Y i g i r m a b i r i n c h i b o b
ZORIQTIRARLI TO‘RT KUN
K unning qolgan qismi tinch o‘tdi. M yulredining jo‘nab ketishi uchun hamma narsa ta x t qilib qo‘yildi. Sofdil m atros G lenarvanga o‘zining sodiqligini ko‘rsatish im koniyatiga ega bo'lganidan xursand edi.
Paganel o‘zini tutib oldi. To‘g ‘ri, uning aftiga qarab, u doim allanarsa to ‘g ‘risidagi o‘ylar bilan band ekanini sezib olish qiyin emasdi, ammo u o‘z o 'y l a r i n i hech kimga bildirm adi. A lbatta, bunga olimning jid-diy sabablari bor edi, chunki mayor uning nuqul o‘zi bilan o‘zi so‘zlashib:
— Yo‘q, yo‘q! U lar menga ishonm aydilar! Ishonishlarining ham nima keragi bor? Bari bir vaqt o'tgan endi! — deb takrorlaganini eshitgan edi.
Shunday qarorga kelgandan so‘ng Paganel Myul-redini yoniga chaqirib oldi-da, unga M elburnga qan-day yetib olishni kartadan ko‘rsatib bera boshladi. Dashtdagi barcha so'qm oqlar Lyuknou yo‘liga chiqar-di. Lyuknou yo‘li esa to okean sohiligacha to ‘g ‘ri janubga tushib borardi-da, o‘sha yerda keskin burilib M elburn tom onga ketardi. G eografiya olimi
M yulrediga doim m ana shu yo‘ldan yurishni,
Melburnga to ‘g‘ri kesib o‘tam an deb noma’lum o‘lka-da adashib qolishdan ehtiyot bo‘lishni tayinladi. Bundan ham oson ish yo‘q edi. M yulredining adashib qolishi mumkin emasdi.
Xavf faqat shu yaqin orada, manzildan bir necha
mil joyda, chunki Ben Joys o‘z shaykasi bilan shu
atrofda p istirm a qurib o‘tirg an b o 'lishi kerak,
Myulredi ana shu masofadan eson-omon o'tib olsa, ka-torjniklar uni endi quvib yetolm asliklariga va o‘ziga yuklangan muhim vazifani albatta bajarishiga ishon-ishi'm um kin.
430
Soat oltida ovqatlandilar. Yomg‘ir quyib turar, palatka undan saqlay olmasdi. Shuning uchun ham-malari aravaga kirib o‘tirdilar. Arava ishonchli bosh-pana edi. Loyga botib qolgan arava tagi pishiq qilib ishlab chiqilgan qal’adan qolishmasdi. Bu qal’aning yetti karabin va yetti to‘pponchadan iborat qurol-yarog‘i bor ediki, bu qurollar bilan ancha vaqtgacha aravani himoya qilsa bo'lardi. 0 ‘q -dori bilan oziq-ovqatdan esa sira kamchilik yo‘q. Buning ustiga, olti kundan keyin «Dunkan» Tufold ko'rfaziga kelib lan-gar tashlaydi, yana bir kundan so‘ng esa uning ko-mandasi Snouning narigi sohiliga yetib keladi, deb umid qilish mumkin, hatto o'shanda ham daryodan o‘tib olishning iloji bo'lmasa, juda bo'lmaganda, ka-torjniklar shaykasi dushmanning ko‘payib ketgan kuchlari qarshisida chekinadi. Lekin buning uchun dastlab Myulredi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyat bilan bajarishi lozim.
Kechqurun soat sakkizda qorong‘u tushib bo'ldi. Yo'lga chiqish vaqti keldi. Egarlangan otni olib keldilar. Taqalariga latta o‘rab qo'yilgani uchun ot ovoz chiqarmay yurardi. Jonivor juda charchab qol-gandek ko'rinardi, vaholanki hammaning xalos etilishi uning baquw atligi va bardamligiga bog‘liq edi. Mayor Myulrediga katorjniklar xavfidan qutulgandan keyin otni ayabroq yo‘l yurishni maslahat berdi. Yarim kun kechroq bo‘lsa ham, har holda maqsadga albatta yetib borish yaxshiroq.
Jon Mangls matrosga hozirgina o‘zi yaxshilab o‘qlagan to‘pponchani berdi. Bu to‘pponcha dovyurak odamning qo‘lida dahshatli qurol bo‘lishi mumkin, chunki bir necha sekund ichida ketma-ket uzilgan olti o‘q bilan banditlar to'sib chiqqan yo'lni ochib o‘tib ketsa bo‘ladi. Myulredi sakrab otga mindi.
— Mana bu xatni Tom Ostinga berasan, — dedi Glenarvan — Unga ayt: bir soatni ham bekor o'tkaz-may, Tufold ko'rfaziga qarab yo‘lga chiqsin, agar Snoudan o‘tishning iloji bo'lmay, ungacha sohilga yetib borolmasak darhol yordam yuborsin. Mard ma-trosim, endi yo'lga tush!
Glenarvan, Elen va Meri Grant — hammalari M yulredining qo‘lini qisib xayrlashdilar. Yomg‘ir yog‘ib, har qadamda xavf-xatar kutib turgan qop-qorong‘u tunda, notanish va bepoyon yowoyi o‘lkada
431
safarga chiqishga har qanday odamning ham yuragi dosh beravermaydi, lekin mard matros sira cho‘chi-madi.
— Xayr bo‘lmasa, ser, — dedi u, xotirjamlik bilan. Keyin o‘rmon yoqalab cho'zilgan so'qmoqdan ot
qo'yib ketdi-da, ko‘p o‘tmay ko‘zdan g ‘oyib bo'ldi. Shu payt shamol yana ham kuchaydi. Evkalipt-
larning shoxlari qarsillab bir-biriga urilar, ba’zan shoxlarning ho‘l va loy yerga gursillab sinib tush-gani eshitilardi. Bu notinch kechada qurib qolgan bo‘lishiga qaramay, hamon tik turgan katta-katta daraxtlarning anchasi qulab tushdi. Daraxtlarning gursillab yiqilishi va Snou daryosining shovullashi orasida bo‘ronning guvullashi eshitilardi. Shamol sharq tomonga haydab ketayotgan quyuq bulutlar shunday pastlab suzib o'tardiki, xuddi yerdan ko‘-tarilayotgan pag‘a-pag‘a bug‘ derdingiz. Atrofni bosib yotgan zim-ziyo qorong‘ulik shunday ham dahshatli bo‘lgan bu tunni yanada qo‘rqinchliroq qilib ko‘rsatardi.
Myulredi jo'nab ketgandan so‘ng sayohatchilar ar-avaga chiqib joylashdilar. Elen, Meri Grant, Glenarvan va Paganel oldingi bo‘limga o‘rnashdilar. Ehtiyotdan u bo'limni har tarafdan berkitib tashlagan edilar. Orqa bo'limga Olbinet, Vilson va Robert joy-lashib oldilar. Mayor bilan Jon Mangls katorjniklar hujum qilishi ehtimolligidan, tashqa-rida qorovullik-da turar dilar.
Bu ikkala sadoqatli soqchi yuzlariga g'uvullab ke-lib urayotgan shamol va yomg‘irga mardona bardosh berib, hushyor turardilar. Hozirgiday zim-ziyo kechaning hujum qilish uchun qanchalik qulay ekani-ni bilganlaridan, ular qorong'ulik qa’riga qattiq tikil-ishardi, chunki bo‘ronning uvullashi, shoxlarning qasir-qusur qilib sinishi, daraxtlarning gumbirlab yiqilishi, daryo suvining shovullashi ostida hech narsani eshitib bo'lmasdi.
Ammo bu shovqun-suron orasida har zamonda bir qisqagina jimlik ham cho‘kardi. Shamol go'yo nafasi-ni rostlab olmoqchi bo'lganday bir lahza tinardi. Faqat qotib turib qolgan qamishlar va qorong'uda de-vordek qad ko'targan yelim daraxtlari orasidan oqib yotgan Snou daryosining shovullashi tinm asdi. Shunday paytlarda sukunat ayniqsa chuqur tuyular,
432
Jon Mangls bilan mayor yana ham diqqat bilan qorong‘ulikka quloq solar edilar.
0 ‘shanday bir pas jimjitlik cho‘kkan paytlardan birida to'satdan qattiq chalingan hushtak tovushi es-hitildi. Jon Mangls shoshib mayorning oldiga keldi.
— Eshitdingizmi? — deb so'radi u.
— Ha, — deb javob berdi Mak-Nabbs. — Lekin bu odammikin yo hayvonmi?
— Odam, — dedi Jon Mangls.
Ikkalasi ham diqqat bilan quloq sola boshladilar. Birdan yana o‘sha g‘alati hushtak tovushi eshitildi, keyin o‘q tovushiga o‘xshagan ovoz keldi. Xuddi shu payt bo'ron yana battarroq uvillay boshladi.
Mak-Nabbs bilan Jon Mangls bir-birlarining ovozi-ni eshitolmay «qolganlari uchun aravaning» orqasiga o'tdilar. Ular aravaning shamoldan pana turgan tomoniga o‘tishlari bilanoq uning charm to ‘sig‘i ochilib, Glenarvan chiqib keldi.
U ham arava ichida o'tirib, o‘sha hushtak va o‘q tovushini eshitgan edi.
— Qaysi tomondan eshitildi? — deb so‘radi u.
— Mana bu tomondan, — deb Myulredi jo'nab ket-gan so‘qmoq tomonni ko‘rsatdi Jon Mangls.
— Uzoqdan eshitildimi?
— Shamol olib keldi. Uch milcha naridan kel-gandir deb o ‘y l a y m a n , — javob berdi Jon Mangls.
— Yuringlar! — dedi Glenarvan, yelkasiga kara-binini osib.
— Mumkin emas! — dedi mayor. — Bu bandit-larning hiylasi, ular bizning aravadan nariroq ketishimizni istaydilar.
— Myulredi bu ablahlarning o‘qidan halok bo'lgan bo'lsachi? — deb qistadi Glenarvan, Mak-Nabbsning yengidan tortib.
— Buni ertaga bilamiz, — dedi Glenarvanni bun-dan befoyda ehtiyotsizlikdan to'xtatib qolishga qat’iy ahd qilgan mayor sovuqqonlik bilan.
— Siz manzildan ketmasligingiz kerak, ser, — de di Jon, — men o‘zim borib kelaman.
— Siz ham bormasligingiz kerak, — dedi qat’iy qilib Mak-Nabbs. — Nahotki bizni bitta-bittadan qirib tugatishlarini istasangiz? Bizning kuchlarimizni ka-maytirishni, o‘zingizni o‘sha m uttaham lar qo'liga tutib berishni istaysizmi? Myulredi qurbon bo‘lgan
433
bo‘lsa bu baxtsizlikka yana yangi baxtsizlik qo'shish-ning nima keragi bor? Myulredi o‘ziga chek chiqqani uchun ketdi. Agar chek menga chiqsa, u emas men borgan bo‘lardim, lekin hech qanday yordam ham so'ramasdim, yordam berilishini kutmasdim ham.
Mayor, Glenarvan bilan Jon Manglsni yubormay, har jihatdan ham to‘g‘ri ish qildi. Shunday zim-ziyo kechada katorjniklar pistirmada o‘tirgan o‘rmonga matrosni qidirib borish ham aqlsizlik, ham mutlaqo befoyda ish bo'lardi. Yana biror kishini tavakkaliga bunday xavf ostiga yuborish uchun Glenarvan otrya-dida odam juda kam edi.
Ammo Glenarvan mayorning bu dalillariga rozi emasdek ko‘rinar, qo‘llari ha deb karabinini qisardi.
tiq etgan tovushga quloq solib, zim-ziyo qorong‘ulikka tikilib, toqatsizlik bilan arava oldida u yoq-bu yoqqa yura boshladi. Eng yaqin kishilaridan birining allaqayerda qattiq yarador bo‘lib yotganini, uning o‘z jonini qurbon qilib bo‘Isa ham yordam bermoqchi bo‘lgan do‘stlarini yordamga chaqirayot-ganini o‘ylab, Glenarvan ich-ichidan azob chekdi. Mak-Nabbs Glenarvanni ushlab qolishiga ko‘zi yet-may qoldi, u Glenarvan qalbining chaqirig‘iga bo'ysunib, Ben Joysning o'qiga o‘zini tutib bermasa edi deb qo‘rqardi.
— Eduard, — dedi u, — tinchlaning. Do‘stingizn-ing gapiga quloq soling. Elenni, Meri Grantni, bu yer-da qoladigan odamlaringizni o‘ylang. Qayoqqa ham borasiz? Myulredini qayerdan qidirasiz? Unga hujum qilgan bo‘lsalar, bu yerdan ikki mildan ham narida hujum qilganlar. Lekin qaysi yo‘lda? U yerga qaysi so‘qmoqdan borish kerak?
Xuddi shu payt mayorning gapiga javob bo‘lgan-dek ingragan tovush eshitildi.
— Eshityapsizmi? — dedi Glenarvan.
Tovush o‘q ovozi kelgan tomondan, chorak milcha yaqin joydan eshitildi. Glenarvan mayorni itarib yu-borib, allaqachon o‘sha tomonga chopib ketayotgan edi, lekin shu payt aravadan uch yuz qadamcha joy dan:
— Yordam bering! Yordam bering! — degan ovoz eshitilib qoldi.
Tovush umidsizlik to‘la, ayanchli edi. Jon Mangls bilan mayor ovoz eshitilgan tomonga yugurdilar. Bir
434
necha minut chopib borgandan keyin ular o'rmon yoqasida bir odamning ingrab-ingrab, sudralib kelay-otganini ko‘rib qoldilar. Bu yarador, o‘lar holga kelib qolgan Myulredi edi. 0 ‘rtoqlari uni yerdan ko'tarib olganlarida qo‘llariga qon tekkanini sezdilar.
Jala kuchaygandan kuchayib bordi, qurib qolgan daraxtlarning shoxlarini qirsillatib bo'ron uvullardi. Shamolning g‘azab bilan qilgan xurujlariga dosh berib Glenarvan, mayor va Jon Mangls Myulredini ar-avaga olib ketdilar.
Ular Myulredini olib kirganlarida, hamma o‘rnidan turdi. Paganel, Robert, Vilson va Olbinet ar-avadan tushib ketdilar, Elen esa bechora Myulrediga o‘z bo'limini bo‘shatib berdi. Mayor matrosning qon va yomg‘irdan shalabbo bo‘lib ketgan kurtkasini yechdi-da, uning o‘ng biqiniga xanjar urib yarador qilganlarini ko‘rdi. Mayor uning yarasini juda epchil-lik bilan bog'ladi. Xanjar asosiy organlarga tekkan-tegmaganini Mak- Nabbs aniqlay olmadi. Yaradan goh ko‘payib, goh kamayib, qip-qizil qon oqardi. Yarador-ning devorday oqarib, tamom holdan ketganligi uning qattiq jarohatlanganini aytib turardi. Mayor aw al yarani toza suv bilan yaxshilab yuvdi, keyin ustiga qat - tiq tampon va bir necha qavat titilgan ip qo‘ydi-da, mahkam bintlab tashladi. Shu usul bilan u qon oqishini to‘xtatdi. Myulredini boshi va ko'kragini ba-landroq qilib, sog‘ yonboshi bilan yotqizdilar, keyin Elen unga bir necha qultum suv ichirdi.
Chorak soatcha jim yotgandan keyin yarador qimirlab qoldi, ko'zlarini yarim ochdi-da, allanarsalar deb shivirlay boshladi. Mayor engashib, uning bir necha marta:
— Ser... xat.. Ben Joys... — deb shivirlaganini es-hitdi.
Mak-Nabbs uning bu so'zlarini qattiqroq qilib takrorladi-da, o‘rtoqlariga savol nazari bilan qaradi. Myulredi nima demoqchi edi? Aftidan, Ben Joys ma-trosga hujum qilgan edi. Lekin nima uchun? Nahotki faqat uning «Dunkan»ga yetib olishiga xalaqit berish
uchun bo‘lsa? X at... Glenarvan M yulredining cho'ntaklarini qarab chiqdi. Tom Ostinga yozilgan xat yo‘q edi!
Ming xil tashvish ichida tong ottirdilar. Yarador o‘lib qoladi, deb qo‘rqar edilar. U isitmada kuyib-
435
yonib yotardi. Hamshiralik vazifasini bo'yniga oigan Elen bilan Meri Grant uning yonidan jilmasdilar. Bironta ham bemor hech qachon bunday izzat-hurmat ko‘rmagan bo‘lsa kerak, bironta bemorga ham hech vaqt bunchalik mehribonlik bilan qaramagan bo‘lsalar kerak.
Tong otdi. Yomg'ir tindi, lekin og‘ir-og‘ir bulutlar hali osmon yuzini to‘sib yotardi. Yer daraxtlardan sinib tushgan shoxlar bilan to'lib ketgan edi. Yomg‘irdan keyin yerning loyi yana ham yopishqoq bo'lib qoldi, arava bundan ortiq botib qolishi mumkin emasdi-yu, lekin uning oldiga kelish qiyinroq bo‘lib qoldi.
Jon Mangls, Paganel va Glenarvan tong otgandan keyin manzil atrofini tekshirib kelish uchun ketdilar. Ular qon izlari hali ko'rinib turgan so‘qmoqdan bor-dilar. Ben Joys bilan uning shay-kasidan hech qanday asar yo‘q edi. Ular katorjniklar Myulrediga hujum qilgan joygacha bordilar. U yerda ikkita odamning o‘ligi yotardi: bu Myulredining o‘qi tegib, o‘lgan ban-ditlarning o'ligi edi. Ulardan biri Blek-Poyntlik temirchi ekan. Uning basharasi o‘lim talvasasida g‘oyat o‘zgarib ketgan edi. Glenarvan shu bilan razvedkani tugatdi — manzildan uzoqlashib ketish aqldan bo'lmasdi.
U yuz bergan holning jiddiyligidan xunob bo‘lib, arava oldiga qaytdi.
— Endi Melburnga yangi chopar yuborishni o‘yla-masak ham bo‘ladi, — dedi u.
— Ammo shunday qilishimiz zarur, — dedi Jon Mangls, — men matrosim o'tolmagan joydan o‘tishni o‘z zimmamga olaman.
— Yo‘q, Jon, ikki yuz milli masofaga safar qilish uchun sizning otingiz ham yo‘q.
Haqiqatan ham Myuiredi minib ketgan ot, sa-yohatchilarning birdan-bir omon qolgan oti manzilga qaytib kelmadi. Yaramaslar o‘ldirib yubordimi, hur-kib dashtga qochib ketdimi yo katorjniklar tutib olishdimi?
— Nima bo'lganda ham, — dedi Glenarvan, — biz endi bir-birimizdan ajralishmaymiz. Bir haftami, ikki haftami, Snouning suvi kamayguncha kutamiz. Keyin oz-ozdan bo‘lsa ham yurib, Tufold ko'rfaziga yetib olamizda o‘sha yerdan xavfsizroq yo‘l orqali
436
«Dunkan»ga buyruq yuborib, uni sharqiy sohilga chaqirib olamiz.
— Birdan-bir chora shu endi, — dedi Paganel, un ing fikriga qo‘shilib.
— Gap ana shu, do‘stlarim, — deb davom etdi Glenarvan, — takror aytaman: endi biz bir-biri-
mizdan sira ajralishm aym iz. A trofda qaroqchilar izg'ib yurgan bu dasht-biyobonlardan yolg‘iz o‘zi sa-farga chiqmoqchi bo'lgan odam o‘zini katta xavf osti-ga qo‘yadi.
Glenarvan Melburnga boshqa chopar yubormaymiz deganda ham, Snouning suvi kamayishini kutamiz de-ganda ham haqli edi. Axir ular Yangi Janubiy Uells viloyatining chegarasidagi Delegeyt shaharchasidan nihoyati o‘ttiz besh mil masofada edilar. Albatta, say-ohatchilar u yerdan Tufold ko‘rfaziga yetib olish uchun zarur bo‘lgan ot-ulovni topadilar, Tufold ko‘rfaziga yetib olgandan keyin esa, Melburnda tur-gan «Dunkan»ga telegraf orqali buyruq yuboradilar. Bu choralar oqilona edi -yu, lekin ancha kechikib amalga oshirilmoqda edi. Glenarvan M yulredini Lyuknou yo'lidan Melburn-ga jo‘natmaganda, bechora matrosning og‘ir yarador qilinishini hisobga olmagan-da ham, sayohatchilar bunchalik azob-uqubat chekma-gan bo‘lar edilar.
Manzilga qaytib kelgan Glenarvan hamrohlarining chehrasi bir oz ochilganini ko‘rdi. Ularning chehrasi-da umid belgilari paydo bo'lgandek edi.
— Ahvoli yaxshi, ancha yaxshi! — deb qichqirdi Robert, Glenarvan qarshisiga otilar ekan.
— Myulredining ahvoli yaxshimi?
— Ha, Eduard, — deb javob berdi Elen. — Xavfli payt o‘tdi. Matrosimiz tuzalib ketadi!
— Mak-Nabbs qani?
— M yulredining oldida. 0 ‘zi gapim bor deb
chaqirtirib oldi. Xalaqit bermanglar.
Haqiqatan ham bundan bir soat burun yarador
hushiga keldi, issig'i pasaydi. 0 ‘ziga kelib, Myulredi
darhol Glenarvanni, u yo‘q bo'lsa mayorni chaqir-inglar deb iltimos qildi. Mak -Nabbs yaradorning hali juda holsiz ekanini ko‘rib, unga har qanday gap-so‘zni taqiqlab qo‘ydi, lekin Myulredi so‘zida qattiq turib olgani uchun mayor unga so‘zlashga ruxsat ber di.
437
Glenarvan manzilga qaytib kelganda suhbat bosh-langaniga bir necha minut bo‘lib qolgan edi. Mayorning chiqishini kutishdan boshqa iloj yo‘q. Ko‘p o'tmay aravaning charm to'siqlari ko‘tarilib, Mak- Nabbs tushib keldi. U do'stlari kutib turgan ye-lim daraxti ostidagi chodirga kirdi. Odatda doim xotirjam bo'lgan mayor hozir g'amgin va tashvishli ko'rinardi. Elen bilan Meri Grantga qaraganida uning ko‘zlarida chuqur g‘amginlik aks etdi.
Glenarvan mayordan gap so‘ray boshladi. Mak-
Nabbs yaradordan mana shularni bilib chiqqan edi:
Myulredi manzildan yo‘lga chiqqandan so‘ng Paganel ko'rsatgan so‘qmoqdan ot qo‘yib ketdi. U oti-ni qop- qorong‘u zim-ziyo kechada iloji bo'lganicha tez haydab borardi. Myulredi o‘z taxminida ikki milcha yo‘l bosgandan keyin birdaniga bir necha kishi (besh kishi bo‘lsa kerak) yo‘lini to‘sib chiqdi. Ot oldingi oyoqlarini ko‘tarib, osmonga irg‘idi. Myulredi shartta to'pponchasini chiqarib, o‘t ochdi. Nazarida hujum qilganlardan ikki kishi yiqilgandek bo‘ldi. 0 ‘q otilganda chaqnagan o‘t yorug‘ida u Ben Joysni tanib oldi. Myulredi boshqa hech narsani ko‘rmadi. U to'pponchasidagi hamma o‘qni otib ulgurolmay, kuchli bir zarb yeb otdan g‘iqildi. Lekin u hali hushidan ket-magan edi. Qotillar uni o‘ldiga chiqardilar. Myulredi uni tintiyotganla-rini sezdi. Keyin qaroqchilardan birining: «Xatini topdiml»— deganini eshitdi. «Berbu yoqqa,— dedi unga Ben Joys.— Endi «Dunkan» bizni-ki!»
Hikoyaning shu yerida Glenarvan beixtiyor ixrab yubordi. Mak-Nabbs so‘zida davom etdi:
— «Endi otni tutinglar, — deb qichqirdi Ben Joys. To‘rt kundan keyin men «Dunkan»da bo'laman, olti kundan keyin esa Tufold ko'rfaziga yetib boraman.
0 ‘sha yerda uchrashamiz. Glenar-vanning otryadi bu yerda, Snou botqoqlarida hali ancha vaqt botib yotadi. Sizlar esa Kemplpir ko'prigi orqali daryodan o‘tib, okean sohiliga boringlar-da, o‘sha yerda meni kut-inglar. Men bir iloj qilib sizlarni «Dunkan »ga olib chiqaman. Kema komandasini dengizga uloqtirib tashlagandan keyin esa biz «Dunkan»dek kema bilan Hindú okeanining xo‘jayini bo‘lib olamiz». — «Ben Joysga ura!» deb qichqirishdi qaroqchilar. Shu payt Myulredining otini tutib keldilar, Ben Joys unga
438
minib, Lyuknou yo‘li tomonga ot qo‘yib ketdi, shaykasi esa daryo tomonga yo‘l oldi. Myulrediga kel-sak shunday qattiq yarador bo‘lganiga qaramay, biz uni topib oigan joygacha emaklab kelishga kuch top-di. Myulredi menga ana shularni gapirib berdi, — deb hikoyasini tugatdi Mak -Nabbs. — Dovyurak matros nima uchun bizni bundan xabardor qilish zarur deb hisoblaganiga endi o‘zingiz ham tushunarsiz? — deb qo‘shib qo'ydi u.
Mayorning hikoyasi Glenarvan bilan hamrohlarini dahshatga soldi.
— Qaroqchilar! Qaroqchilar! — deb qichqirdi Glenarvan. — Ular mening komandamni qirib tash-laydilar, «Dunkan»ni qo‘lga kiritadilar!
— Albatta, — dedi Mak-Nabbs: — axir, Ben Joys kema komandasiga kutilmaganda hujum qiladi, keyin esa...
— Bo'lmasa, biz u ablahlardan oldinroq sohilga yetib olishimiz kerak! — dedi Paganel.
— Lekin Snoudan qanday o‘tamiz? — deb so‘radi Vilson.
— Biz ham ular o‘tgan joydan o‘tamiz, — deb javob berdi Glenarvan. — K atorjniklar Kemplpir ko‘prigidan o'tishadi, biz ham xuddi o‘sha yerdan o‘tamiz.
— Myulredi nima bo'ladi? — deb so‘radi Elen.
— Uni ko‘tarib olib ketamiz! Galma-galdan ko‘taramiz! Men himoyasiz komandamning Ben Joys shaykasi qo'liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymayman!
Kemplpir ko'prigidan o'tish mumkin, lekin xavfli, Katorjniklar ko‘prik atrofida pistirma qurgan bo‘lish-lari mumkin, bu holda ular sayohatchilarning narigi sohilga o‘tishiga yo‘l qo'ymaydilar. Ular otryaddagi yetti erkakka o‘ttiz kishini qarshi qo'yishlari ham mumkin. Lekin hayotda shunday vaqtlar bo‘ladiki, unda dushmanning kuchlari qanchaligini hisobga ol-may, nima qilib bo‘lsa ham, olg‘a yurishga to ‘g‘ri ke-ladi.
— Ser, — dedi Jon Mangls, Glenarvanga qarab, — Kemplpir ko‘prigidan o‘tishdek qaltis ishga bel bog‘lashdan oldin uni bir tekshirib ko'rsak yaxshi bo‘lardi. Buni men o‘z zimmamga olaman.
— Men ham birga boraman, Jon, — dedi Paganel. Yosh kapitan geografiya olimining taklifini ba-
439
jonidil qabul qildi, ular darhol yo‘l hozirligini ko‘ra boshladilar. Jon Mangls bilan Paganel Snou yoqalab, Ben Joys aytgan ko‘prikkacha tushib borishlari kerak edi. Bu safar vaqtida katorjniklar ko'rib qolmasligi uchun ehtiyot choralarini ham ko'rishlari zarur, al-batta, Ular daryo sohilini kuzatib turgan bo'lsalar ham ajab emas.
Shunday qilib, yaxshi qurollangan va yetarli dara-jada oziq-ovqat g ‘amlab oigan ikki mard sayohatchi yo‘lga tushdi, ular daryo yoqasida o‘sib yotgan baland qamishlar orasiga kirib, ko‘p o‘tmay ko'zdan g‘oyib bo‘ldilar.
Kuni bilan ularni kutdilar, mana kech ham kirdi, ammo ulardan hamon darak yo‘q. M anzildagilar xavotir ola boshladilar.
Nihoyat soat o‘n birlarga yaqin Vilson ularning qaytib kelishayotganini xabar qildi. Paganel bilan Jon Mangls o‘n milli safardan horib-charchab qaytdilar.
— Xo‘sh, ko‘prik qalay ekan? Bor ekanmi o‘zi?— deb so‘radi ular qarshisiga otilgan Glenarvan.
— Ha, liandan qurilgan ko‘prik ekan, — dedi Jon Mangls. — Katorjniklar haqiqatan ham o‘sha yerdan o'tibdilar, lekin...
— Nima lekin? — deb so‘radi yangi bir falokat yuz berganini sezib Glenarvan.
— 0 ‘zlari o‘tib olib, ko‘prikni yondirib yuboribdi-lar! — deb javob berdi Paganel.
Do'stlaringiz bilan baham: |