1. Uzbekiston tarixini fanining predmeti


Uzbekiston tarixini davrlashtirish



Download 110 Kb.
bet3/5
Sana25.03.2022
Hajmi110 Kb.
#509466
1   2   3   4   5
Bog'liq
2O’zbekiston tarixini urganishning nazariy-metodologik asoslari

3.Uzbekiston tarixini davrlashtirish.

Agar xaqiqiy tarixiy nuqtai nazar bilan Vatan tarixiga yondashadigan bulsak, u quyidagi katta davrlarga bulindi:


1. Vatanimiz tarixining ibtidoiy jamoa davri.
2. Vatanimiz Urta asrlar davrida.
3. Turkiston Rusiya boskini va mustamlakachilik davrida.
4. Uzbekiston shurolar xokimiyati davrida.
5. Uzbekistonning mustaqillik va taraqqiyot yuli.
Bu katta davrlar uz navbatida kichik davrlarga bulib urganilishi mumkin.


4. Vatan tarixini urganishda manbalarning urni va axamiyati.
Uzbekiston tarixini va umuman utmish avlodlarimiz tarixini urganishda tarixiy manbalar muxim rol uynaydi.
Vatanimiz tarixiga oid manbalarni shartli tarzda ikkiga moddiy va ma’naviy (yozma, xalq og’zaki ijodi namunalari) manbaalarga bulishi mumkin.
1. Moddiy manbaalarga arxeologik va antropologik ashyolar mexnat va urush qurollari, uy-ruzg’or va zeb-ziynat buyumlari, muzey shaxarlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar kiradi.
Misollar: mexnat va urush qurollari ajdodlarimiz eng qadimgi zamonlardan tortib shu kungacha xujalik va xarbiy ishda ishlatish uchun yasagan buyumlar-oddiy tosh qurollardan tortib, bugungi kunda ishlatilayotgan eng zamonaviy asbob-uskunalar. Turli davrlarda turli ustalar tomonidan yaratilgan zeb-ziynat buyumlari.
Afrosiyob kabi qadimiy shaxarlar qoldiqlari, Samarqand, Xiva, Buxoro va boshqa shaxarlarda saqlanib qolgan tarixiy obidalar.
2.Ma’naviy manbalarga ota-bobolarimizning yillar davomida yaratilgan yozma asarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari kiradi. Yozma manbaalar qadim zamonlardan to shu kunlarga qadar ulug’ ajdodlarimiz, buyuk allomalar yozib qoldirgan asarlar, turli yozma xujjatlar, arxiv materiallari, kitoblar, vaqtli matbuot materiallar, kino-foto xujjatlar va xokazo.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VII-VIII asrlardagi xayotini urganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba xisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari uz ifodasini topgan.
Vatanimiz tarixiga doir ma’lumotlar yunon va rim manbalarida, chunonchi, Geradotning «Istoriya» (M.1972), Ksenofontning «Grecheskaya istoriya» (M.1935), Polibiyning «Vseobxaya istoriya» (M.1980-1989), Arrianing «Poxod Aleksandra» (M., L., 1962), Strabonning «Geografiya v 17 knigax» (M., 1964); Kurtsiy Rufning «Istoriya Aleksandra Makedonskogo» (M., 1963) va boshqalarning asarlarida xam uchraydi. Antik mualliflar tomonidan yozib qoldirilgan ma’lumotlarni tuplovchi I.V. Pyankovning «Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya» (Dushanbe, 1975), N.G.Gorbunovning «Fergana po svedeniyam antichnux avtorov. Istoriya i kultura narodov Sredney Azii» (L., 1976)kabi kitoblar xam Vatanimiz tarixini urganishda yordam beradi.
Xitoy yozma manbalaridan «Tarixiy guvoxliklar» (mil.avv.Iasr), «Ulug’ Xan xonadoni tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xan xonadoni tarixi» (milodiy V asr), «Vey xonadoni tarixi» (milodiy VI asr), «Shimoliy podshoxliklar (Beyshi) tarixi» (milodiy VII asr) va boshqalarda Turkiston tarixi xaqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, arman, vizantiyalik mualliflarning asarlarida xam Vatanimiz tarixi xaqida ma’lumotlar uchraydi.
Vatanimiz tarixini urganishda turkiy, fors, arab manbalarining axamiyati katta. Qadimgi turk yozuvi tug’risida S.E. Malovning «Pamyatniki drevne-tyurkskiy pismennosti» (M., 1951) va «Eniseyskaya pismennost tyurkov. Tekst i perevodu» (M., L.,1951), A. Sa’dullaevning «Qadimgi Uzbekiston ilk yozma manbalarda» (T., 1996) asarlarida, Nasimxon Raxmonning «Turk xoqonligi» (T., 1993) kitobida qimmatli ma’lumotlari bor. Turkiy xalqlar, jumladan, uzbek xalqining etnik tarixini urganishda Abulg’oziyning «Shajarayi turk» (T., 1992), L.N. Gumilevning «Drevnie tyurki» (M., 1960), A.Yu. Yakubovskiyning «K voprosu ob etnogenezi uzbekskogo naroda» (T., 1941), I. Jabborovning «Uzbek xalqi etnografiyasi» (T., 1994) asarlaridan foydalanish mumkin.
Uzbek xalqining urta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy xayotini urganishda Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shaxri» (T., 1993), Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (T., 1968), Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» (T.,1960), M. Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit-turk. Uch jildlik» (T., 1960-1963), Abu Toxirjonning «Samariya» (T.,1991), Narshaxiyning «Buxoro tarixi» (G., 1991), Nizomulmulkning «Siyosatnoma yoki siyar ul-mulk» (T.,1997), Amir Temurning «Temur tuzuklari»(T., 1991), Mirzo Ulug’bekning «Turt ulus tarixi» (T., 1994) va boshqa nodir kitoblar muxim tarixiy manba bulib xizmat qiladi.
Vatanimiz tarixini urganishda uz davrida xokimiyat tepasida turgan sulolalar tarixini yoritishga bag’ishlangan bir qator kitoblar-Shaxobiddin an-Nasaviyning «Siyrat as Sulton Jaloliddin Mangburni» (T., 1999), Nizomiddin Shomiyning «Zarafnoma» (T., 1996), Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (T., 1997), Ibn Arabshoxning «Amir Temur tarixi. Ikki jildlik» (T., 1992), Xofiz Tanish al-Buxoriyning «Abdullanoma» (T., 1999), Mulla Muxammad Solixning «Shayboniynoma» (T., 1989), Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy» (T.,1991) va boshqalar qimmatli manba sifatida diqqatga sazovordir.
Bizgacha etib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar Uzbekiston tarixini urganishda muxim axamiyatga ega. Uzbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qulyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qulyozmalar xazinalaridan biri xisoblanadi. Bu erda 40 mingdan ziyod qulyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan xujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muxim qulyozma xujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar xorijiy mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qulyozma xujjatlar va kitoblarning xozirgi uzbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada tularoq, xolisona yoritilishiga, tariximiz saxifalaridagi «oq» va «qora» dog’larning barxam topishiga kumaklashadi.
Uzbekiston tarixiga doir tarixiy manbalar xaqida ma’lumotlar B. Axmedovning «Uzbekiston xalqlari tarixi manbalari» (T.,1991), T. Saidqulovning «Urta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar» (T., 1993) nomli kitoblarda xam tularoq berilgan, uquv jarayonida ulardan foydalanish zarur.



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish