5.Uzbekiston tarixini urganishning axamiyati
Uzbekiston tarixi yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda, ma’naviy jixatdan komil insonlarni shakllantirishda beqiyos axamiyatga ega. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi «Xar bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni kuz qorachig’iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga urgatadi. Uzimizning boy utmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti vorislari ekanini anglashga undaydi».
Davlat mustaqilligining uz quliga olgan ozod xur Uzbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qulida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustaxkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan rivojlangan xolda etkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli,ayni paytda sharafli vazifani qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog’liq. «Biron bir jamiyat,-deb ta’kidlaydi yurtboshimiz Islom Karimov, - ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay xamda mustaxkamlamay turib uz istiqbolini tasavvur eta olmaydi».
Xar qanday jamiyat taraqqiyotning asosiy kuchi ma’naviyat va ma’rifatidadir. Ma’naviy barkamollikni tarbiyalashda muxim omildir. «Ma’naviyat, - deb yozadi Islom Karimov,-uz xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushinib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», «...tug’ilib usgan yurtida uzini boshqalardan kam sezmay, boshini baland kutarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson».
Insonda tarixiy xotira uz vatan tarixini, uz xalqi ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin utmishda mustamlakachilar, totalitar tuzim mutasaddiylari kupgina xalqlarni jumladan, uzbek xalqini uz tarixidan judo qilish, ularni uz utmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib quyildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga uqitish va urgatishga izm berilmadi.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi uz urnini topdi, barcha uquv maskanlarida talaba uquvchilarga vatan tarixini uqitish yulga quyildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning xaqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bulmaganidek uz tarixini bilmagan xalqning kelajagi xam bulmaydi», «Tarix xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yuq», «Uzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bulish-xayotdan judo bulish demakdir» degan metodologik axamiyatga molik suzlari dasturamol bulib xizmat qilmoqda.
Tarix talaba uquvchilarda olam yagona va yaxlit, Uzbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir buladigan voqea, xodisoldar umumiy va uzaro bog’lanishda, uzliksiz xarakatda ekanligi tug’risida tug’ri tasavvur, tushunchalarni shakllatiradi.
Uz utmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli buladi, uni xar xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. Utmishni bilgan tarix saboqlarini anglab etgan inson xozirgi zamonni yaxshi tushinadi, kelajakni tug’ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda Vatan tarixi talaba uquvchilarda xalqning utmishi, xozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tushunchani shakllantiradi. Bu uz navbatida yoshlarni tarixiy jarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bulib qolishdan saqlaydi, ularni olg’a intilishga, taraqqiyotga kumaklashishga undaydi.
Uzbekiston tarixi talaba uquvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik isloxotlarning moxiyati va natijalarini milliy, xuquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini urgatadi. Bu uz navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda uz urnini tug’ri belgilashga kumaklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimizning ma’naviy poydevori juda qadimiy va mustaxkam. Ajdodlarimiz etishtirib bergan unlab, yuzlab jaxonga mashxur olimu-ulamolar, me’moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, xunarmandlar, davlat arboblari, xalq qaxramonlari xayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim maskanlari faoliyati talaba-uquvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog’idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’naviy meros mustaxkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mexnat, xar qanday tusiqlarni engish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini uqitish orqali yoshlarga singdiriladi.
Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida kupgina xalq, elatlar bilan axil, xamjixat bulib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e’tiqodlar erkinligi va inoqligi bulganligidan guvoxlik beradi. Bu mustaqil Uzbekistonda yashovchi turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatlar urtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mustaxkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir.
Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun uzbek davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy xuquqiy institutlar qonun-qoidalar tajribasi Uzbekistonning mustaqilligini mustaxkamlash, xuquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishda mustaxkam tayanch va madadkordir.
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talaba uquvchilarda xalollik, odillik, rostguylik, mexr-oqibat, mexnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga kumaklashadi.
Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, uz qobiliyatini tularoq ochish va xayotga tadbiq etish sifatlarini shakllatiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni uz zimmasiga olish kabi yuksak ma’naviy burchlarni tarbiyalaydi, milliy g’oya bilan qurollantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |