Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
Kakku zig‘irining tashqi tuzilishini lupa yordamida o‘rganing. Poyada barglarni joylanishini, shaklini va rizoidlarni chizib oling.
Jinsiy ko‘payish organlari-anteridiy, arxegoniy va parafizalarni lupa yordamida o‘rganib, ularni tuzilishini chizib oling.
Yetilgan sporogoniy bilan tanishing, uning tashkil etgan-apafiza, ko‘sakcha bo‘shlig‘i, qopqoqcha va qalpoqchalarni bir-biridan farqlang.
Ko‘sakchadan qopqoqchani ajrating, epifragma va peristomalarga e`tibor bering. Ishni davom ettirib ko‘-sakcha bo‘shlig‘ini uzunasiga kesing, unda joylashgan ustuncha va sporangiylarni holatini mikroskop ostida o‘rganib, ularni rasmini chizib oling.
Preparat va tablitsalardan foydalanib, sporani o‘si-shida protonema va kurtakchalarni hosil bo‘lishini chizib oling.
Nazorat savollari
Kakku zig`iri o‘simligining anatomo-morfologik tuzilishida qanday o‘ziga xoslik mavjud?
Anterediy va arxegoniylar poyani qaysi qismida hosil bo‘ladi va ular qanday tuzilgan?
Sporogon (ko‘sakcha) qanday hosil bo‘ladi va uning tuzilishida o‘ziga xoslik nimalardan iborat?
Oq sfagnum yo‘sini
Sfagnumkabilar ajdodchasi – Sphagnidae
Sfagnumnamolar qabilasi – Sphagnales
Sfagnumdoshlar oilasi – Sphagnaceae
Vakillari:
1. Sphagnum acutifolium
2. Sphagnum balticum
Nazariy tushuncha: Sfagnumkabilar ajdodchasi 300 turdan iborat bo‘lib, ulardan biri – oq sfagnum yo‘sinining (3-rasm) tuzilishi o‘rganib chiqiladi.
Bu o‘simliklar qalin chim hosil qilib o‘sadi. Ularning tanasi uzun, nozik shoxlangan va mayda barglar bilan qoplangan. Poyasi kalta va uzun shoxchalarga ega. Kalta shoxchalar poyaning uchida g‘uj bo‘lib, boshoq-cha shaklida joylashadi. Uzun shoxchalari poyada 4-5 tadan joylashgan bo‘lib, pastga ba`zan osilib turadi. Oq (sfagnum) yo‘sinlarining poya va barglarining anatomik tuzilishida 2 xil hujayralar borligi ko‘rinadi. Birinchi xil hujayralar uzunchoqroq bo‘lib, xlorofil donachalariga ega yashil rangda. Ularning uchlari bir-biriga tutashib to‘r hosil qiladi. Ikkinchi xili esa serbar tiniq bo‘lib, to‘r ko‘zlarga joylashgan holda suvga to‘lgan bo‘lib oq rangda bo‘ladi. Bunday hujayralar gialin (o‘lik) hujay-ralar hisoblanib, xlorofil donachalarga ega emas.
Poyaning yuqori qismida jinsiy organlari – anteridiy va arxegoniylar yetiladi. Anteridiy ovalsimon yoki sharsimon shaklga ega bo‘lib, unda ikki xivchinli spermatozoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum hujayra rivojlanadi. Spermatozoidlar tuxum hujayraga suv yordamida yetib kelib qo‘shilishi natijasida otalanish sodir bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan sporogoniy vujudga keladi. Sporogoniy ikki qismdan ko‘sakcha va qisqa banddan iborat.
3-rasm. Sfagnum yo‘sini. 1-umumiy ko‘rinishi; 2-sporogonning tashqi tuzilishi; 3-bargning ko‘ndalang kesimi – xlorofilli va suv saqlovchi (gialinli) hujayralar; 4-arxegoniylar; 5-novda va barg oralarida joylashgan anteridiylar; 6-protonema va gametofitning rivojlanishi.
Ko‘sakchani ichki tomonida gumbazsimon sporangiy va uning tagida ustuncha bor. Sporangiyda yetilgan sporalar ko‘sakcha devorini yorilishi natijasida tashqariga sochilib, yerga tushadi. Sporadan dastlab protonema va rizoidlar o‘sib chiqib, keyinchalik sfagnum o‘simligiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |