148
bir amallab tillashib olishishimizga kifoya qilsa ke rak.
— Bo‘lmasa oq yo‘l, qimmatli do‘stim, — dedi Paganel.
— Oldin ovqatlanamiz, — dedi Glenarvan, — keyin, iloji bo'lsa, yo‘lga chiqishdan oldin jindek-jin-dek mizg‘ib olamiz.
Sayohatchilar quruq ovqat yeb oldilar, lekin bu ularni qondirmadi, albatta, keyin esa yotib olishdan boshqa durustroq ish bo‘lmaganidan darrov uyquga yotdilar. Paganelning tushiga shaldirab oqayotgan ariqlar, sharsharalar, daryolar, anhorlar, hovuzlar, hatto suv to‘la grafinlar, xullas, ichadigan suv bilan aloqasi bor narsalarning hammasi kirib chiqdi. Bu chidab bo'lmaydigan azob edi.
Ertasiga ertalab soat oltida Talkav, Glenarvan va Robert Grantlarning oti egarlandi. Otlarni meshlarda qolgan suv bilan sug'ordilar. Ular suvni yutaqib, am-mo hech qanday lazzatlanmay ichdilar, chunki mesh-lardagi suv ko'ngil aynatadigan edi. Otlarni sug‘orib bo‘lishgach, Talkav, Glenarvan va Robert egarga o‘tirdilar.
— Xayr! — deb qichqirib qolishdi orqadan bora-diganlar.
— Ishqilib, orqaga qaytmaslikka harakat qiling-lar! — deb qo‘shib qo‘ydi Paganel.
Do'stlaringiz bilan baham: |