Lekin juda achchig‘i chiqib ketgan Paganel bo‘sh
145
kelmadi va Glenarvanga yopishdi, Glenarvanning gapga aralashuvi unga o‘rinsiz hazilday tuyulgan edi.
— Demak, sizning o‘ylashingizcha, mening asablarim joyida emas ekan-da, ser?
— Albatta, Paganel, buning sababi esa shimoldan esgan shamol. Bu shamol bu yerlarda xuddi Rim atrofidagi shimoliy shamolga o‘xshab odamni ko‘pin-cha hatto jinoyat qilib qo'yishgacha olib boradi.
— Jinoyatga dedingizmi! — deb qichqirib yubordi geografiya olimi. — Hali men jinoyatchiga o‘xshab qoldimmi?
— Men bunday deganim yo‘q.
— Yaxshisi, meni so‘yib qo‘ymoqchisan deb qo‘ya qoling!
— Shunday qilmasangiz deb qo‘rqaman! — dedi Glenarvan o'zini ortiq kulgidan tutolmay. — Yaxshi hamki shamol shimol tomondan faqat bir kungina esa-di.
Do'stlaringiz bilan baham: |