Soat uchlarda uzoqdan suv ko‘rindi. U quyosh nurida jimirlab oqib yotardi.
— Suv! — deb qichqirdi Glenarvan.
— Ha, suv, suv! — deb qichqirdi Robert.
153
Endi otlarni qistashning hojati qolmadi. Suvning yaqinligini ko'rib bechora jonivorlarning kuchlariga kuch qo‘shildi. Ular bir necha minutda Guamini daryosiga yetib bordilar va ko‘kragigacha suvga botib, yutoqib suv icha boshladilar. Otlari bilan daryoga tushib ketgan sayohatchilar ulardan o‘rnak olib, suvga sho‘ng‘idilar, bunga hech kim xafa ham bo‘lmadi.
— Oh, qanday maza-ya! — deb qichqirdi daryo-ning o‘rtasida rohat qilib suv ichayotgan Robert.
— Ko‘p suv ichma, Robert,— dedi Glenarvan, am mo o‘zi bunga amal qilishni xayoliga ham keltirmadi.
Hamma ham shoshib-pishib, yutoqib suv ichardi. Faqat Talkav shoshmay, xotirjamlik bilan, patago-niyaliklar tili bilan aytganda, «lassodek uzun-uzun» yutimlar bilan shimirib suv ichardi. U suvdan sira bosh ko‘tara olmasdi, unga qarab turib, daryoning hamma suvini ichib yuborsa-ya, deb cho'chib ketish mumkin edi.
— Do‘stlarimizning umidi puchga chiqmaydigan bo'ldi,— dedi Glenarvan.— Guamini daryosiga yetib kelishgach, ular istagancha toza suv icha oladilar, lekin Talkav daryoni quritib qo'ymasa bo‘lgani.
— Ularga peshvoz chiqsak bo‘lmaydimi? — deb so'radi Robert. — Bu bilan biz ularni bir necha soat bekorga tashvish tortishdan va suvsizlik balosidan xalos qilgan bo‘lardik.
— To‘g ‘ri, o‘g‘lim, shunday qilsak yaxshi bo'lardi, lekin suvni nimada olib borasan? Meshlarimiz Vilsonda qolgan-ku. Yo‘q, yaxshisi, shartimizga bi-noan shu yerda kuta turamiz. Ular bosib o‘tadigan masofani, buning ustiga, otlarning oyog'iga qarab ke-lishlarini nazarga olsak, bu yerga faqat kechasi yetib keladilar. Shuning uchun ularga yaxshi ovqat bilan yotar joy tayyorlab qo‘yaylik.
Talkav Glenarvanning taklifini kutmay, tunash uchun joy axtarib ketdi. U daryo bo‘yidan bir rama da — uch tomoni devor bilan to'silgan molqo‘ra top-di. Ochiq havoda yotishdan qo‘rqmaydigan odamlar uchun ramada juda yaxshi joy bizning sayohatchilar esa bundan qo‘rqmas edilar. Shuning uchun ular hun dan ham yaxshiroq boshqa joy axtarib o‘tirmay, ho‘l bo'lib ketgan kiyim-kechaklarini oftobda quritish maqsadida yerga yonboshladilar.
154
— Tunashga joy topdik, — dedi Glenarvan. — Endi faqat qorinning g ‘ami qoldi. Bizni ilgari yubor-gan o‘rtoqlarimiz mamnun bo'lishlari kerak, agar yanglishmasam, ularni xafa qilmaymiz ham. Biror soat ov qilsak, vaqtimiz bekor ketmas deyman. Tayyormisan, Robert?
— Tayyorman, ser, — dedi bola, m iltig‘ini ko‘tarib o‘rnidan turar ekan.
Glenarvanning miyasiga ov qilish fikri kelganiga sabab, Gaumini daryosining sohili atrofdagi butun qirlarda uchraydigan hayvon va qushlarning to'planadigan joyiga o‘xshardi. Pampaslarda bo‘ladi-gan qizil kakliklarning bir turi —tinamular, qora chillar, sariq qiziloyoqlar va chiroyli ko‘kish patli suv tovuqlari gala-gala bo‘lib uchib yurardi.
Lekin atrofda to‘rt oyoqli hayvonlar ko‘rinmasdi. Talkav, ular nariyoqda deganday, baland o‘sib yotgan o'tlar va qalin o'rmon tomonni ko‘rsatdi. Ovchilarimiz bir necha qadam bosishlari bilanoq hayvonotga boylikda dunyoda tengi yo‘q bir joyga yetib bordilar.
Ular parrandadan oldin bir-ikkita to‘rt oyoqli hayvon otib olmoqchi bo‘ldilar: shuning uchun dast-lab pampaslarning yirik jonivorlaridan ov qildilar. Ular qarshisidan cho‘chib ketgan yuzlab kosul va gua-nakolar chiqib qoldi, bu guanakolar Kordiler tog‘ida sayohatchilar ustiga bostirib kelgan guanakolarga o'xshardi. Ammo bu qo‘rqoq jonivorlar shunday tez qochib qoldilarki, ularga o‘q yetadigan masofada yaqinlashishning iloji bo‘lmadi. Shundan keyin ovchi-lar parranda otishga kirishdilar. Qushlar guanakolar-day hurkak emas, buning ustiga go'shti ham juda laz-zatli bo'ladi. 0 ‘n ikkita qizil kaklik bilan qiziloyoq ot-dilar, bundan tashqari Glenarvan ustalik bilan o‘q uzib, bitta tai-tetr ham otib oldi. Juni sarg‘imtir, eti qalin bo'ladigan bu jonivorning go'shti juda shirin, shuning uchun unga ketgan poroxga achinmasa ham bo‘lardi.
Ovchilarimiz yarim soatga ham qolmay hech bir qiyinchiliksiz, keragicha narsa otib oldilar. Robert ham quruq qolmadi; u siyrak tishlilar oilasiga kira-digan armadil degan g ‘alati bir jonivorni otib oldi, ar-madil badani suyaksimon harakatchan plastinkalar bi lan qoplangan bir yarim fut uzunlikdagi jonivor. U
Do'stlaringiz bilan baham: |