasa yoki takrorlab turilmasa, passiv bilim zahirasiga aylanadi va bora- bora yoddan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o‘quv materialini o‘zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab ko‘rish orqali etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li amaliy va seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.

Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki bu uslubni tanlash:



o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga; o‘tilayotgan mashg‘ulotning mavzusiga; seminar darsida qo‘yilgan maqsadga;

tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.

Shunday qilib, har qanday faoliyatni o‘rganishdan maqsad - uning samaradorligini oshirishdir.





111A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 317.

Aynan amaliy mashg‘ulotlar hamda seminar darsida o‘quvchi yoki talabalar ma’ruza, kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.





Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o‘zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun qiziqarli, manfaatli kasb va hunar tanlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashi va yashashiga asoslanadi.




Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish