NG
|
1284-4338.0-1674570
|
2015
|
1285 – (7.25) – (01)
|
ISBN – 978-9943-977-28-0
© «Namangan» nashriyoti
© Tog‘ayev I.
Kirish
Hozirgi zamon botanika fanining oldida turgan mu-him vazifalardan biri Yer yuzida tarqalgan yovvoyi va madaniy holda o‘suvchi o‘simlik turlarini chuqur o‘rga-nib, ulardan xalq ho‘jaligi manfaati yo‘lida keng foyda-lanishdir.
Keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlari oldiga malakali mutaxassislar – bakalavr va magistrlar tayyorlash kabi muhim va mas`uliyatli vazifalar qo‘yilgan. Shunga muvofiq, boshqa fanlar kabi botanika faniga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Chunki har bir o‘simlik turini ajrata bilish, ularning tuzilishi, ekologik va geo-grafik tarqalishini tahlil qila bilish, zahira manbalarini aniqlash, muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, yuqori malakali biolog va ekolog mutaxassislar oldiga qo‘yiladigan birinchi talablardan hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda, “Yuksak o‘simliklar siste-matikasi” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun yaratilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalardagi kamchilliklarni bartaraf etib va ularda keltirilgan ma`-lumotlarning ayrimlariga sistematika nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritib, ushbu uslubiy qo‘llanmani tay-yorlashni zarur deb lozim topdik.
Bu uslubiy qo‘llanma eng so‘nggi, хalqaro qabul qilin-gan yangi taksonomik birlik va tizimlar asosida tayyor-landi.
Qo‘llanmaning asosiy maqsadi yuksak o‘simliklarning keng tarqalgan turlari bilan talabalarni tanishtirish, har bir o‘rganilayotgan o‘simlikning mustaqil tur sifati-da o‘ziga xos belgilarini ajrata bilish, ulardan foydalana olish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratil-gan.
Amaliy mashg‘ulotlar hajmi universitetlarning biolo-giya va ekologiya yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan namu-naviy o‘quv dasturiga muvofiq ravishda olib borilishi e`tiborga olingan. Har bir mashg‘ulot ma`lum bir mavzu bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, mashg‘ulot davomida talaba ishni mustaqil bajara olishi e`tiborga olingan.
Talabalar amaliy mashg‘ulot vaqtida har bir bo‘lim va oila vakillarini o‘rganib chiqish jarayonida, ularning ilmiy va mahalliy nomlarini, asosiy farq qiluvchi belgi-larini, yashash sharoitlarini yozma ravishda yakunlab, vakil sifatida o‘rganilgan o‘simlikning umumiy ko‘ri-nishlarini, ya`ni vegetativ va generativ a`zolarining rasmlarini albomga chizib, gul formula va diagramma-larini tuzib chiqish orqali, o‘rganilayotgan o‘simlik turi haqida to‘liq ma`lumotga ega bo‘ladilar.
Ushbu qo‘llanmadan universitet talabalari, o‘rta max-sus va kasb-hunar ta`lim muassasalari hamda o‘rta maktab o‘qituvchilari foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |