1. Uzbekiston tarixini fanining predmeti



Download 110 Kb.
bet1/5
Sana25.03.2022
Hajmi110 Kb.
#509466
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2O’zbekiston tarixini urganishning nazariy-metodologik asoslari


Reja:



1.Uzbekiston tarixini fanining predmeti.
2O’zbekiston tarixini urganishning nazariy-metodologik asoslari.
3.Uzbekiston tarixini davrlashtirish.
4.Vatan tarixini urganishda tarixiy manbalarining urni va axamiyati.
5.Uzbekiston tarixini urganishning axamiyati.

1. Uzbekiston tarixi fani predmeti.
Mustaqil Vatanimiz Uzbekiston va uzbek xalqi uzining boy va sermazmun tarixiga ega. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Xitoy, Xindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashxurdir.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. Uzbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tarixi bor. Ulkamiz xududida dastlabki davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bulib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib dunyo davlatchiligi rivojida yuksak darajaga kutarilgan.
Uzbeklar Somoniylar(819-1005), Chig’atoy ulusi(1227-1370), Temur va Temuriylar davlati(1370-1506)ning ijtimoiy siyosiy xayotida katta rol uynaydilar. Uzbeklarning ajdodlari Saljuqiylar(1028-1194) va G’aznaviylar(977-1186) davlatining xarbiy-siyosiy tayanchi buldilar. Uzbeklar XVI asrning boshida Shayboniylar davlatiga(1500-1601) asos soldilar. Ashtar-xoniylar(1601-1757) va Mangitlar (1757-1920) davlatini xam asosan ular boshqardilar. Quqon(1709-1876) va Xiva(1512-1920) xonliklari xam uzbeklarning davlati edi.
Vatanimiz tarixi uzbek xalqining jaxon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan xissa qushganligidan guvoxlik beradi. Uzbeklar uz tarixi davomida uzlariga qushni bulgan va kup vaqtlar bir davlat, masalan, Somoniylar, Temuriylar va x.k. tarkibiga kirgan tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar va turkmanlar, Eron va Afg’oniston xalqlari bilan yaqindan iqtisodiy va madaniy xamkorlikda buldilar, ulardan nimalarnidir urgandilar, ularga nimalarnidir urgatdilar.
Urta asrlarda ikki daryo oralig’ida yaratilgan yuksak madaniyatni usha xalqlarning mushtarak madaniyati deb xisoblamoq kerak. Al-Forobiy va Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ibn-Sino va Abu Rayxon Beruniy, At-Termiziy va Burxoniddin Marg’iloniy, Abdurazzoq Samarqandiy va Ulug’bek, Ali Qushchi va Bobur, Xofiz Tanish Buxoriy va Axmad Donish singari kuplab jaxonga mashxur olimlar shu zaminda etishdi. Ularning riyoziyot va falakiyot, tibbiyot va falsafa, xadis va fiqx, tarix va adabiyot, xullas ilmning boshqa kup soxalari buyicha yaratgan asarlari bugun jaxon ilm-fani xazinasiga kurk bulib turibdi. Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz kabi kuxna shaxarlar bugungi kunda jaxon miqyosidagi ziyoratgoxga aylangan. Muqaddas erimiz orqali utgan Buyuk ipak yuli Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan xalqaro xamkorlikka xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, ulkamizda ming yillar davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz utmishini «Uzbekiston tarixi» fani urgatadi. Xush «Uzbekiston tarixi» fani qanday fan va bu fanning predmeti nimadan iborat?
Uzbekiston tarixi umumjaxon insoniyat tarixining ajralmas qismi bulib, qadim va yaqin ajdodlarimizning xayotiy kechmishlarini, ularning jaxon tarixi taraqqiyotiga qushgan xissalarini xolisona va xaqqoniy urganadi.
«Uzbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to xozirgi kunlargacha bosib utgan uzoq va murakkab tarixiy yulini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy xayotini xolisona urganishdan iboratdir.
Uzbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mexnat tufayli takomillashib borish va xozirgi odamlar darajasiga kutarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atini yoritadi. Vatanimiz tarixi uzbeklarning xalq, millat bulib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini urgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bulib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bulganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat kursatgan xalq qaxramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng rejada urgatadi.
«Uzbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yuliga kirishi, mustaqillik yillarida milliy, xuquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabxalaridagi faoliyatini urgatadi.
«Uzbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini xaqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi kuzgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish