Patagoniyalik Robertga tez-tez ko‘z tashlab qo‘yar* di. Robertning egarga to‘g‘ri va mahkam o'tirganini,
150
ko'kragini sal kerib, oyog'ini bo'sh ushlab, tizzalari bi lan egarni qisib borayotganini ko‘rgan Talkav qiyqirib o‘zining undan mamnunligini bildirardi. Robert Grant haqiqatan ham yeindning maqtoviga arziydigan ajoyib chavandoz bo‘lib qolgan edi.
— Barakalla, Robert! — dedi Glenarvan, bolaning ko‘nglini ko‘tarib. — Talkav sendan juda mamnunga o'xshaydi.
— Nimamdan mamnun bo‘ladi, ser?
— Ot minishingdan.
— Men egarda mahkam o‘tiribman, xolos, — dedi bola, xursand bo‘lganidan qizarib.
— Hamma gap ana shunda, Robert, — deb davom etdi Glenarvan. — Juda kamtarinsan, lekin hozir-danoq aytib qo‘ya qolay, sendan ajoyib sportchi chiqa-di.
— Sportchi bo'lsam yaxshi-ku, — dedi kulib Robert. — Ammo otam meni dengizchi qilmoqchi. Bunga u nima derkin?
— Biri-biriga xalaqit qilmaydi. Hamma chavan-dozlar yaxshi dengizchi bo‘la olmasalar ham, hamma dengizchilar yaxshi chavandoz bo‘la oladilar. Reyaga minib o‘tirganingda yiqilib ketmaslik uchun o‘zingni mahkam ushlashni o'rganasan kishi, otni yugurib ke-tayotgan yerida taqqa to'xtatish, uni yonga, orqaga burish o‘z-o‘zidan bo‘lib ketadigan tabiiy narsa.
— Bechora otam! — dedi bola. — Qutqarib ol-ganingizda u sizdan shunday minnatdor bo‘ladiki, ser!
— Sen uni juda sevasanmi, Robert?
— Juda, ser. Otam men bilan opamni shunday yaxshi ko‘rardiki, asti qo‘yasiz! Uning fikri-yodi biz-da bo‘lardi. Har bir uzoq safarga borganida o‘sha o‘zi borgan hamma uzoq o‘lkalardan bizga sovg‘alar olib kelardi. Lekin, hammasidan yaxshisi, safardan qaytib kelgach, u biz bilan shunday mehr-muhabbat bilan gaplashar, bizni shunday erkalatar ediki, qo‘yavera-siz! Eh, otam bilan yaqindan tanishsangiz, uni siz ham yaxshi ko'rib qolasiz! Meri unga o‘xshaydi. Otamning ovozi ham Merinikiga o'xshagan yushmoq, mayin. Dengizchining ovozi shunday bo‘lishi qiziq-a, to‘g ‘rimi?
— Ha, juda qiziq, Robert, — dedi Glenarvan.
— Men uni xuddi ko‘rib turgandekman, — deb
151
davom etdi bola, go‘yo o‘zi bilan o‘zi so‘zlashayotgan-dek. — Sevimdi, aziz otam! Kichkinaligimda u meni tizzasida tebratib o‘tirib, vatanimiz ko'llari to‘g ‘risidagi eski shotlandcha ashulani aytardi. Hali ham har zamon-har zamonda o‘sha ashulani g ‘ira-shi-ra eslayman. Merining ham esida bor. Eh, qanday yaxshi ko'rar edik uni! Bilasizmi, men nazarimda odam otasini bunchalik yaxshi ko‘rish uchun bola bo'lishi kerakmi deyman-da!
— Lekin uni izzat-hurmat qilish uchun katta bo‘lish kerak, o‘g‘lim ,— deb javob berdi yigitchaning samimiy yurak gaplaridan ta’sirlangan Glenarvan.
Do'stlaringiz bilan baham: |