Glenarvanning so‘zini eshitgan sayohatchilar xa-holab kulib yubordilar.
Paganel yolg‘izlikda jahldan bir oz tushish uchun otini niqtab oldinga choptirib ketdi. Chorak soatchadan keyin u nima to‘g ‘rida g'ijillashib qol-ganini ham, jahli chiqqanini ham esidan chiqarib yubordi. Doim quvnoq bo‘lgan geografiya olimi ana shu tarzda birpas qizishib oldi, lekin buning sabibi, Glenarvan aytgandek, shimoldan esgan shamol edi.
Kechqurun soat sakkizlarda bir oz oldinroqda bo-rayotgan Talkav Salinas ко‘liga yaqinlashib kelgan-larini xabar qildi. Chorak soatdan so‘ng otryad Salinas ko'lining tik qirg‘og‘idan pastga tushib bor-moqda edi. Lekin ko'lni ko‘rib sayohatchilarning haf-salasi pir bo‘ldi: ko‘l qurib qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |