Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Otlarni ham yoddan chiqarmadilar. Ramadada poxol shunday ko‘p ekanki, otlarning yemigagina emas, sayohatchilarning tagiga solib yotishiga ham yetdi



Download 0,7 Mb.
bet61/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Otlarni ham yoddan chiqarmadilar. Ramadada poxol shunday ko‘p ekanki, otlarning yemigagina emas, sayohatchilarning tagiga solib yotishiga ham yetdi.
Hamma tayyorgarlik bitgach, Glenarvan, Robert va Talkav o‘z poncholariga o'ralib, pampaslardagi ovchilarning oddiy to'shagi — alfafara ustiga cho'zildilar.


156

0 ‘ n t o ‘ q q i z i n c h i b o b
QIZIL BO'RILAR
Tun kirdi, yangi oy ko‘rinishidan oldin bo‘ladigan qorong‘u tunlardan biri. Qirni faqat yulduzlarigan sal yoritib turardi. Ufqda tumanga ko‘milib, Zodiak yul-duzlari miltillardi. Guamini daryosi jimgina oqmoq-da. Qushlar, sudraluvchilar, jonivorlar — butun tabi-at dam olayotir. Bepoyon pampaslar bag‘riga sahro jimligi cho‘kkan.
Glenarvan, Robert va Talkav ham umumdan o‘rnak oldilar: taglariga yumshoq yow oyi beda yozib, qattiq uyquga ketdilar. Charchab holdan toy-gan otlar ham cho‘zilib yotib oldi. Faqat haqiqiy zotli ot Taukagina tik turgan holda uxlardi. Tauka uyqudaligida ham uyg'oqligidagidek qaddini mag‘-rur tutardi. U egasining birinchi chaqirig'i bilanoq qushdek uchib ketishga tayyor turardi. Molqo'rada-gi jimjitlikni hech narsa buzmas, zimiston bag‘rida faqat o‘chib borayotgan gulxanning xira shu’lasigi-na miltillab turardi.
Ammo kech soat o'nlarda sal ko‘zi ilingan Talkav yana uyg'ondi. Uning yarim ochiq ko‘zlarida jiddiyat ko'rindi: Talkav diqqat bilan allanarsaga quloq sola boshladi. Aftidan, u sal-pal eshitilayotgan sharpani ilib olmoqchi edi. Ko‘p o‘tmay, Talkavning odatda doim xotirjam bo‘lgan chehrasida xavotirlik ko‘rindi. Sayoq hindularning pisib kelayotganini eshitib qoldimikin? Yo qoplonlarning yaqinlashayotganini, yo bo'lmasa yo‘lbarslarning, daryolar yaqinida uchrab turadigan boshqa yirtqich hayvonlarningmi irillashini eshitib qoldimikin? Bu keyingi taxmin to‘g ‘riroq ko‘rindi shekilli, hindu molqo'ra ichiga uyib qo‘yil-gan o‘tin-cho‘pga birrov ko‘z tashlab oldi-da, xavotirligi yana ham ortdi. Haqiqatan ham zapasda qolgan quruq alfafara gulxanga tashlansa tezlikda yonib tamom bo‘lar, demak, yirtqichlarning shiddatli hujumidan uzoq saqlay olmasdi.
Bunday sharoitda Talkavning nima bo‘lishini kutib yotishdan boshqa chorasi yo‘q edi, shuning uchun kutilmagan xavfning yaqinlashib kelayot-ganidan uyg‘onib ketgan Talkav har narsaga hozir holda nima bo'lishini kutib yotdi.


157


Bir soat o‘tdi. Talkav o‘rnida boshqa odam bo‘lganda atrofdagi jimlikning sira buzilmayot-ganidan xotirjam bo‘lib, yana uxlab qolgan bo‘lardi. Lekin chet ellik odamlar hech narsa sezmagan bir vaqtda, yerli hinduning o‘tkir tuyg‘usi va tabiiy instinkti xavf yaqinligini sezdi. Talkav diqqat bilan quloq solib, qorong‘uga tikilib qarab yotar ekan, birdan Tauka kishnab yubordi va boshini molqo‘-raga kiraverish tomonga burib, burun teshiklarini kergan holda havoni qattiq hidladi. Patagoniyalik irg‘ib o'rnidan turdi.
Tauka dushmanni payqadi, — deb o'zicha po‘ng‘illaganicha ramadadan chiqdi-da, diqqat bilan qirga tikilib qaray boshladi.
Atrof jimjit, lekin qandaydir xavotirli edi. Talkav kurra — mamellar orasida lip-lip etib, u yoq-bu yoqqa o‘tib yurgan allaqanday soyalarni ko‘rib qoldi. U yer-bu yerda allanarsalar cho‘g ‘dek yonib qolardi. Ular


158

bir joyda turmas, g‘ivillab har tarafga surilar, o‘chib qolar, so‘ng yana yonardi. Kattakon ko'rfaz suvi yuzida allaqanday sirli chiroqlardan tushayotgan shu’lalar o‘ynayapti deb o'ylash mumkin edi. Chet el-li kishi bu o'chib-yonayotgan cho‘g ‘larni pampaslar-ning ko‘pgina yerida uchrab turadigan yorug' qo‘ng‘izlar deb o‘ylashi mumkin, lekin Talkav yang-lishmadi, u qanday dushman bilan to'qnash kelishini angladi. Miltig‘ini o‘qlab, mol qo‘ra og'zida tayyor holda kutib turdi.
Uzoq kutishga to‘g ‘ri kelmadi. Pampaslarda uvla-ganga o'xshash g‘alati tovush eshitildi. Unga javoban karabindan o‘q uzildi, keyin yuzlab yirtqichlar to-mog‘idan chiqqandek dahshatli uvullash eshitildi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish