Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


To'satdan uyg‘onib ketgan Glenarvan bilan Robert irg‘ib turdilar



Download 0,7 Mb.
bet62/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

To'satdan uyg‘onib ketgan Glenarvan bilan Robert irg‘ib turdilar.

Nima gap? — deb qichqirdi Robert.

Hindular emasmi? — deb so'radi Glenarvan.

Yo‘q, — dedi Talkav, — aguarlar.

Aguarlar? — deb qaytarib so‘radi Robert, Glenarvanga savol nazari bilan qarab.
Ha, — deb javob berdi Glenarvan, — pam­ paslarda bo‘ladigan qizil bo‘rilar.
Ular ham miltiqlarini olib, hindning yonida turdi­ lar. Talkav indamay qattiq uvlagan tovushlar eshiti-layotgan qir tomonni ko‘rsatdi. Robert beixtiyor bir qadam orqaga tashlandi.

Bo‘rilar dan qo ‘rqmaysanmi, o‘g ‘lim? — deb so‘radi Glenarvan.


Qo'rqmayman, ser, — deb javob berdi bola, dadillik bilan. — Siz bilan birga bo‘lganimda hech narsadan qo'rqmayman.
Yana ham yaxshi. Aguarlar unchalik xavfli yirtqich emas, bunchalik ko‘p bo‘lmaganda men ularga hech bir e’tibor qilmagan bo‘lardim.
Ko‘p bo‘lsa nima! — dedi Robert. — Biz yaxshi qurollanganmiz. Yaqinlashib ko‘rsinlarchi!
To‘g‘ri, shunday boplaymizki, asti qo‘yaversan! Shunday deb, Glenarvan bolani tinchitmoqchi
bo'ldi, lekin o‘zi tunda bostirib kelayotgan bu sonsiz-sanoqsiz yirtqichlardan cho'chib turardi. Bo'rilar bir necha yuz bo‘lishi ehtimol, shuning uchun, yaxshi qurollangan bo‘lsalar ham, uch kishining bunchalik ko‘p yirtqichga bas kelishi qiyin edi.


159

Patagoniyalik «aguar» deganda Glenarvan darhol pampaslarda yashovchi hindular qizil bo‘rilarni shun­ day deb atashlarini esladi. Tabiyotshunoslar bu yirtqichni canis iubatus deb ataydilar. Qizil bo‘rining jussasi kattakon itday keladi, boshi tulkining boshiga o'xshaydi, yungi to‘q qizil, orqasida dumidan to boshigacha qora yoli bor, qizil bo‘ri juda chaqqon va kuchli yirtqich. Odatda u botqoqliklarda yashaydi, ko‘pincha o'ljasini suvda ham quvadi. Qizil bo'ri kun-duzi uyasida uxlab, qorong'u tushishi bilan ovga chiqadi. Ulardan ayniqsa estansiyalarda1 qo‘rqadilar. Och aguar hatto qoramolga ham hujum qiladi va ko‘p mollarni qirib tashlaydi. Qizil bo‘ri yakka uchraganda xavfli emas, lekin och bo‘rilar galasi juda qo‘rqinchli. Och qizil bo‘rilar galasiga uchragandan kuguar yoki qoplonga duch kelgan yaxshiroq, chunki ular bilan yakkama-yakka olishish uncha qiyin emas.
Pampaslardan eshitilayotgan uvlash va qirda yugurib kelayotgan soyalarning ko‘pligini ko‘rib, Guamini bo‘yida yuzlab qizil bo'rilar yig'ilganiga Glenarvanning shubhasi qolmadi. Bu yirtqichlar mol qo'rada o‘lja — ot va odam go‘shti borligini sezib, har biri o‘z iniga shu mazali go‘shtdan biror parcha olib ketishning payiga tushgandi. Ahvol juda ham xatarli.
Bo‘rilar borgan sari yaqinlashib kela boshladilar. U yg‘onib ketgan otlarni dahshat bosdi. Faqat Taukagina tizginni uzib, qirga qochishga urinar va zo‘r berib yer tepinardi. Talkav to‘xtovsiz hushtak chalib, uni tinchlantirishga harakat qildi. Glenarvan bilan Robert yirtqichlar hujumini daf qilishga hozir-lanib ramada oldiga turdilar. Ular karabinlarini o'qlab, bostirib kelayotgan aguarlarning birinchi qa-toriga qarata o‘q uzmoqchi bo‘lgan edilarki, birdan Talkav indamay qo‘li bilan ularning m iltig‘i og‘zini yuqori ko‘tardi.

Talkav nima demoqchi? — deb so‘radi Robert.

Otmanglar deyapti.

Nima uchun?

Hali erta demoqchi shekilli.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish