Y i g i r m a i k k i n c h i b o b
EDEN
Ahvol jiddiy, umidsizlikka tushib o'tirish emas, harakat qilish lozim. Hamon Kemplpir ko‘prigi yondirib yuborilgan ekan, qanday qilib bo‘lmasin Snou daryosidan o‘tish va Tufold ko‘rfaziga Ben Joys shaykasidan oldinroq yetib borish kerak. Ana shuning uchun bekorchi gaplarga berilib vaqt o'tkazmay, Glenarvan bilan Jon Mangls ertasiga, 16-yanvar ku-niyoq bir amallab kechuv tashkil qilish uchun daryo bo‘yiga ketdilar.
Snouning so‘nggi yomg‘irdan keyin ko‘tarilgan shoshqin suvi, hali ham kamaymagan. Daryo guvill-ab, nihoyatda tez oqayotir. Undan o‘taman deyish — o‘zni baloga duchor qilish bo‘lardi.
Glenarvan boshini quyi solib, qo‘llarini ko‘kragi ustiga qovushtirib, daryo bo‘yida qimirlamay turardi.
— Men narigi sohilga suzib o'tishga harakat qilib ko‘raymi? — deb taklif qildi Jon Mangls.
— Yo‘q, Jon, — deb javob berdi Glenarvan, jasur yigitning yengidan ushlab, — kuta turamiz!
Ular manzilga qaytib keldilar. Kun ming xil azoblar ichida o‘tdi. Glenarvan Snou yoqasiga o‘n martacha borib keldi. U daryodan o'tishning biror dadil yo‘lini topsam deb bosh qotirardi. Iloji topilma-di. Snou daryosidan suv o‘rniga lava oqib yotganda ham, undan o‘tish hozirgidek xavfli bo‘lmasdi.
Majburiyat natij asida bu yerda qolib ketishgan kunlarda Elen mayorning maslahatiga amal qilib, yarador Myulredini sidqidildan va hafsala bilan par-varish qildi. M atros sekin-asta quvvatga kira-yotganini sezar edi. Endi Mak-Nabbs yaradorning eng muhim a’zolari zararlanmagan ekan, deb dadil aytish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aftidan, matrosning juda holsizlanib qolishi ko‘p qon oqqanidan edi. Shuning uchun, hamon qon oqishini to ‘xta-tishgan va yara bitib kelayotgan ekan, u tamom tuzalib ketish uchun tinch yotib, orom olishi lozim. Elen M yulredini sidqidildan va hafsala bilan parvarish bo'limda qolib, davolanishni qattiq talab qildi, bu esa yaradorni ko‘p xijolat qilardi. Sofdil matrosni hammadan ko‘proq uni deb butun otryad shu yerda qolib ketishi xijolat qilardi, Myulredi daryodan kechib o'tishning iloji top-ilsa, uni Vilson bilan birga shu yerga tashlab ketish-lariga va’da oldi.
Baxtga qarshi, na o‘sha kuni, na ertasiga, 17-yan-varda, daryodan o'tishning iloji bo‘lmadi. Buncha vaqt tutilib qolishlari Glenarvanni umidsizlikka sola boshladi. Elen bilan mayor uni sabr qiling, deb ko‘ndirishga bekor ovora bo‘lishardi. Ehtimol, Ben Joys hozir «Dunkan» palubasiga chiqib borayot-gandir, ehtimol, «Dunkan» langar ko‘tarib, o‘zini falokat kutib turgan sharqiy sohilga yo‘l olish uchun dengizga chiqayotgandir, shunday paytda sabr qilib bo‘larmidi!
Turgan gapki, Glenarvan boshdan kechirayotgan barcha azoblar Jon Manglsning ham boshidan o‘tmoq-da edi. Shuning uchun, ularning yo‘lida g‘ov bo‘lgan bu to'siqni qanday bo‘lsa ham yengish uchun u yelim
441
daraxtlarining katta-katta po‘stloqlaridan qayiqqa o'xshash bir narsa yasadi. Yengil po‘stloqlardan yog'och mix yordami bilan yasalgan bu qayiq juda nimjon bo‘lib chiqdi.
18-yanvar kuni kunduzi kapitan o‘z matrosi bilan o‘sha ojizgina qayiqni sinovdan o'tkaza boshladi. Juda ehtiyotkorlik, epchillik, mardlik bilan ish
ko'rdilar, lekin qayiq oqimga uchrashi bilanoq
to ‘ntarilib ketdi, jasur yigitlarim izning cho'kib
ketishiga sal qoldi. Qayiq esa girdobda bir pas aylanib yurdi- da, g ‘oyib bo'ldi. Yoqqan yomg'irlar va qorning erishi natijasida suvi juda ko'payib, bir milcha joyga toshib ketgan tez oqar daryoda ular qayiq bilan o‘n sajen joyga ham suzib borolmadilar.
19- va 20-yanvarda ham taskin beruvchi biror o'zgarish bo‘lgani yo‘q. Mayor bilan Glenarvan daryo-ning yuqori oqimi tomon yurib, besh milcha joyga borib keldilar, lekin kechuv topilmadi. Daryo hamma yoqda ham bir xil, nihoyatda katta tezlik bilan shovullab oqib yotardi: unga Avstraliya Alplarining janubiy yonbag‘ridan oqib tushadigan barcha ariq va soylar kelib quyilardi- da!
«Dunkan »ni qutqarish fikridan voz kechishga to‘g‘ri kelardi. Ben Joysning jo‘nab ketganiga besh kun bo‘ldi. Kema allaqachon sharqiy sohilga yetib kelib, katorjniklar qo'liga tushgan bo‘lsa ham ehti mol.
Lekin bunday ahvol uzoq davom qilmasdi. Suv toshqini qancha kuchli bo‘Isa, shuncha tez tugaydi. 21-yanvarda ertalab Paganel Snouning suvi kamaya boshlaganini sezib qoldi. Geografiya olimi buni Glenarvanga xabar qildi. — E, endi bari bir emas-mi! — deb javob berdi Glenarvan. — Vaqt o‘tdi endi!
— Lekin bu yerda doim qolib ketmasligimiz kerak-ku, axir, — dedi Mak-Nabbs.
— Albatta, — dedi Jon Mangls. — Ehtimol, erta-ga daryodan o‘tish imkoniyati tug'ilar.
— Lekin endi mening komandamni qutqazib bo‘larmidi! — dedi Glenarvan.
— Gapimga quloq soling, ser, o'tinib so‘ray-man, — dedi yosh kapitan. — Men Tom Ostinni yaxshi bilaman. U, albatta, buyrug‘ingizni bajarib, iloij bo‘ldi deguncha dengizga chiqadi. Lekin Ben Joys Melburnga yetib borganda kemaning remonti
442
bitganmidi, yo‘qmi, bunisi bizga ma’lum emas-ku?.. Bordi -yu, kemaning remonti hali bitmagan bo‘lsa -chi? Ostin remont bilan ovora bo'lib, yana ikki-uch kun kechikib kelsa-chi?
— Gapingiz to‘g‘ri, Jon, — dedi Glenarvan, — biz Tufol ko‘rfaziga yetib borishimiz kerak. Delegeytdan nihoyati o‘ttiz besh mil joydamiz-a!
— U yerdan esa, — dedi Paganel — biz ot-ulov topamiz, u bizni manzilga tez yetkazib boradi. Kim biladi deysiz, ehtimol, biz baloning oldini olish uchun qirg‘oqqa vaqtida yetib borarmiz!
— Bo‘lmasa yo‘lga chiqaylik! — deb qichqirdi Glenarvan.
Jon Mangls bilan Vilson vaqtni bekor o'tkazmay, katta sol yasay boshladilar. Endi ular daraxt po'stlo-qlari shiddatli oqimga dosh berolmasligini amalda ko'rgan edilar. Shuning uchun Jon Mangls bir necha yelim daraxtini yiqitdi, ulardan qo‘pol, lekin ancha pishiq sol yasadilar. Sol yasash oson ish emasdi, u faqat ertasiga tayyor bo‘ldi.
Bu vaqtgacha Snouning suvi yana ham kamaydi. Telba oqim yana ilgarigi daryo xoliga tushdi. To‘g‘ri, suv hali ham juda tez oqardi, lekin u daryo holiga kel-gandi. Jon solni epchillik bilan boshqarib, suvni tikkasiga kesib o 'tilsa, eson-omon narigi sohilga chiqib olish mumkin deb ishonardi.
Soat o‘n ikki yarimda solga har bir odam ikki kun ko'tarib yura oladigan miqdorda oziq-ovqat ortdilar. Qolgan oziq-ovqat arava va palata bilan tashlab ketil-di. Myulredi endi o‘zini ancha durust his qilardi, shuning uchun uni ham birga olib ketadigan bo'ldilar. U tez tuzalib kelmoqda edi.
Kunduzi soat birda hammalari sohilga bog'lab qo‘yilgan sol ustiga chiqdilar. Jon Mangls solning o‘ng tomoniga oqim bilan kurashish va solni kerakli tomonga yo'naltirishda kerakli, eshkakka o‘xshagan bir tayoq o‘rnatdi. Kapitan eshkakni boshqarishni Vilsonga topshirdi. O'zi esa solning quyruq tomonida turib, qo‘pol ishlangan quyruq eshkagi yordamida sol ni boshqarmoqchi edi. Elen, Meri Grant va Myulredi solning o'rtasiga o'rnashib oldilar.
Glenarvan, mayor Paganel va Robert zarur bo'lgan taqdirda darhol yordamga kelish maqsadida ular atrofidan joy oldilar.
443
— Hamma narsa tayyormi, Vilson? — deb so‘radi kapitan.
— Tayyor, kapitan, — deb javob berdi Vilson, baquw at qo‘llari bilan eshkakni ushlar ekan.
— Hushyor bo‘l! Oqim surib ketmasin!
Jon Mangls arqonni uzdi-da, solni sohildan itarib Snou oqimi orasiga surdi. 0 ‘n besh sajen chamasi tinch suzib bordilar. Vilson oqim bilan muvaffaqiyatli kurashardi. Lekin ko‘p o‘tmay sol girdoblar orasiga tushib qolib, shunday tez aylana boshladiki, Jon Mangls bilan Vilson har qancha urinsalar ham, hech narsa qilolmadilar.
Zaruratga bo'ysunishga to ‘g‘ri keldi. Solning to ‘xtovsiz aylanishini to‘xtatishning sira iloij yo‘q edi. Girdob solni chirpirak qilib aylanitirib, oqizib bo-rardi. Oppoq oqarib ketgan Jon Mangls labini qimti-ganicha, girdobdan ko‘z uzmay turardi. Sekin-asta sol daryoning o'rtasiga chiqdi. Hozir u o‘zi daryoga chiqqan sohildan yarim mil pastda oqib borardi. Daryoning o‘rtasida oqim yana ham tez ekan, lekin u girdoblarni to'xtatib qo‘ygani uchun sol bir oz o'zini o‘nglab oldi.
Jon Mangls bilan Vilson yana eshkaklarni ishga soldilar, shunday qilib ular daryoni qiyasiga kesib, solni narigi sohilga tomon yo'naltirish imkoniga ega bo'ldilar.
Sohilga yetib olishlariga ellik sajencha qolganda birdan Vilsonning eshkagi sindi. Solni oqim surib ket-di. Jon o‘zining ham eshkagini sindirib qo‘yishdan qo‘rqmay, zo‘r berib esha boshladi. Vilson qonga be-langan qo‘llari bilan yordamga otildi. Nihoyat ular-ning zo‘r berib qilgan harakati o‘z natijasini ko‘rsat-di: yarim soatdan ko‘proq suzib yurgandan so‘ng, sol tik qirg‘oqqa borib urildi. Sol qirg'oqqa nihoyatda qattiq urildi: xodalarni bir-biriga bog'lab qo'yilgan arqon shartta uzildi, xodalar bir-biridan ajrab ketdi va sol ustiga shovullab suv otilib chiqdi. Sayohat-chilar darhol qirg‘oq tepasidan engashib turgan daraxt shoxlariga yopishdilar va kiyim-boshi ho‘l bo'lib ketgan ayollar bilan Myulredini sohilga chiqa-rib oldilar. Hamma omon qoldi, lekin mayorning karabinidan boshqa barcha qurollar bilan oziq-ovqat-ning ko‘p qismi solning ajrab ketgan xodalari bilan birga oqib ketdi.
444
Daryodan o‘tib oigan sayohatchilar Delegeytdan o'ttiz besh milcha joyda, bo‘m -bo‘sh, kimsasiz bir o'lkada deyarlik oziq-ovqatsiz va qurolsiz qoldilar. Bu yerda na skvatterlarni, na kolonistlarni uchratib bo'lmas, faqat shafqatsiz qaroqchilar izg‘ib yurardi.
Darhol yo‘lga tushishga qaror qildilar. Bu ahvolda boshqalarga dardisar bo'lishini tushungan Myulredi to Delegeytdan yordam yuborilguncha o‘zini shu yer da yolg‘iz qoldirib ketishni so'radi.
Glenarvan bunday iltimosni bajarishdan bosh tort-di. Ular Delegeytga uch kunsiz yetib borolmas edilar, sohilga esa besh kunsiz, ya’ni 26- yanvardan aw al yetib bo'lmasdi. «Dunkan» Melburndan 16-yanvarda yo'lga chiqishi kerak edi. Shunday bo‘lgandan keyin bir necha soat oldin borishdi nima-yu, keyin borishdi nima!
— Yo‘q, do'stim! — deb so'zini tugatdi Glenarvan,
— men seni tashlab ketmayman. Biz zambil yasab, seni navbatma-navbat ko‘tarib ketamiz.
Zambilni evkalipt daraxtlarining pishiq novdalari-dan to‘qidilar, Myulredi istasa-istamasa unga tushib yotishga majbur bo'ldi. Glenarvan m atrosini eng oldin o‘zi ko'tarishni istab qoldi. Zambilni bir tomonidan Eduard, ikkinchi tomonidan Vilson ko‘tarib oldilar-da, yo'lga tushdilar.
Qanday ayanchli ahvol! Shunday yaxshi bosh-langan safar ana shunday yomon tugamoqda! Endi sayohatchilar bu yerdan Garri Grantni qidirmas edi lar. Garri Grant hech vaqt kelmagan va mutlaqo ko'rmagan bu q it’a uni axtarib yurganlar boshiga qancha-qancha kulfatlar soldi. Uning mard vatan-doshlari okean sohiliga eson-omon yetib olsalar ham, o‘z vatanlariga qaytish uchun u yerdan «Dunkan»ni topmaydilar.
Safarning birinchi kuni sukut va g'amginlik ichi-da, og‘ir o‘tdi. Zambilkashlar har o‘n minutda al-mashinib turdi, charchagan odamlarni jazirama issiq batar qiynar, ammo hech kim nolimasdi.
Besh mil yo‘l yurgandan keyin kechqurun yelim daraxtlari chakalagi ichida tunash uchun to‘xtadilar. Sol halokatga uchraganda qutqarib qolingan ovqatlar bilan qorin to‘yg‘azdilar. Bundan keyin umid faqat mayorning karabinidan edi.
Tun yomon o‘tdi, buning ustiga yomg‘ir yog‘a
445
boshladi. Sayohatchilar zo‘rg ‘a tong otdirib, yana yo‘lga tushdilar. Mayor hech narsa otib ololmadi: bu mash’um o‘lka har qanday cho'ldan battar edi
— aftidan bu yerlarga hatto hayvonlar ham kel-masdi.
Sayohatchilarning baxtidan bo‘lib, Robert to ‘xtatuvaloq iniga duch kelib qoldi, unda o‘n ikkita katta-katta tuxum bor ekan. Olbinet tuxumlarni atay-dan gulxan yoqib, kulga ko‘mib pishirdi, 22-yan-vardagi nonushta qo'rda pishirilgan ana shu tuxum va jardan topib chiqishgan portulak nomli o‘simlik-lardan iborat bo'ldi, xolos.
Yo‘l yurish juda qiyin edi. Qumloq cho‘l Melburnda «jayratikan» deb atalgan tikanli spinifeks o‘ti bilan qoplangan edi. Bu o‘t kiyim-boshlarni yir-tar, oyoqni tirnab, qonga botirardi. Shunga qaramas-dan mard ayollar hech narsadan nolimay, erkaklarga o‘rnak bo‘lib, goh unisiga, goh bunisiga bir og'iz shirin so‘z, yo bir qarash bilan dalda berib, olg‘a bor-dilar.
Kechqurun Bulla -Bulla tog‘ining etagida, Yungalla degan kichik tog* daryosi bo'yida to‘xtadi-lar. Agar Mak-Nabbs, mus conditor, degan katta bir kalamushni otib olmaganda, kechqurungi ovqat nonushtadan ham battar bo‘lardi; bu kalamush go‘sh-tinig juda to‘q tutadigan xususiyati bor. Olbinet uni qovurdi. Go‘shti ming yaxshi bo‘lgani bilan u har hol-da qo‘ydek emasdi. Boriga baraka deb qo‘ya qolishdan boshqa iloj yo‘q.
23-yanvarda holdan toygan, lekin ilgarigiday g‘ayrati qaynab toshgan sayohatchilar yana olg‘a yur-dilar. Ular tog* etagini aylanib o‘tib, kit mo‘yloviga o‘xshash o'tlar o‘sib yotgan keng yaylovdan chiqib qoldilar. Bu yaylov o‘tlari alla-qanday bir-biriga chir-mashib ketgan, o'tkir nayzalar o‘sib yotgan jonli de-vorga o‘xshardi; bular orasidan goh bolta, goh o‘t bi lan yo‘l ochib borishga to‘g ‘ri keldi.
0 ‘sha kuni ertalab nonushta to‘g‘risida so‘z ham bo‘lmadi. Kvars parchalari sochilib yotgan bu cho'ldan b attar taqir yerni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Sayohatchilarimizni ochlikdan tashqari tashnalik ham qattiq qiynar, jazirama issiq zo‘raygan sari bu azoblar besh battar ortardi. Ikki soat ichida zo‘rg‘a yarim mil yo‘l bosdilar. Ochlik va tashnalik
446
kechgacha davom etsa, sayohatchilarimiz holsizlanib yiqilgan va qaytib o'rnidan turolmagan bo‘lardi.
Lekin quvonchli tasodif yordamga keldi: kichkina otryad marjonsimon sefalot o'simliklari o‘sib yotgan yerdan chiqib qoldi; bu o‘sim liklarning guli ko'vachalarga o‘xshab ketadi, ichida esa mazali suyuqlik to‘la bo'ladi. Hamma ana shu suyuqlikdan to ‘yib ichdida, o‘zini bir oz bardam sezdi. Ovqat o‘rnida esa odatda yow oyilar na biror qush, na biror jonivor, na biror ilon topolmagan vaqtlarda iste’mol qiladigan o'simliklardan yedilar. Bunday o'simlikni qurib qolgan bir tog* jilg‘asi tagidan Paganel topdi. Olim Geografik jamiyatdagi hamkasabalaridan birin-ing maqolalarida bu o‘simlikning ajoyib xususiyatlari to‘g‘risida ko‘p o'qigan edi.
Bu yashirin jinslilar sinfiga kiradigan nardu o‘simligi edi. Byork bilan King Markaziy Avstra-liya sahrolarida adashib yurganlarida ana shu o‘simlik bi lan jon saqlaganlar. Uning sebarganing bargiga o‘xshab ketadigan barglari ostida quruq no‘xat don-lari ko'rinib turardi. Bu no‘xatlarni ikki tosh orasiga olib yanchdilar, unga o‘xshash bir narsa hosil bo‘ldi. Undan nonga o‘xshagan bir narsa pishirdilar, shu non sayohatchilarning nafsini bir oz aldadi. Bu yerda nar du juda ko‘p edi. Olbinet undan ancha g'amlab oldi, bu esa sayohatchilarni bir necha kun ochlik balosidan saqlay olardi.
Ertasiga Myulredi bir oz piyoda yura olar daraja o‘zini durust his qildi. Yarasi bitib qolayozdi. Delegeyt shahriga o‘n milcha yo‘l qoldi. Shu kuni bir yuz qirq to‘qqizinchi gradus uzunlikda, xuddi Yangi Janubiy Uels viloyatining chegarasida tunadilar.
Bir necha soatdan beri shivalab mayda yomg'ir yog‘ardi. Atrofda pana bo‘ladigan joy yo‘q, lekin bu yerda ham kichkina otryadning omadi kelib qoldi: Jon mangls tashlab ketilgan bir xaroba chaylani qidirib topdi, bu chaylada bir vaqtlar arrakashlar turgan ekan. Shox-shabba va poxoldan qilingan shu chayla ichida jon asrashga majbur bo'ldilar. Vilson gulxan yoqib, non yopish uchun atrofda sochilib yotgan shox-shabbalarni to‘plab keldi, ammo gulxan yoqish nasib bo‘lmadi. Bu Paganel bir vaqtlar A vstraliyada uchraydigan g‘alati narsalarni sanab berganda, tilga olgan «yonmovchi daraxt» ekan.
447
Gulxan yoqmaslikka, demak, non ham yopmaslik-ka, buning ustiga ho‘l kiyimlar bilan yotib qolishga majbur bo‘ldilar. Daraxtlar tepasiga qo‘-nib oigan qaqildoq qushlar go‘yo bechora sayohatchilarni masxara qilib kulayotgandek, tinmay qah-qahlab ku-lardilar.
Har holda, kichkina otryadning boshiga tushgan azob-uqubatlar tugay deb qolgan edi. Tugamasa bo'lmasdi ham.
Yosh ayollar zo‘r chidam bilan mardona qadam tashlab borar, lekin soat sayin holdan toymoqda edi-lar. Ular endi oyoqlarini ko'tarib tashlamas, balki su-drab bosardilar.
Ertasiga tong otar-otmas yo‘lga tushdilar. Soat o‘n birda nihoyat Tufol ko‘rfazidan ellik mil yerda joylashgan, Uelsley grafligining shahri Delegeyt ko'rindi. Delegeytda ot -ulov masalasi tez hal qilin-di. Sohilga yaqinlashib qolganini sezgan Glenarvan-ning ruhi ko‘tarildi. Ehtimol, haqiqatan ham biror sabab bilan «Dunkan» Melburnda turib qolgandir, ehtimol, ular sohilga vaqtida yetib borishar! Axir ular nihoyati bir kecha-kunduzdan so'ng Tufold ko‘rfaziga yetib boradilar-ku.
Yaxshilab qorin to‘yg‘azib oigan sayohatchilarimiz choshgohda pochta karetasiga chiqdilar, beshta baquv-vat ot ularni Delegeytdan olib chiqib ketdi. Yo‘l yaxshi edi. Yaxshigina choy puliga va’da oigan kucher bilan foreytorlar otlarni iloji boricha tez haydab bordilar, bir-biridan o‘n mil masofada joylashgan pochta stan-siyalarida esa otlarni juda chaqqonlik bilan al-mashtirdilar. Glenarvanning ich-etini kuydirib boray-otgan sabrsizlik ularga ham yuqqandek tuyulardi.
Kunu tun tinmay, soatiga olti mildan yo‘l bosdi-lar. Ertasiga ertalab tong otar paytida to‘lqinlarning guvullashi okeanning yaqinligidan darak berdi. Tom Ostin sayohatchilarimizni sohilning o‘ttiz yettinchi parallel o'tadigan yerida kutishi kerak edi, u yerga yetish uchun esa qo‘ltiqni aylanib o‘tish kerak bo‘lar-di.
Ular dengiz bo‘yiga yetib kelganlarida hammaning ko‘zi «Dunkan»ni axtarib okean bo'shliqlariga tikildi: birdan «Dunkan» bundan bir oy burun Argentina so-hillarida, Korientes buruni yonida suzib yurgandek shu orada suzib yurgan bo‘lsa-ya!
448
Lekin hech narsa ko'rinmasdi. Ufqda birlashib ketgan suv bilan osmondan boshqa hech narsa yo‘q. Bepoyon okean bo‘shlig‘ida bironta yelkan ko'zga chalinmaydi. Endi faqat bitta umid qoldi: ehtimol, Tom Ostin Tufold ko‘rfazida langar tashlagandir, chunki dengiz shovullab to'lqinlanar, yalang‘och sohil yaqinida yurish xatarli edi.
— Edenga! — deb buyurdi Glenarvan.
Pochta karetasi o‘ngga burildi, qo‘ltiq sohili bo‘ylab cho‘zilgan yo'ldan kichkinagina Eden shahar-chasiga qarab uchdi. Shaharga yana besh milcha yo‘l bor edi.
Kucher portga kiriladigan yo‘lni ko'rsatib turgan mayak yonida aravani to'xtadi. Portda bir necha ke-ma langar tashlab turar, lekin bittasining ham tepasi-da Malkolm bayrog‘i ko‘rinmasdi.
Glenarvan, Jon Mangls va Paganel pochta kare-tasidan sakrab tushib, port idorasiga yugurdilar. Xizmatchilardan surishtirdilar, kemalar daftaridan so‘nggi kunlarda kelgan kem alarning ro ‘yxatini ko‘zdan kechirdilar.
Keyingi bir hafta ichida portga bitta ham kema kelmabdi.
— Balki «Dunkan» hali Melbumdan chiqmagan-dir?— dedi Glenarvan, oxirgi ilinjga umid bog‘lab.— Biz bu yer-ga undan oldin yetib kelgan bo‘lsakchi?
Jon Mangls bosh chayqadi. Kapitan o‘z yordam-chisini yaxshi bilardi. Tom buyruqni olib, o‘n kun ichida uni bajarmay qo‘ymasdi.
— Men bor gapni ochiq bilsam deyman, — dedi Glenarvan. — Bexabarlikdan achchiq haqiqatni bilgan yaxshi.
Chorak soatdan keyin Melburnga, kemalarni re-mont qilish ishlarining boshqaruvchisiga telegramma yuborildi.
Keyin Glenarvan kucherga aravani «Viktoriya» mehmonxonasiga haydashni buyurdi.
Kunduz soat ikkida Glenarvanga quyidagi maz-munda javob telegramma topshirdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |