Архегонийли ва гулли ўсимликлар бўйича амалий машғулотлар



Download 6,34 Mb.
bet11/67
Sana11.03.2022
Hajmi6,34 Mb.
#490909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
Yuksak o‘simliklar sistematikasidan (4)

Selagosimon selaginella

Bu o‘simlik (5-rasm) nam o‘tloqzorlarda va torfli botqoqliklarda uchraydi. Poyasi ko‘pincha dixotomik ravishda shoxlar hosil qiladi. Poya va shoxlarni mayda barglar qoplab turadi. Sporangiylar hosil bo‘ladigan bargning asosida yupqa tangachasimon o‘simta bo‘lib, u “tilcha” deb ataladi. Tilchaning vazifasi selaginella hayotida hali aniqlangan emas. Qo‘shimcha ildizi poya-ning shoxlangan joylaridan hosil bo‘lgan ildiz dastala-rining (rizoforlar) uchki qismidan vujudga keladi.




5-rasm. Selagasimon selaginella. 1-umumiy ko‘rinishi; 2-mikro va makrosporangiyali boshoqning bo‘yiga kesimi; 3-mikrosporofil (a-mikrospora, b-otalik gametofit, v-spermatazoid); 4-makrosporofil (a-makrospora, b-rizoidli onalik gametofit, v-arxegoniy); 5-zigota; 6,7-murtakdan yosh sporofitning rivojlanishi
Selaginellalar ham sporangiylarda hosil bo‘lgan spo-ralar yordamida ko‘payadi. Sporangiylar shoxlarning yuqori tomonida to‘p-to‘p bo‘lib joylashib, spora hosil qiluvchi boshoqchalarga aylanadi. Boshoqcha o‘q va spora bargchalardan iborat. Har bir spora bargcha-sining qo‘ltig‘ida mikro va makrosporangiylar joy olgan. Mikrosporangiylarda bir nechta mikrosporalar, makro-sporangiylarda esa tikansimon parda bilan o‘ralgan to‘rtta yirik makrospora vujudga keladi. Sporalar spora-ngiylar devorining yorilishi natijasida tarqaladi.
Qulay sharoitga tushgan mayda sporalardan otalik gametofiti yuzaga keladi. U reduktsiyalangan bo‘lib, bitta anteridiydan ikki xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Yirik sporalardan esa onalik gametofitlar vujudga keladi. Gametofit spora pardasini ichida rivojlanib, sekin-asta uchburchak shaklida tashqariga yorib chiqadi, lekin undan ajralib ketmaydi. Hosil bo‘lgan gametofitda arxegoniylar yuzaga kelib, ulardagi tuxum hujayra bilan spermatozoidlar qo‘shilishi natijasida otalanish sodir bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan embrion hosil bo‘lib, u asta-sekin voyaga yetgan selaginella o‘simligiga aylanadi.



Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish