Mavzu: Maxsus muassasa rahbariyati bilan tanishtirish, talabalarni guruhlarga biriktirish, tarbiyachining hujjatlari bilan tanishish.
Biz bugun guruhimiz bilan Yunusobod tumanidagi 480-ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasiga keldik. Biznni bu yerga amaliyot rahbarimiz Shoaxmedova Surayyo Kamoliddinovna olib keldilar. Amaliyotchi rahbarimiz bizga o’quv pedagogik amaliyot dasturi va uzluksiz pedagogik amaliyotlarni o’tkazish va baholash yo’riqnomasi bilan tanishtirdi. Talabalarni 3-4tadan qilib guruhlarga biriktirildi. Men Tojiboyeva Madina Lutfullo qizi “Утенок” nomli tayyorlov guruhiga biriktirildim. Bu guruhda bolalar soni 8ta bo’lib, ular:
1.Babajanov Muhammadyoqub
2.Fozilxonov Abdumalikxo’ja
3.Gilyazov David
4.Jamoliddinov Abdulloh
5.Jumamuratov Muhammadali
6.Mavlyanxodjayev muhammadumar
7.Zaynutdinova Habibabonu
8.Xoliyarov Suhrobjon
Tarbiyachining asosiy 5ta hujjati bor ekan. Ular:
1.O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari:
- “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi
- O’zbekiston Respublikasining qonuni. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida
2.Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining davomatini qayd etish daftari
3.Tarbiyachining yillik ish jurnali
4.Bolaning rivojlanish xaritasi
5.Konspekt
Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti Logopediya yo’nalishi 305-guruh talabasi Tojiboyeva Madina Lutfullo qizining Yunusobod tumani 480-sonli ko’p tarnoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilgan pedagogik amaliyoti
HISOBOTI
Pedagogik amaliyot jarayoni Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti dekani D.A.Nurkeldiyeva, Logopediya kafedrasi mudiri N.Z.Abidova, fakultet pedagogik amaliyot bosh metodisti logopediya kafedrasi o’qituvchisi S.K.Shoahmedova va pedogogik amaliyot metodisti logopediya kafedrasi o’qituvchilari A.B.Mamatova, B.X.Husniddinovna rahbarligida 2022-yilning 14-martidan amaliyot kuni boshlandi.
Pedagogik amaliyotda bajariladigan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 2022-yilning 14-mart kuni Yunusobod tumani 480-sonli ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari D.Z.Sobirova hamda ushbu tashkilot metodisti bilan birgalikda tartib-qoidalar, tashkilot tarixi, tarbiyachilarning vazifalari, bolalar bilan qanday ishlash kerakligi, ularga beriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni haqida ma’lumot berishdi.
480-KTIDMTT bir necha yillardan beri o’z faoliyatini olib bormoqda. Hozirgi kunda u yerda 200ga yaqin tarbiyalanuvchi bolalar mavjud bo’lib ular bilan 20ga yaqin logopedlar, 30ga yaqin tarbiyachilar o’z ish faoliyatlarini olib borishmoqda.
Bu tashkilotda turli xil nuqsonga ega bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berilishi bilan nirgalikda, ularga bor nuqsonlarini korreksiyalash ishlari olib boriladi.
Biz biriktirilgan “Утенок” nomli tayyorlov guruhida ham turli xil nuqsonga ega bolalar mavjud. Biz guruh tarbiyachisi Yunusova U.M va defektolog logoped Mirazimova G.T bilan birgalikda ularning hujjatlarini ya’ni: o’quv rejasi, o’quv dasturi, yillik, oylik hamda kundalik rejalarni, guruhdagi bolalarning ma’lumotlarini, korreksion mashg’ulotlar haqidagi hujjatlarni ko’rib chiqdik.
Amaliyot davomida bolalar bilan birgalikda sinov va baholash mashg’ulotlarini o’tdik. Sinov mashg’ulotlarini o’tish davomida bolalarning diqqatlari bir joyda emasligi, bilish jarayonlarida sezilarli miqdorda susayish borligi sezildi.
Baholash mashg’ulotlarida biz bolalar bilan rivojlanish markazlari ustida ishladik. Bilish jarayonlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadida turli xil didaktik vositalar yordamida bolalar bilan mashg’ulot olib bordik.
Amaliyot davomida F83рожд.катаракта; F84; F83 autizm; F83; Dizartriya G 80.1 BSF Spastik diplegiya; F 07,8 F84+F80,1 I daraja; F83+Daun sindromi tashxisli bolalar bilan ishladik.
Biz mart oyi uchun bolalar bilan birgalikda “Mavsumiy o’zgarishlar” mavzusida mashg’ulot o’tdik. Bunda tarbiyachi faoliyatida ish olib bordik. Ularga bahor haqida ma’lumotlar berildi, undagi o’zgarishlar, ob-havo qanday bo’lishi haqida bolalarni tanishtirdik. Ularga daraxtlar, gular, tabiat rasmlarini chizdirdik, plastilin, rangli qog’ozlardan gular, daraxtlar yasash va bahorga Navro’z bayrami haqida she’rlar yod oldirdik, topishmoqlar aytib o’rgatdik.
Amaliyot davomida nuqsonli bolalarga mashg’ulot jarayoni qay tarzda tashkil qilinishi, ularda ko’proq nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida bilim va ko’nikmalar berildi.
Yunusobod tumani 480-KIMMTT “Утёнок” tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi
Gilyazov Davidga
Tavsifnoma
Gilyazov David 05.07.2018 yilda tavallud topgan bo’lib, Olmazor tumani Chimboy 6-2uyda istiqomat qiladi. Tarbiyalanuvchi 480-KIMMTga 06.08.2021 yilda autizm tashxisi bilan qabul qilingan.
Gilyazov Davidda hissiy va irodaviy yetishmovchilik bor. O’g’zaki ma’lumotlarga e’tibori zaif, diqqati beqaror va juda tarqoq. Davidda yuzaki idrok va obyektlarning yaxlit qiyofasini shakllantirishning surati juda sekin. Yodlash va ko’paytirish jarayonida o’z-o‘zini nazorat qilish darajasi past. U odatda guruhdagi hech qaysi bola bilan birga o’ynamaydi, ular bilan muloqotga kirishmaydi va hech kim bilan muloqot qilmaydi. Shu sababli David bilan muvofiq nutq, ovozli talaffuz va kognitiv jarayonlarni rivojlantirish uchun korreksiya ishlari olib borildi.
Sana: 01.04.2022
480-KIMMTT: D.Z.Zokirova
Guruh defektologi: G.T.Mirazimova
Yunusobod tumani 480-KIMMTT “Утёнок” tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi
Babajanov Muhammadyoqubga
Tavsifnoma
Babajanov Muhammadyoqub 13.09.2017 yilda tug’ilgan bo’lib, Yunusobod tumani 2-34-10 xonadonda istiqomat qiladi. Tarbiyalanuvchi 480-KIMMTTga 2021-yil F83 va tug’ma katarakta tashxisi bilan qabul qilingan.
Muhammadyoqub kun davomidagi mashg'ulotlar jarayonida kuzatishlar natijasida shu xulosaga keldim: Muhammadyoqub rasm chizishni yoqtiradi, u rasm ishtirokidan ma'lum bo'ldi.Navruz mashg'ulotlarida faol ishtirok etib, mavzularni yaxshi o'zlashtirdi, Muhammadyoqub raqsga tushishni juda ham yaxshi ko'radi.Unda o'qituvchilik qobiliyati bor ekan.Muhammadyoqub tabiatan xushchaqchaq,ko'ngilchan, juda quvnoq qiz .Gapirsa tushunadi,bajarishga harakat qilarkan .Guruhdagi boshqa tarbiyalanuvchilar bilan tez muloqatga kirishadi.Buni mashg'ulot davomida aniqladim.
Sana: 08.04.2022
480-KIMMTT: D.Z.Zokirova
Guruh defektologi: G.T.Mirazimova
Yunusobod tumani 480-KIMMTT “Утёнок” tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi
Xoliyarov Suhrobjonga
Tavsifnoma
Xoliyarov Suhrobjon 10.02.2018 yilda tug’ilgan bo’lib, Yunusobod tumani 119a uyda istiqomat qiladi. Tarbiyalanuvchi 480-KIMMTTga 04.03.2021 yilda alaliya tashxisi bilan qabul qilingan.
Suhrobjonning nutqi juda kambag’al bo’lib, boshqalarning nutqiga e’tibori past. Nutqni idrok etish qobiliyati sust. Oddiy ko’rsatmalarga javob qaytaradi (kundalik darajada): “Menga kel”, “Kiyimingni kiy”, “Olib ber”. Suhrobjonda nom berishga harakat qilgan oz sonli obyektlar mavjud, ammo ikkita tovush yoki bitta unli tovushdan iborat tovush majmuasi mavjud. U ko’pincha mimika, imo-ishora, ovoz va intonatsiya yordamida aytishga harakat qiladi. Suhrobjon logoped mashg’ulotlarini, logoritmikani va jismoniy mashqlarni bajarishni yaxshi ko’radi. Tarbiyalanuvchi bilan artikulyar apparatning harakatchanligini yaxshilash, tovushlarni va so’zlarni to’g’ri talaffuzi va bog’langan nutq ustida ishlandi.
Sana: 15.04.2022
480-KIMMTT: D.Z.Zokirova
Guruh defektologi: G.T.Mirazimova
Yunusobod tumani 480-KIMMTT “Утёнок” tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi
Mavlyanxodjaev Muhammadumarga
Tavsifnoma
Tarbiyalanuvchi Mavlyanxodjaev Muhammadumar 31.10.2016 yilda tug’ilgan bo’lib Yunusobod tumanida Islomobod 1-15 xonadonda istiqomat qiladi. Tarbiyalanuvchi 480- KIMMT ga 2021-yilda F84 motor alaliya tashxisi bilan qabul qilingan. Muhammadumar juda serharakat quvnoq bola. Lug’at boyligida so’zlar yo’q faqat tovushlar bor hayvonlarning, transport vositalarining tovushlariga taqlid qiladi. Muhammadumar o’ziga qaratilgan nutqni tushunadi lekin gapira olmaydi imo-ishora tilida tushuntirishga harakat qiladi. Kuzatuvlarim davomida shu narsaga amin bo’ldim Muhammadumar bilan alaliya korreksiyasi ustida tor mutaxasislikdagi hamkorlar bilan kompleks tarzda shug’ullanish kerak. Lug’at boyligi, nutqning fonetik-fonematik, leksik-grammatik komponentlari ustida korreksion logopedik ishlarni davom ettirish kerak hisoblanadi.
Sana: 21.04.2022
480-KIMMTT: D.Z.Zokirova
Guruh defektologi: G.T.Mirazimova
Mavzu: Maxsus muassasa tashkilotlarida olib boriladigan mashg’ulotlar rejasi bilan tanishtirish, tarbiyachining lavozim yo’riqnomasi, mashg’ulot jadvali, bolalar hijjatlari yig’ma jildlari bilan tanishish.
Bugun maxsus muassasa tashkilotlarida olib boriladigan mashg’ulotlar rejasi bilan tanishdik. Bu rejada hafta davomida o’tiladigan mashg’ulotlar mavzulari bor ekan. Rivojlanish markazlari bilan ham tanishib chiqdik. Bular:
1.Til va nutq markazi
2. Ilm fan va tabiat markazi
3. San’at markazi
4. Qurish, yasash, konstruktorlash matematika markazi
5. Syujetli rolli o’yin va dramalashtirish markazi.
Mavzu: Tarbiyachilardan mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar olish, o’quv dasturidagi mavzular bilan tanishish, sinov va baholash mashg’ulotlarini talabalarga taqsimlash.
Bugun tarbiyachilardan mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar oldik. O’quv dasturlaridagi mavzular bilan tanishib chiqdik.
Mart oyi 5 ta haftani o’z ichiga olib “GO’ZAL BAHOR” oyligi hisoblanib unda ham turli mavzular berilgan ekan. Mart oyidagi o’quv dastur ichida ketma-ket bayramlarni tashkil etish rejalari mavjud ekan. Tarbiyachi rejadagi har bitta mavzularga mos bolalarni qiziqtiruvchi ko’rgazmali qurollarni tayyorlab darsni juda qiziqarli tarzda tayyorlar ekan. Har bir reja bolalar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda puxta rejalashtirilgan bo’lib bolalarning imkoniyatlari va xususiyatlarini juda keng tarzda qamrab olar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |