25-rasm. Sabzi. 1-umumiy ko‘rinishi; 2-gulli; 3-urug‘chi tugunchasi;
4-ildizmeva; 5-gulining diagrammasi
Nazorat savollari
Ziradoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning hozirgi vaqtda nechta turkum va turi mavjud?
Oila vakillari qanday to‘pgullar hosil qiladi?
Oila vakillaridan qaysi birlarining ilmiy nomlarini bilasiz?
Ziradoshlar oilasining tarkibida qanday moddalar uchraydi?
Mavzu: Ituzumdoshlar oilasi
O‘rganilayotgan vakilning sistematik o‘rni
Yalpizkabilar ajdodchasi– Lamidae
Ituzumnamolar qabilasi– Solanales
Ituzumdoshlar oilasi – Solanaceae
Vakillari:
Qora ituzum – Solanum nigrum
Qora mingdevona – Hyoscyamus niger
Oddiy bangidevona– Datura stramonium
Burchakli paq-paq – Physalis angulata
Kartoshka– Solanum tuberosum
Baqlajon– Solanum melongena
Pomidor – Lycopersicum esculentum
Tamaki –Nicotiana tabacum
Mavzuning maqsadi: Oilaga mansub o‘simliklarning anatomo-morfologik tuzilishini, ko‘payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizimda tutgan o‘rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini va ahamiyatini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: gerbariylar, o‘simliklar aniqlagi-chi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, tuganaklar, lupa pintset, preproval, nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Ituzumdoshlar oilasi 85 turkum, 2500 ga yaqin turdan iborat bo‘lib, Yer sha-rining mo‘tadil iqlimli va tropik hududlarida tarqal-gan. Ular asosan o‘t o‘simliklari, ba`zan chalabuta va kichik daraxtlardir. Barglari oddiy, butun yoki pat-simon qirqilgan, yon bargsiz bo‘lib, poyada ketma-ket joylashadi. Gullari yakka-yakka ko‘pincha oddiy yoki murakkab gajak, shingil to‘pgul hosil qilib to‘g‘ri yoki bir oz noto‘g‘ri, ochsariq, pushti, binafsha, oqimtir ko‘k rangli, ikki jinsli, qo‘shgulqo‘rg‘onli. Gul-kosa va gultojibarglari 5 ta bo‘lib qo‘shilib o‘sgan, gul-tojisi karnaysimon, qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi. Changchi-lar 5 ta, ko‘pincha changdoni chetlari bilan birlashib urug‘chi ustunchasini nay hosil qilib o‘rab turadi. Urug‘chisi bitta yoki ikkita mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, tuguncha atrofida halqa bo‘lib joylashgan, beshta bo‘lakchali shiradoni bor. Mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha.
Ahamiyati: Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ba`zilari iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib oziq-ovqat sifatida ishlatiladi, ulardan spirt, kraxmal olinadi, ayrimlari sabzavot ekinlari va dorivor o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |