Qadriyatlar qadr topgan yurt
Insoniyat uchun barcha e’zozda bo’lgan omillar qadriyat sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma’naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, an’ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me’ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o’tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ma’naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba’zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketdi.
Inson uchun qadrli tushunchaning nechog‘lik ulug‘vorligi haqida bir tarixiy voqea ham guvohlik beradi. 1956-yil. Samarqand. SSSR rahbarining buyrug’i ostida “Islom olami bilan do’stlik” shiori niqobida arab davlatlari bilan diplomatik aloqa o’rnatish boshlangan edi. Shunday harakatlar avj olgan bir davrda Livandagi jamoat arbobi, mamlakat parlamenti deputati, “Jaridat Tarabul” gazetasining egasi Shayx Nadim al-Jisr Sovet Ittifoqiga tashrif buyurishga roziligini bildiradi. Rejaga ko’ra u Moskva, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga borishi kerakligiga qaramay, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishini qat’iy talab qiladi. Qutlug’ qadamjolar toptalgan o’sha paytda hukumat uchun qabr qayerda joylashganligini aniqlab topish ham ancha vaqtni oladi. Qabr Xartang qishlog’ida ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo maqbara vayrona, yonidagi masjid esa kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonaga aylantirilgandi. Bu ahvoldagi joyga mehmonni olib kelib bo’lmasligini o’ylagan tashkilotchilar Moskvadan Toshkentga to`rt soatda uchib keladigan samolyot o’rniga Samarqandgacha poyezdda to`rt kunda olib borish mumkinligini chamalashadi… Ungacha maqbara atrofini tozalashga katta kuch sarflanadi. Ammo shunga qaramay ziyoratgohchalik epaqaga keltirib bo’lmaydi. Shayx Nadimga bir kun davomida Toshkentni ko’rsatib, Samarqandni ham kuni bo’yi aylantirib, kechasi Xartangga olib kelishadi. Shayx Nadim al-Jisr qabrga yetib borgach tiz cho’kib, yerni o’padi, ko’zda yosh bilan Qur’oni Karim oyatlarini o’qiydi. Ziyoratdan qaytgach, rahbarlardan atrofdagi tuproqlari bilan Buxoriy xokini o’shancha og’irlikdagi tilla evaziga berishlarini so’raydi…[1]
Xalqimizning eng tabarruk go’shalari – masjidlar, ilm ziyosi taralib turgan madrasalar, ulug’larga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan maqbaralar – bularning bari millatning kim ekanligidan dalolat berib turuvchi ulkan boylik. Ularga nisbatan bepisandlik, muborak yerlarni oyoqosti qilish hech bir mantiqqa, odamiylikka to’g’ri kelmas harakat edi, albatta. Mustaqillik bizga nafaqat erkni, tilni, dinni qaytarib berdi, balki u bizga tarix zarvaraqalarida yashirin yotgan ayrim haqiqatlar va obidalarimiz qadrini ham tiklab berdi.
Istiqlol yillarida yuqorida tilga olingan muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ilm, din yo’lida qilgan ulkan ishlari munosib baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maqbara o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida yodgorlik majmui Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatildi. Maqbaraning o‘ng tomonidan daxmaga tushish yo’li qilindi. Sag‘ananing aynan ostida joylashgan Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplandi. Hovlining chap tomonida masjid bunyod etildi. Hovlining o‘ng qanotidagi binodan esa Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari joy olgan kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi o’rin egalladi. Hozirda ushbu qadamjoni kuniga yuzlab mahalliy aholi va sayyohlar ziyorat qiladi, majmua masjidida juma va hayit namozlari o’qiladi.
1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga safar qilgan Prezidentimiz Islom Karimovga podshoh Fahd ibn Abdulaziz al-Saud hazrati oliylari ehtirom ifodasi sifatida Ka’batulloh ka’bapushining katta bo’lagini hadya qilgan edi. Prezidentimiz esa ushbu sovg’ani al-Buxoriy maqbarasi majmuiga tuhfa qildi.
XVI asr inshootlari durdonasi hisoblanmish, Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg’ariylar singari o’z zamonasining yetuk olimlari dars bergan Toshkentdagi “Ko’kaldosh” madrasasi ham turli zilzilalar, urushlar oqibatida o’z jilosini yo’qotgan edi. Rus hukumati davrida madrasa ta’miri jarayonida yo’l qo’yilgan loqaydliklar sabab bino dastlabki ko’rinishini yo’qotdi. Hujralar esa omborxona va ustaxonalarga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga tushgan xayr-ehsonlar, shahar hokimiyati ko’magi bilan katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Madrasa faoliyat boshlanganidan to 1999-yilga qadar “Ko’kaldosh madrasa masjidi” deb nomlangan edi. 1999-yilda esa O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom tasdiqlanib, 1999-yil 18-avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy ro’yxatdan o’tgandan so’ng “Ko’kaldosh Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurti” deb nomlandi. Bilim yurti 1999 -yil 10-oktyabrda maxsus ruxsatnoma olib, 1-noyabrdan rasmiy faoliyat ko’rsata boshladi. Bilim yurtida Qur’oni Karim, Hadisi Sha’rif, sarf, nahv, mutolaa kabi diniy ilmlar bilan birga o’zbek tili va adabiyoti, tabiat, geografiya, ingiliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o’qitila boshlandi.
XV asrga oid Shayx Xovanda Tohur maqbarasi va uning shimoli-g’arbiy tarafida joylashgan 1487-1502-yillarda qurilgan Toshkent hokimi va Zahiriddin Muhammad Bobur bobosi Yunusxon maqbarasi ham mustaqillik yillarida yana obod etildi. Ushbu maqbaralar joylashgan hududda 1999-yil O’rta Osiyoda yagona hisoblanmish Toshkent islom universiteti tashkil etildi. “Zangi ota” majmuasi ham to’liq ta’mirdan chiqarilib, eng so’lim go’shalardan biriga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta tiklangan va 1998-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilib foydalanishga topshirilgan “Xoja Ahror Valiy” jome’ masjidi, 1995-1997-yillarda butunlay qayta qurilgan “Shayx Zayniddin buva” masjidi bugun mamlakatda diniy erkinlik timsollari sifatida shahar ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda.
Bunday bunyodkorlik ishlariga, qadimiy me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan loyihalarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlar evaziga 1991-yilda Xivadagi Ichanqal’a qo’riqxonasidagi, 1993-yilda Buxoro shahri markazidagi, 2000-yilda Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.[3] Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillik sharofati bilan nafaqat ko’hna obidalar tiklanyapti, balki ular safiga yangidan yangi maqtasa arzigulik inshootlar ham qo’shilyapti. Muhtasham “Bunyodkor” stadioni, 2014-yilda ochilib, O’zbekiston bo’yicha musulmon dinining eng yirik markazlaridan biriga aylangan, an’anaviy sharq uslubida qurilgan “Minor” masjidi shular jumlasidandir!
Xulosa o’rnida aytganda, tarixiy yodgorliklarning davlat nazorati ostiga olinganligi, ajdodlar me’rosiga chuqur hurmat bildirilishi va moddiy qadriyatlarga nisbatan yosh avlod qalbiga mehr urug’ining sepilishi mamlakat mustaqilligini yanada mustahkam bo’lishiga katta hissa qo’shadi. Shu bilan bir qatorda ular nafaqat o’zbek millatining, balki butun bashariyatning ulkan boyligi sifatida kelajakka yuz tutadi. Ular o’zga davlatlar nigohida o’zbek millatining kim bo’lgani va kim ekanligi haqida shohidlik berib turadi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik posponi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni yig‘ilganlarni, barcha harbiylarni, ularning oila a’zolarini bayram bilan muborakbod etdi.
Marosimda ta’kidlanganidek, o‘z hayotini Vatan himoyasidek muqaddas va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan va buni har kuni, har daqiqada amalda isbotlayotgan askar va ofitserlarimiz bizning faxrimiz va g‘ururimizdir. Ayniqsa, o‘tgan yili o‘z vazifasini ado etish bilan birga, xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovlarni mardona yengib o‘tishda ularning xizmatlari nechog‘li katta bo‘lganini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilish maqsadida harbiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Ilgari armiya alohida, xalq alohida bir dunyo edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk kunlardan “xalq bilan armiya – bir tanu bir jon” degan muhim g‘oyani ilgari surdi va vaziyat tubdan o‘zgardi.
Harbiy qismlar eshiklari xalq uchun, bo‘lajak Vatan posbonlari – yosh avlod uchun hamisha ochiq bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, vatanparvar harbiy kadrlarning yangi avlodini yetishtirishga katta e’tibor berilmoqda. Askar va ofitserlarning zamonaviy bilim olishi, harbiy texnika va texnologiyalarni mukammal egallashi, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bosh maqsad etib belgilangan.
– Armiya faqat qurol va aslaha bilangina kuchli hisoblanmaydi, balki ona Vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar – askar va ofitserlar, generallar bilan qudratlidir, – deya ta’kidladi Prezident. – Armiyamizning imkoniyatlari va jangovar salohiyatini belgilaydigan asosiy omil mana shu, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.
Marosimda bugun dunyoning turli nuqtalarida tinchlik va osoyishtalikka tahdid va xatarlar, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yuz berayotgani qayd etildi. Bunday holatlar butun insoniyat qatori xalqimizni ham bezovta qilishi tabiiy. Ushbu xavflarga munosib qarshi tura olish uchun insonda chinakam vatanparvarlik, yuksak bilim va tafakkur, metin iroda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
– Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz: “Askarlari botir el qudratli bo‘lur”, deganlarida aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan edilar. Men har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur va ulug‘ lashkarboshilarimiz o‘gitlarini, ularning harbiy merosini chuqur bilishi kerak, deb qayta-qayta ta’kidlab kelaman. Bu o‘lmas va bebaho meros hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga cheksiz g‘urur baxsh etadi, muqaddas tuprog‘imizga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytiradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan jasur harbiylarni ana shunday ajdodlarimizning chinakam vorislari, deb atadi.
Marosimda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, bojxona tizimi va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.
Oliy Bosh Qo‘mondon yig‘ilganlar timsolida bugun joylarda yuksak davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan barcha harbiy xizmatchilarni samimiy tabrikladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev unvon to‘g‘risidagi guvohnomalarni, orden va medallarni tantanali ravishda topshirdi. Vatan himoyachilariga sihat-salomatlik, zimmasidagi olijanob vazifalarni samarali ado etishda ulkan zafarlar tiladi.
Mukofotlanganlar yuksak e’tibor, harbiylar va ularning oila a’zolari qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilarini samimiy tabrikladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmoni bilan 1991-yil 6-sentabrda Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilgan. Davlatimiz rahbarining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan qaroriga muvofiq respublikamiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazilgan.
Ana shu tarixiy kun – 14-yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida Qurolli Kuchlarimiz tashkiliy va tarkibiy jihatdan takomillashdi. Tuzilmalarning harakatchanligi, jangovar qobiliyati, harbiylarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi oshdi. Qism va bo‘linmalar zamonaviy qurol-yarog‘ va jangovar texnika bilan ta’minlandi.
Milliy armiyamizni professional kadrlar bilan to‘ldirish, harbiy xizmatchilarning tayyorgarligini, bilim va ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Harbiy o‘quv hamda mashg‘ulotlar ilm-fan va texnikaning ilg‘or yutuqlari asosida o‘tkazilmoqda. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida har qanday xavf-xatarni bartaraf etishga qodir, tezkor qarorlar qabul qila oladigan, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.
Muddatli harbiy xizmatga chaqiruvning yilda bir marta amalga oshirilayotgani, shartnoma asosida xizmat qilish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatning joriy etilgani natijasida harbiy jamoalardagi ma’naviy muhit tubdan o‘zgardi. Harbiy xizmat yoshlarda mustahkam iroda va xarakterni shakllantiradigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan o‘ziga xos maktabga aylandi. Natijada yoshlar orasida harbiy xizmatga qiziqish tobora ortib borayotir.
Muddatli harbiy xizmatga tanlov asosida qabul qilinayotgani armiya saflarini jismoniy tayyorgarligi va intellektual salohiyati yuksak yigitlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘lmoqda. Buning samarasida askarlar jangovar tayyorgarlik dasturlarini, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanishni puxta o‘zlashtirmoqda.
Vatan himoyachilarining xizmatni o‘tash va yashash joylaridagi ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, rezervga bo‘shatilgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish ham doimiy e’tiborda.
Harbiy xizmatchilar uchun yangi turar joylar qurish, mavjud turar joy fondini ta’mirlash, zamonaviy harbiy shaharchalar barpo etish va rekonstruksiya qilish, uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish yildan-yilga kengayib bormoqda. Yangi yil bayrami arafasida ham mamlakatimizning ko‘plab hududlarida harbiylar uchun yangi uy-joylar foydalanishga topshirildi. Yuzlab harbiylarimiz Yangi yilni yangi uyda kutib oldi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasini olgan yoshlar mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 27 foizi miqdorida imtiyozli ballga ega bo‘lmoqda. Bu ularning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirib, kasb-hunar egallashi, hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu yil Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda “O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!” shiori ostida nishonlanmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu mavzuda harbiy qism va bo‘linmalarda, barcha viloyatlarda, olis qishloq va mahallalarda ko‘plab uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda tinchlik-osoyishtalikning qadri, bu aziz ne’matni asrab-avaylashga barcha birdek mas’ul ekani keng targ‘ib etilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi farmoniga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25-yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning yuksak mukofotlari – orden va medallar bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofotlarni Davlatimiz rahbari tantanali ravishda topshirdi.
Yo’l harakati xavfsizligi
Parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Senatining 2020 yil 19 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament so'rovi natijalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, Bosh vazir tomonidan 2020 yil 25 avgustda taqdim etilgan javobga ko'ra, parlament so'rovida ko'tarilgan masalalar mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga atroflicha o'rganilib, Vazirlar Mahkamasining Rayosatida ko'rib chiqilgan.
Parlament so'rovida ko'tarilgan bir qator masalalar bo'yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan amaliy chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan. Unda jumladan, qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlaydigan foto- va videomoslamalar, shuningdek, onlayn rejimida ishlovchi qo'shimcha fotoradarlar o'rnatish belgilagan.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli va asosiy vazifalarini amalga oshiruvchi Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining yo'l harakatini tashkil etishni nazorat qilish bo'limi va bo'linmalari shtat birliklarining etishmasligini bartaraf etish bo'yicha tadbirlar o'tkazilishi nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, umumta'lim maktablarida Yo'l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslarini o'rgatish, xalq ta'limi xodimlarining o'quvchilarga Yo'l harakati qoidalarini o'rgatish bo'yicha malakasini oshirish ham rejalashtirilgan.
Majlisda senatorlar tomonidan parlament so'rovida ko'tarilgan ba'zi masalalarning echimiga e'tibor qaratilmagani ta'kidlandi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo'llari qo'mitasi tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan yo'l harakati xavfsizligi standartlari yuzaki ishlab chiqilgan.
Ushbu standartlardagi yo'l belgilarining tartib raqamlari ham to'g'ri belgilanmaganligi, bu esa yo'l harakatining asosiy va ustuvor qoidalaridan hisoblanishi ta'kidlab o'tildi.
Ya'ni mazkur standartlar boshqa davlatlarning standartlaridan to'g'ridan-to'g'ri ko'chirib olingan. Oqibatda boshqa davlatlarning amaldagi yo'l harakati qoidalaridagi mavjud yo'l belgilari ushbu standartlarning ilovalariga ham kiritilgan. Vaholanki, mazkur yo'l belgilari O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalarida mavjud emas.
Shuningdek, Davlat yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlash, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, harakat ishtirokchilariga qulayliklar yaratish yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda tegishli tashkilot va idoralarga 2017–2020 yillar davomida jami 6 709 ta taqdimnoma kiritilgan bo'lsa-da, ularning 3 173 tasi yoki 45 foizi belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilmagan.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan yo'l-transport hodisalarining kelib chiqishiga sabab bo'layotgan avtomobil` yo'llarini zarur darajada ta'mirlashga e'tibor qaratilmagani oqibatida 2019 yilda va 2020 yilning 8 oyi davomida 532 ta yo'l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 511 nafar fuqaro jarohatlangan va 191 nafar fuqaro halok bo'lgan.
Bu kabi kamchiliklar Davlat yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar ijrosini ta'minlamagan mutasaddilarga nisbatan ta'sirchan choralar ko'rishni taqozo etmoqda.
Shu jihatdan Senat a'zolari aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.
Bunda:
- O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo'llari qo'mitasi tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan yo'l harakati xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va standartlarni 2021 yil 15 yanvarga qadar takomillashtirish;
- Avtomobil` yo'llarining nosozligi oqibatida sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalarining oldini olish bo'yicha bir oy muddatda aniq
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
- Davlat yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mutasaddi idoralar rahbarlariga kiritilayotgan taqdimnomalar ijrosini ta'minlashda sustkashlikka yo'l qo'ygan mutasaddi xodimlarning mas'uliyatini oshirish yuzasidan zarur choralarni ko'rish;
- O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosining borishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan mutasaddi idoralar rahbarlariga kiritilayotgan taqdimnomalar ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bo'yicha taqdim etilgan ma'lumotlarni qo'mitada tahlil qilib, chora-tadbirlar dasturi hamda kiritilayotgan taqdimnomalar ijrosini o'z vaqtida bajarmagan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarini Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi majlisiga taklif qilib, muhokama qilib borish belgilandi.
Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalari “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni muhokama qilmoqda.
21 июн 2012, 12:50 Жамият
20-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston XDP fraksiyasining yig‘ilishida “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
O‘zXDP Markaziy Kengashi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qonun loyihasi fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkini himoya qilish, ularning huquqi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, avtomobillarda tashish sifati va xavfsizligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mutasaddi organlarning harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vakolatlari aniqlashtirilmoqda.
Qonun loyihasi harakat xavfsizligini ta'minlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va prinsiplarini, shuningdek, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta'minlashning zaruriy va maqsadli yo‘nalishlarini belgilaydi, transport vositalari va ularning jihozlari, avtomobil yo‘llarining texnik holatiga bo‘lgan talablarni yanada aniqlashtiradi.
Harakat xavfsizligini ta’minlashda jamoatchilikning o‘rni muhimligi hisobga olinib, qonun loyihasi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining ishtiroki” deb nomlangan 9-1 modda bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, nodavlat-notijorat tashkilotlarga harakat xavfsizligini ta’minlash doirasida texnik reglament, standart, norma, qoida va boshqa normativ hujjatlarni takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan davlat hokimiyati mahalliy organlariga, vakolatli davlat idoralariga taklif kiritish huquqlari berilmoqda.
Qonun loyihasining yana bir muhim jihati shundaki, kiritilayotgan “Yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish, ularga yo‘riqnomalar berish” deb nomlangan 16-1 modda orqali xodimlarni yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, yo‘riqnoma berish va ularning bilimini sinash ish beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ish beruvchilarning mas’uliyati oshishiga va shu orqali yo‘l harakati xavfsizligining ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, avtotransport vositalari haydovchilari va boshqa harakat ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga ham qonun loyihasida alohida e’tibor qaratilib, qonun loyihasi “Transport vositalari yollanma haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi huquqlari” deb nomlangan 16-2 modda bilan to‘ldirilmoqda.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida ham shu qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tib, unda yo‘l harakati xavfsizligi sohasi ko‘plab islohotlarni kutayotgani ta'kidlandi va qonun loyihasini mukammallashtirish kerakligi bildirildi.
O’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik yurti
Do'stlaringiz bilan baham: |