chi emas, o‘z hayotini tahlika ostiga qo‘yib bo‘lsa ham, ularni qutqarmoqchi edi.
Tauka egarlandi: u so‘liq chaynar va sabrsizlik bi lan turgan joyida irg'ishlar, ko‘zlaridan o‘t chaqnar-di. Ot egasining maqsadini tushundi. Hindú jilovdan ushlab endi egarga minmoqchi bo‘lib turganda Glenarvan titroq qo‘llari bilan uni ushlab qoldi.
— Ketmoqchimisan? — deb so‘radi u, qirning bo‘rilardan bo'shab qolgan tomonini ko'rsatib.
— Ha, — dedi hindú, Glenarvanning imosiga tu-shunib. Keyin ispan tilida qo‘shib qo‘ydi: — Tauka — yaxshi ot! Uchqur! Bo'rilarni ergashtirib ketadi.
— Oh, Talkav! — dedi Glenarvan.
— Tezroq, tezroq! — deb shoshirdi hindú.
— Robert! 0 ‘g ‘lim! Eshityapsanmi? — dedi Glenarvan, hayajondan ovozi titrab. — U bizni deb jonini qurbon qilmoqchi! Bo‘rilarning butun g'azabini
164
Do'stlaringiz bilan baham: |